Ðåçóëüòàòîâ: 130

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

2025/2026 o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi. Qabul Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) davom etadi. Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga hujjat topshirish mumkin. gazeta.uz »

2025-8-11 09:57

Ayrim fuqarolarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida stipendiya to‘lanadi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga, 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalar a’zolariga va doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida 1 mln 271 ming so‘m stipendiya to‘lanadi. gazeta.uz »

2025-8-8 15:51

Prezident: Yoshlarimizga sifatli ta’lim berish, kasb va xorijiy tillarni o‘rgatish — eng asosiy vazifamizga aylangan

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda ularga sifatli ta’lim berish, zamonaviy kasb va xorijiy tillarni o‘rgatish eng asosiy vazifaga aylanganini aytdi. U yigit-qizlarining iqtisodiyot o‘sishida hissasi borligini ta’kidlab, tinchlik va rivojlanish bilimli va texnologik savodxon yoshlarga bog‘liqligini urg‘uladi. gazeta.uz »

2025-6-30 11:14

“Akademik intizom va ta’lim sifatidagi muammolar”. Sirtqi ta’lim tugatilganiga izoh berildi

2025/2026 o‘quv yilidan ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatilmoqda. Oliy ta’lim vazirligiga ko‘ra, bunga ta’lim olishning samaradorligi, akademik intizom kabi muammolar sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, sirtqiga qabul to‘liq tugatilishi barcha yo‘nalishlar, jumladan, ikkinchi mutaxassislikka ham taalluqlidir. gazeta.uz »

2025-6-18 13:13

Bolalarga zo‘ravonlik, jinsiy tarbiya, pedofillarga o‘lim jazosi: BMT bosh kotibining maxsus vakili bilan intervyu

BMT Bosh kotibining maxsus vakili Najat Maala Toshkentga qilgan tashrifi chog‘ida “Gazeta.uz”ga intervyu berdi. U bolalarga zo‘ravonlik, jinsiy tarbiya kabi muhim masalalar haqida gapirdi. “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ayollarga bo‘lgan zo‘ravonlik va gender kamsitish stereotipi bilan bog‘liq”, - deydi Maala. gazeta.uz »

2025-4-29 19:43

Gulnora Karimovaning aktivlaridan ta’lim sohasiga ham 43,5 mln dollar yo‘naltiriladi. Bu qanday loyihalarga sarflanadi?

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari ta’limga yo‘naltiriladi. Bunda ikkita yirik loyiha amalga oshiriladi. Xususan, maktablarda iqlim o‘zgarishiga chidamlilik oshiriladi, sanitariya va isitish tizimlari yaxshilanadi, 50 ta maktab inklyuziv ta’limga moslashtiriladi. gazeta.uz »

2025-4-25 16:11

Zo‘ravon pedagog va tarbiyachilarning ta’lim tizimiga ishga kirishi taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda ta’lim va soliqni saqlash xodimlarini ham bolaning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul shaxs etib belgilash rejalashtirilmoqda. Ular bir yil ichida bolaga nisbatan takroran salbiy xatti-harakat qilsa maxsus reyestrga kiritiladi va bola faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ishga kirishi taqiqlanadi. gazeta.uz »

2025-4-11 08:24

Uy-ro‘zg‘or ishlaridan ortib ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari — Shavkat Mirziyoyev

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, ayollarni tabrikladi. “Uy-ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, desak, to‘g‘ri bo‘ladi”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-3-7 14:52

“Majburiy kuchga ega emas”. OTV — oliy ta’lim kengashining oliygohlardan yig‘im undirish to‘g‘risidagi bayoni haqida

Oliy ta’lim vazirligi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan 4 foizlik yig‘im undirish to‘g‘risidagi oliy ta’lim kengashi bayoni majburiy kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Vazirlik “Har qanday mablag‘ bilan bog‘liq harakatlar va munosabatlar tegishli shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin”, deb ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-29 13:54

Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga “soliq solmoqchi”, deputat bu bo‘yicha bosh prokurorga so‘rov yubordi

Respublika oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlar kontraktdan tushadigan pullarning 4 foizini Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib berishini istamoqda. Deputat Dilmurod Artiqov bu to‘lovning qaysi asos bilan joriy etilayotganini so‘rab, bosh prokurorga so‘rov yubordi. gazeta.uz »

2024-12-25 16:13

2025-yil yakunigacha maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va DTS takomillashtiriladi — vazirlik

O‘zbekistonda maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularni takomillashtirish 2025-yil oxirigacha yakunlanadi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili. Shuningdek, dts.uz platformasi ishga tushadi. gazeta.uz »

2024-8-30 10:38