Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi
Toshkent viloyatidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 3 kishi qutqarildi. Ular sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashgan va 3100 metr balandlikdan pastga tusha olmagan. gazeta.uz »
êèøè - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkent viloyatidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 3 kishi qutqarildi. Ular sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashgan va 3100 metr balandlikdan pastga tusha olmagan. gazeta.uz »
Rossiya Krivoy Rogga zarbalar yo‘lladi, oqibatda 18 kishi halok bo‘ldi, ularning yarmi bolalar. Shuningdek, 61 kishi jarohatlandi. Rossiya zarba “harbiylarning restorandagi yig‘ilishiga qaratilgan”ini aytdi. gazeta.uz »
Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning familiyalarini e’lon qildi. gazeta.uz »
Myanmada yuz bergan 7,7 magnitudali zilzila oqibatida vafot etganlar soni 144 kishiga yetdi, 732 kishi jarohatlangan. Mamlakat istalgan davlatni yordam va xayriya qilishga taklif etdi. Tailandda esa bu zilzila kuchi sezilgani tufayli osmono‘par bino quladi, kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Turkiyada 19−25-mart oralig‘ida o‘tkazilgan namoyishlarda 1418 nafar gumondor qo‘lga olindi, deya ma’lum qildi mamlakat ichki ishlar vaziri. U, shuningdek, prezident Erdog‘anning marhum onasi va oilasiga qilingan haqoratlarni qoraladi. gazeta.uz »
G‘azo SSVga ko‘ra, 2023-yil oktabridan beri Isroil hujumlari oqibatida sektorda 50 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. O‘limlarning aksariyati ayollar va bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Isroil bu ko‘rsatkichlarni “noizchilliklar va xatoliklar bilan to‘la” deb atadi. gazeta.uz »
Turkiyada Istanbul merining hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘yicha 343 kishi ushlandi. Istanbul, Anqara va boshqa shaharlarda yuz minglab odamlar norozilik bildirmoqda. “Biz vandalizm yoki ko‘cha terrorizmiga berilmaymiz. gazeta.uz »
Istanbul meri Ekrem Imamog‘lu qo‘lga olingach, ijtimoiy tarmoqlarda provokatsion post qoldirgan 261 kishi aniqlandi, ularning 37 nafari ushlandi, deb xabar berdi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya. gazeta.uz »
Rossiyaning Novgorod viloyatida Chevrolet Lacetti va yana ikki avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi. Oqibatda Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Rus OAVning yozishicha, ularning ikkisi ham O‘zbekiston fuqarolaridir. gazeta.uz »
Dushanba kuni ertalab Toshkent - Bekobod yo‘lida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolgan va mashina qarama-qarshi bo‘lakka chiqib ketib, Isuzu bilan to‘qnashgan. Jarohatlanganlar ham bor. gazeta.uz »
Qozog‘istonda inson a’zolari savdosi va 56 ta buyrak sotish bilan shug‘ullangan guruhda ishtirok etgani uchun 12 yilga qamalgan ukrainalik ayol Polshada qo‘lga olindi. Jabrlanuvchilar orasida o‘zbekistonlik (lar) ham bo‘lgani aytilmoqda. gazeta.uz »
“Navoiyazot”da sodir bo‘lgan portlash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 11 nafar fuqaro esa jarohatlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan. gazeta.uz »
Qashqadaryoning Kasbi tumanida yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi. Oqibatda 2 kishi kuyish jarohatini oldi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi, deyiladi FVV xabarida. Video. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida yetti kishi, jumladan, besh nafar bola gazdan zaharlanib vafot etdi. Viloyat hokimligi halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari ekanini ma’lum qildi. O‘zbekiston FVVning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlarning faqat bir nafari o‘zbekistonlik. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan chaqnash ortidan ikki kishi, jumladan, bir bola vafot etdi. Tezkor choralar natijasida 6 kishi qutqarildi. Hodisaga 9-qavatda yashagan fuqaroning o‘z joniga qasd qilish uchun gaz plitasini yoqib qo‘ygani sabab bo‘lgani aytilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent shahri Yashnobod tumanida ko‘p qavatli uydagi xonadon oshxonasida gaz portlashi oqibatida 1 kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Shahrixon tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 kishi jarohatlandi va shifoxonaga yotqizildi. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda. gazeta.uz »
Jomboy tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus Cobalt bilan to‘qnashdi. Holat avtobus haydovchisining tezlikni me’yoridan oshirgani va tormozni keskin bosgani sabab sodir bo‘lgan. YTH oqibatda bir kishi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Payariq tumanida Cobalt xavfli burilish paytida “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
2023-yil 6-fevral: bu sanada Turkiya kuchli zilzilalardan larzaga keldi va ofat 53,5 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa 14 millionga yaqin inson hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. “Gazeta. gazeta.uz »
Toshkent shahrida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Turkiyaning Bolu muzofotidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 kishiga yetdi, 52 kishi jarohat oldi. Ish doirasida 9 kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olindi. Mamlakatda bir kunlik milliy motam e’lon qilingan. gazeta.uz »
Samarqand shahrida 5 nafar erkak qo‘lbola usulda yasalgan spirtli ichimlik ichish oqibatida halok bo‘ldi. Mahsulotni sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Qamchiq dovonida 31 yoshli sayyoh selfiga tushish uchun taqiqlangan hududga kirib, pastga sirpanib ketdi. Biroq unga yordam bermoqchi bo‘lgan sherigi bilan qor uyumi ostida qolib, halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Zaporojega Rossiya qo‘shinlari tomonidan qilingan havo hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 113 kishi jarohat oldi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, shaharga ikkita aviabomba tashlangan. gazeta.uz »
AQShning Los-Anjeles shahrida o‘rmon yong‘inlari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 100 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilish rejalashtirilgan. Kaliforniya hukumati favqulodda holat e’lon qilgan. gazeta.uz »
AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar to‘planib turgan joyga kirib bordi va kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohatlandi. Hujumda AQSh fuqarosi, armiya sobiq xizmatchisi gumonlanmoqda. gazeta.uz »
Andijon viloyatida “O‘zbekiston” konyagini iste’mol qilish oqibatida 22 kishi o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 5 nafari vafot etgan. Viloyat prokuraturasi spirtli ichimlikda O‘zbekiston aksiz markasi bo‘lganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Jeju Air samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va Koreya janubi-g‘arbidagi Muan aeroportida to‘siqqa urildi. Samolyotda 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hozircha 120 kishi halok bo‘lgani aniqlandi, 2 kishi qutqarib qolingan. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, deya ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev. 29 kishi, jumladan, 3 bola shifoxonaga yotqizilgan. gazeta.uz »
Pokiston Afg‘onistonning Paktika viloyatiga bombardimon uyushtirdi, kamida 46 kishi halok bo‘ldi. “Tolibon” bu harakatlar uchun qasos olishni va’da qildi. Pokiston tomoni havo hujumlari chegara bo‘ylab “terrorchilar yashiringan joylarni” nishonga olganini bildirdi. gazeta.uz »
FVV xodimlari Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishini qutqardi. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. gazeta.uz »
Farg‘onada zapravkadagi portlash oqibatida shifoxonaga yotqizilgan bemorlardan 3 nafari vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, 5 kishi qamoqqa olindi. Avvalroq hodisa sabab bir kishi vafot etgani va to‘rt kishi jarohatlangani xabar qilingandi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib bordi. gazeta.uz »
Namibiya vitse-prezidenti, 72 yoshli Netumbo Nandi-Ndaitva bahsli saylovlardan so‘ng mamlakatning birinchi ayol prezidentiga aylandi. Logistik muammolar va mamlakatning ba’zi hududlarida ovoz berish uch kunga uzaytirilgani sababli aksariyat muxolifat partiyalar natijalarni boykot qildi. gazeta.uz »
Gruziyada 5 kundan beri hukumatning YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Politsiya suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar qurib, mushak otmoqda. Bunda jami 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holatlarning aksariyati Farg‘ona, Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. “Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz to‘planganda avtomatik to‘xtatadigan yoki ovozli xabar beradigan uskunalarni o‘rnatishni tavsiya etmoqda. gazeta.uz »
Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan “avariya”da skuter haydovchisi jarohatlandi. U tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan. gazeta.uz »
Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili 171-sonli avtobus bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida mashinada bo‘lgan yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan, avtobusda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchiga jarohat yetmagan. gazeta.uz »
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki yo‘lovchi jarohatlandi. Yashnobod tumanida esa 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi. Surishtiruv ishlari boshlandi. gazeta.uz »
Rossiya Ukrainaning Odessa shahriga bergan raketa zarbasi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 43 kishi jarohatlandi. Shaharda turar joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi zararlandi. gazeta.uz »
Samarqand viloyatida maktab o‘quvchisini o‘g‘irlash va zo‘rlashda gumonlanuvchilar 9 nafar bo‘lib, ularning orasida prokuratura xodimi ham bor. Ularning 8 nafari qo‘lga olingan, deb xabar qildi Bosh prokuratura. gazeta.uz »
Xitoyning Chjuxay shahrida avtomobil odamlar orasiga kirib bordi. Oqibatda 35 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi jarohatlandi. Avtomobilni boshqargan 62 yoshli erkak ushlandi, u oilaviy muammo sababli shunday qilgani aytilmoqda. gazeta.uz »
“Navoiy-Uchquduq” avtomobil yo‘lida ikki avtomobil ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzgan, oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Exeed bilan to‘qnashgan. gazeta.uz »
Rossiyaning Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchrab, 3 kishi halok bo‘ldi. Shundan 1 kishi o‘zbekistonlik, 2 kishining esa O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda. Shuningdek, 2 fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Pokistonda Balujiston provinsiyasidagi temiryo‘l vokzalida bomba portladi. Kamida 25 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan. Hodisa uchun javobgarlikni qo‘zg‘olonchi guruh - Balujiston ozodlik armiyasi o‘z zimmasiga oldi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 4 kishi kafeda tayyorlangan ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Holat Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan nazoratga olingan. gazeta.uz »
Qo‘qon shahrida “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda aybdor deb topilgan 11 kishi 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi. gazeta.uz »