Ðåçóëüòàòîâ: 231

Samarqandda “Nasaf” muxlislari avtomobili YTHga uchradi. Bir kishi halok bo‘ldi

Jamoasining o‘yinini ko‘rish uchun Namanganga borgan va ortga qaytayotgan “Nasaf” muxlislarining avtomobili halokatga uchradi - haydovchi uxlab qolishi oqibatida mashina tuproq uyumiga borib urildi. Bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi. Futbol klubi holat yuzasidan ta’ziya bildirdi. gazeta.uz »

2025-10-31 18:59

Toshkentdagi mehmonxonada vafot etgan 3 kishi, jumladan, rossiyalik jurnalist ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya va hamrohi Maksim Radchenkoning Toshkentdagi mehmonxonada is gazidan zaharlanib vafot etgani bo‘yicha to‘rt kishi aybli deb topildi. Mehmonxona egasi 8 yilga, santexnik va isitish uskunalari sotuvchilarining har biri 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »

2025-7-25 14:14

“Olti oyda internetda narkotik moddalarni targ‘ib qilgan 28 kishi jarimaga tortildi” — IIV

2025-yilning 6 oyida internetda narkotik moddalarni targ‘ib va reklama qilgan 28 nafar shaxs jarimaga tortildi. IIV vakiliga ko‘ra, yarim yil ichida jinoiy ish qayd qilinmagan. “Shaxsning birinchi harakati ma’muriy, bir yil ichida takrorlansa, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi”, - deydi vazirlik rasmiysi. gazeta.uz »

2025-7-14 12:55

O‘zbekistondan 66 kishi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tarafida qatnashib halok bo‘lgan — BBC

O‘zbekistonning 66 fuqarosi Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonida qatnashib halok bo‘lgan, deyiladi BBC o‘rganishlarida. Tojikiston bu ro‘yxatda yetakchi - 72 kishi. Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning aksariyati Rossiyadagi qamoq jazosini “nollashtirishga” urinib, “Vagner” XHK bilan shartnoma tuzgan. gazeta.uz »

2025-7-14 10:28