Toshkent viloyatida ayol o‘zini Afrosiyob poyezdi tagiga tashlab vafot etdi
Toshkent viloyatida 30 yoshli ayol o‘zini poyezdi tagiga tashlashi sabab vafot etdi. Hodisani prokuratura o‘rganmoqda. gazeta.uz »
à¸ë - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkent viloyatida 30 yoshli ayol o‘zini poyezdi tagiga tashlashi sabab vafot etdi. Hodisani prokuratura o‘rganmoqda. gazeta.uz »
“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni parchalab, faoliyati bilan tarixda iz qoldirgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon - Pokistonga demokratiya nafasini olib kirib, inson huquqlari uchun kurashgan siyosiy arbob Benazir Bhutto. gazeta.uz »
Turkiya OAV O‘zbekiston fuqarosi o‘z turmush o‘rtog‘ini moliyaviy muammolar tufayli o‘ldirganini yozdi, u hibsda. Istanbuldagi Bosh konsulxonaning bildirishicha, ayolga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda, unga advokat biriktirilgan. Ayblanuvchining xolasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi. gazeta.uz »
Yekaterinburg shahrida oiladagi zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning 3 nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yaroqsiz holga kelgani va moliyaviy qiyin ahvoldaligi uchun ularga vatanga qaytish guvohnomasi bepul qilib berildi. gazeta.uz »
Dubay shahrida mushkul ahvolda qolgan ikki ayol va bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular tanishining taklifi bilan xorijga chiqqan, vizasiz noqonuniy yashagan va puli yo‘qligi uchun ko‘chada qolgan. Konsulxona ko‘magi bilan fuqarolar vatanga qaytarildi. gazeta.uz »
Toshkentda yashash joyi yo‘q, saratonga chalingan 72 yoshli Mariya Gnevjevskaya 18-mart kuni vafot etdi. U shifokor va mahalla noziri janjali aks etgan video internetda tarqalgach, omma noroziligidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan edi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘lishini aytdi. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi. gazeta.uz »
Poytaxtning Mirobod tumanida uch nafar voyaga yetmagan bolasi bilan tilanchilik qilayotgan ayol qo‘lga olindi. IIBBga ko‘ra, u ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamoat tartibini buzgan. Ayolga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. gazeta.uz »
Qozog‘istonda inson a’zolari savdosi va 56 ta buyrak sotish bilan shug‘ullangan guruhda ishtirok etgani uchun 12 yilga qamalgan ukrainalik ayol Polshada qo‘lga olindi. Jabrlanuvchilar orasida o‘zbekistonlik (lar) ham bo‘lgani aytilmoqda. gazeta.uz »
Jarqo‘rg‘on tumanida olti farzandning onasi chaqaloqni 62 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi. Ayol 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Toshkent fotosuratlar uyida “Sport tarixida matonatli ayol timsoli” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda o‘zbek sporti tarixidagi ayollarning faoliyatini aks ettiruvchi 100 dan ziyod fotosurat namoyishga qo‘yilgan. gazeta.uz »
Yashash joyi yo‘q, saratonga chalingan keksa ayolni “tez yordam” bir necha bor shifoxonaga olib borgan, lekin uni qabul qilishmagan. Shifokor mahalla noziridan ayolning manzilini aniqlashni so‘ragani, u esa shifoxonaga olib ketishni talab qilgani aks etgan video tarqaldi. Hospis esa hali ham qurib bitkazilmayapti. gazeta.uz »
2025-yilda 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash, shundan 1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etish rejalashtirilmoqda. Buning uchun tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi. gazeta.uz »
Ikki nafar 20 yoshli qizni Turkiyaga ishga yuborish bilan aldab, intim xizmatlar ko‘rsatishga majburlagan ayol qo‘lga olindi. Qizlar bu ishga rozi bo‘lmagani uchun kaltaklangan va yopiq sharoitda saqlangan. gazeta.uz »
Rossiyaning Primorsk o‘lkasida mushkul ahvolda qolgan ayol va uning ikki farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Ayolning turmush o‘rtog‘i fevral oyida hujjatlaridagi kamchilik sabab deportatsiya qilingan. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ayol va uning voyaga yetmagan farzandi yonayotgan uydan jonsiz holatda topildi. Yana ikki nafar bola jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Toshkentda “peshexod”da mashina urib ketgan ayol, YHXB xabar qilganidek, yolg‘iz emas, o‘g‘li va qizi bilan birga bo‘lgan. Ona va qiz reanimatsiyada. Hokimlik va YHXB tanqidlarga javob bermadi. Sohada qonunlarni qo‘llash masalasi savollar tug‘diradi: hatto og‘ir ishlarning ham deyarli yarmi yarashuv bilan yakunlanmoqda. gazeta.uz »
Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda pedagogni haqoratlab, unga nisbatan kuch ishlatgan o‘quvchining onasi sud hukmi bilan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan va huquqbuzarlik paytida harakatlariga javob berolmagan. gazeta.uz »
Jomboyda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darilishi oqibatida 22 nafar ayol jabrlandi, deya xabar berdi Milliy telekanali. Biroq bir kun oldin YHXB bu ma’lumotni yashirib, faqat bir kishi halok bo‘lganini ta’kidlagan. gazeta.uz »
Samarqand viloyatida 27 yoshli ayol eri tomonidan kaltaklanganidan so‘ng bir necha kun o‘tib ahvoli yomonlashgan va shifoxonada vafot etgan. Zo‘ravonlikka uchragan ayol dastlab holatni mahalla idorasiga ma’lum qilgan. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi Riviera savdo majmuasida farrosh ayol lift shaxtasini tozalayotgan vaqtda uskuna harakatlanishni boshlagan. Oqibatda xodim lift toshlari qisib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Ekspertiza tayinlandi, tekshiruv boshlandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev nufuzli Tata Steel Chess turnirida hindistonlik shaxmatchi ayol Rameshbabu Vaishali bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. gazeta.uz »
Oqqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli ayol 37 yoshli turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklanganidan so‘ng komaga tushib, vafot etdi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, kaltaklashda erning onasi va boshqa qarindoshi ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »
Olmaliq shahrida yashagan 51 yoshli ayol o‘tkir is gazidan zaharlanish ortidan yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Prokuratura tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Buxoro viloyati perinatal markazida 33 yoshli ayol farzand dunyoga keltirayotgan vaqtda vafot etdi. U kasalxonaga tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, qog‘onoq suvlari ketishi va umumiy holsizlik holatida olib kelingan. gazeta.uz »
Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan 34 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi. U fuqarolarning hujjatlarini olib qo‘ygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan. gazeta.uz »
O‘g‘rilikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi. gazeta.uz »
Dilorom Yo‘ldosheva baxtsiz hodisadan keyingi hayotiga chevarlik bilan ma’no kiritgan, 60 dan ortiq xotin-qizga hunar o‘rgatgan. BBC tomonidan tuzilgan ro‘yxatda Nobel sovrindori va dunyoga mashhur boshqa ayollar bilan bir safdan o‘rin olgan hamyurtimiz hayot yo‘liga “Gazeta.uz” bir qur nazar tashlaydi. gazeta.uz »
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi turmush qurganlar nikoh to‘yining ertasiga is gazidan vafot etgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, birga yashagan juftlik noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgan. gazeta.uz »
Samarqand shahrida 23 yoshli kosmetolog va byuti-bloger Guzalya Maxmudkulova o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini bildirdi. gazeta.uz »
Prezident farmoniga muvofiq, BBC tuzgan dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni topshirildi. “Mana shunday irodali insonlar bilan har qancha faxrlansak, arziydi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »
Namibiya vitse-prezidenti, 72 yoshli Netumbo Nandi-Ndaitva bahsli saylovlardan so‘ng mamlakatning birinchi ayol prezidentiga aylandi. Logistik muammolar va mamlakatning ba’zi hududlarida ovoz berish uch kunga uzaytirilgani sababli aksariyat muxolifat partiyalar natijalarni boykot qildi. gazeta.uz »
Xatirchi tumanida erkak o‘zining ruhiy kasal qizi va shar’iy nikohida bo‘lgan xotini tomonidan qasddan o‘ldirildi. Sudda buni erining ruhiy va jismoniy tazyiqlaridan bezgani uchun qilganini aytgan ayol 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida avtobusda ustidagi kiyimini yechgan ayolni haqoratlab, yuziga tuflagan erkak 10 sutkaga qamaldi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosida ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol ushlandi. U Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. gazeta.uz »
Har kuni dunyo bo‘ylab 140 nafar, har 10 daqiqada o‘rtacha 1 nafar ayol yoki qiz yaqin insoni qo‘lidan halok bo‘lmoqda. BMT Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunida (25-noyabr) shu kabi ma’lumotlarni e’lon qildi. gazeta.uz »
Toshkentda tashkil etilgan NeUyat ko‘rgazmasi 14-dekabrga qadar uzaytirildi. Uning kuchli jihati shundaki, ekspozitsiyada nafaqat ayollarga nisbatan zo‘ravonlik turlari, balki uni qabul qilmaydigan insonlarni ham ko‘rish mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz” muxbiri Viktoriya Abdurahimova. Foto. gazeta.uz »
Toshkentdagi avtobusda “ayollar - oldinda, erkaklar - orqada” yozuvli poster paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” uni 2 yigit yopishtirib, holatni videoga ham olgani aks etgan kamera yozuvlarini e’lon qildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston tomonidan 2014-yilda qidiruvga berilgan 73 yoshli ayol Turkiyada qo‘lga olindi. U jinoiy uyushma tashkil etish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan. gazeta.uz »
Rossiyada yarim yoshli chaqaloqning o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vaqtincha hibsga olindi. U chaqaloqni cho‘miltirish vaqtida qo‘lida tushirib yuborgani taxmin qilinmoqda. gazeta.uz »
Samarqandning Narpay tumanida belgilanmagan joydan yo‘lga yugurib chiqqan ayolni Damas urib ketdi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Toshkent aeroportida 7-oktabr kuni Dubaydan qaytgan o‘zbekistonlik ayolning tobi qochgan. Rasmiy manbalar ayol soat 18:32 da “tez yordam” mashinasida aeroportdan olib ketilgani haqida xabar berdi. gazeta.uz »
Toshkentdagi 188-maktab o‘quvchisini kaltaklagan Ozoda Ravshanova (7 sutka qamoq jazosini o‘tamoqda) ustidan navbatdagi sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. U qasddan badanga yengil shikast yetkazish va haqorat qilishda aybdor deb topilib, jarimaga tortildi. gazeta.uz »
Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi. Bu borada Oliy ta’lim vazirligi va Qatarning Education above all fondi o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha xarajatlarining katta qismini Qatar tomoni qoplaydi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida poyezd 36 yoshli ayolni urib ketdi. U tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Firibgarlikda ayblanib, 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi. gazeta.uz »
Turkiyaning Ushoq shahrida 2020-yildan beri tutqunlikda ushlab turilgan qashqadaryolik ayol qutqarildi. Uni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlar boshlangan. Ayolni tutqunlikda saqlagan turk fuqarosiga jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »
Ñðåäñòâà âûäåëÿþò Ãîñôîíä ïîääåðæêè ñåìüè è æåíùèí è îáùåñòâî ïðîïàãàíäèñòîâ «Ìàðèôàò». norma.uz »
Toshkent viloyati Zangiota tumanida ko‘chada niqob taqib yurgan ayolga nisbatan 1,7 mln so‘m jarima qo‘llanildi. Ayol sudda changga allergiyasi borligi va mebel sexida ishlashini, shu sabab niqob taqib yurishini aytgan. Ammo sud faqat jarima miqdorini kamaytirgan. gazeta.uz »
Zangiota tumanida ro‘mol o‘ragan va matodan niqob taqib yurgan ayol jamoat joyida yuzini berkitib yurganlik moddasi bilan jarimaga tortildi. U sudda mebel sexida ishlashini va changga allergiyasi borligi uchun niqob taqishini aytdi. gazeta.uz »