Toshkentda beton plita bosib qolgan 25 yoshli yigit halok bo‘ldi
Yashnobod tumanida 25 yoshli yigit beton plita bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Baxtsiz hodisa qurilish obyektida ish vaqtida sodir bo‘lgan. gazeta.uz »
Yigit - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Yashnobod tumanida 25 yoshli yigit beton plita bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Baxtsiz hodisa qurilish obyektida ish vaqtida sodir bo‘lgan. gazeta.uz »
Yakkabog‘ tumanida to‘rt yigit 14 yoshli qizni Damas’da dalaga olib borib zo‘rlagani aytilmoqda. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. IHMAga ko‘ra, voyaga yetmagan qizga psixologik, uning onasiga yuridik xizmatlar ko‘rsatilgan. gazeta.uz »
Jarqo‘rg‘onda Surxondaryo daryosiga cho‘milish uchun borgan 3 nafar 18 yoshli yigitlar cho‘kib halok bo‘ldi. Ulardan 2 nafarining jasadi topilgan, yana birining jasadini qidirish ishlari ketmoqda. gazeta.uz »
28-may kuni 24 yoshli yigit Pop tumanidagi Chodaksoy soyning cho‘milish taqiqlangan hududiga tushib suvda oqib ketdi. Uning jasadi oradan sakkiz kun o‘tib qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng soydan topildi. gazeta.uz »
Farg‘onada Rossiya armiyasiga yollangan 25 yoshli yigitga 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. U Rossiyada giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat uchun qamalganidan keyin Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun harbiy shartnoma imzolagan. gazeta.uz »
Kosonsoy tumanida 28 yoshli yigit 18 yoshli unashtirilgan qizini rashk tufayli pichoqlab o‘ldirdi. Tarqalgan videoda IIB xodimi janjalga qizning bitiruv oqshomi uchun ko‘ylagi sabab bo‘lganini aytgan va maktab ma’muriyatlarini qizlar bilan ishlashda hushyorlikka chaqirgan. Jinoiy ish ochilib, yigit ushlandi. gazeta.uz »
Andijonda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 26 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi. Sudlanuvchi avval Qozog‘istondagi universitet o‘qigan va ishlagan, keyin qarzlari sabab Rossiyaga ketib, u yerda armiya bilan shartnoma tuzganini aytdi. U Luganskdagi janglarda qatnashib, dron hujumida yaralangan. gazeta.uz »
Toshkentda Jaloyir-Sergeli temiryo‘l oralig‘ida yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib ketdi. Hodisa tungi soat 02:00 larda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u temiryo‘lda yotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent shahrining Olmazor tumanida tunda poyga uyushtirgan va fuqarolarning hayotini xavfga qo‘ygan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Mashinalar jarima maydoniga qo‘yildi. gazeta.uz »
Toshkentda Mercedes-Benz mashinasini soatiga 222 km tezlikda haydagan va unga noqonuniy ravishda “migalka” o‘rnatgan ikki yigit 15 sutkaga qamaldi. YHXB ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan fuqarolarni IIOga murojaat qilishga chaqirdi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanida ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba yigit va qiz qo‘lga olindi. Tezkor tadbir davomida jami 2 kg mefedron musodara qilingan, shuningdek, mahsulotni tarqatish bilan shug‘ullangan 15 nafar shaxs, jumladan, oliygoh talabalari ushlandi. gazeta.uz »
Sud Toshkentda qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblangan 20 yoshli yigitni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U terroristik tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushgani, Suriyaga chiqib ketish yo‘llarini surishtirgani va taqiqlangan ekstremistik materiallarni tarqatgani aytiladi. gazeta.uz »
Surxondaryoning Termiz shahrida 18 yoshli talaba yigit ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi. Termiz shahri prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonlik 20 yoshli Umid Zohirjonov Turkiyadan deportatsiya qilindi. U vatanda kiberfiribgarlik sodir etib, 10 dan ortiq fuqaroning mablag‘ini o‘zlashtirishda ayblanmoqda va qidiruvda edi. Bosh konsulxona javobgarlikdan qochib, chetda yashayotganlarni jinoiy ta’qib etish davom ettirilishini eslatdi. gazeta.uz »
Toshkentda yigit to‘ydan oldin o‘zi kuyov bo‘layotgan oilaning uyini aldov yo‘li bilan sotib yubordi. U qizning uyini garovga qo‘yib turishini aytib, uni boshqa fuqaroga 240 000 dollarga sotib yuborgan. gazeta.uz »
Samarqand viloyatida Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashgan 27 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi. U Rossiyaga ishlash uchun borgan, biroq narkotiklar savdosida ayblanib qamalgan. Koloniyada Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Rossiya qurolli kuchlari safiga yollangan. gazeta.uz »
Rossiyaning Arxangelsk shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Rossiya rasmiylari uning qurilish asboblarini tashiyotgan paytda muvozanatni yo‘qotib, beton plitaga qulaganini bildirdi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi holatni nazoratga oldi. gazeta.uz »
Toshkentda 17 yoshli yigit Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketdi. Hodisa 22-avgust kuni Bo‘rijar kanalining “Seul Mun” sayilgohi hududidan oqib o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. Yigit suvga tushib ketgan bosh kiyimni olish maqsadida kanalga tushib, oqib ketgan. gazeta.uz »
Mirzacho‘l tumanida 19 yoshli yigit internet orqali aqidaparastlik materiallarini tarqatib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Bolgariyaning Kavatsite sohilida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi dengizda ukrainalik qizni qutqarmoqchi bo‘lgan vaqtida cho‘kib ketdi. Uning jasadi voqeadan ikki kun o‘tgach, suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqildi. gazeta.uz »
18 yoshli ikki yigit Sirdaryoda o‘zlari yo‘lovchi sifatida ketayotgan mashinani olib qochdi. Yigitlardan biri yo‘lda ularni to‘xtatmoqchi bo‘lgan ichki ishlar xodimini pichoqladi. Xodimning hayoti saqlanib qolindi, yigitlar Ohangaronda ushlandi. gazeta.uz »
18 yoshli ikki yigit Sirdaryoda o‘zlari yo‘lovchi sifatida ketayotgan mashinani olib qochdi. Yigitlardan biri yo‘lda ularni to‘xtatmoqchi bo‘lgan ichki ishlar xodimi pichoqladi. Xodimning hayoti saqlanib qolindi, yigitlar Ohangaronda ushlandi. gazeta.uz »
Sud Toshkent viloyatida yashovchi 17 yoshli yigitni fevral oyida Kelesda 18 yoshli Asqar Gulmatovni o‘ldirgani uchun 8 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Marhumning onasi ayblanuvchi yolg‘iz harakat qilganiga shubha bildirdi va tergovni davom ettirishga chaqirdi. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida joylashgan “Orzular sohili” dam olish maskanida 23 yoshli yigit cho‘kib vafot etdi. Tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. gazeta.uz »
Oltinsoy tumanida ichida besh nafar 19 yoshli yigit bo‘lgan Gentra beton to‘siqqa urildi. Oqibatda ulardan to‘rt nafari vafot etdi. Avtomobilning egasi yuvib kelish uchun bergandi, deydi rulda bo‘lgan yigit. gazeta.uz »
Andijonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining g‘oyalarini tarqatgan va uni moliyaviy qo‘llagan 28 yoshli yigit 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. U Eron orqali Afg‘onistonga o‘tishga uringanida qo‘lga olingan. gazeta.uz »
AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati O‘zbekiston fuqarosi Ulug‘bek Davronovni qo‘lga oldi. 21 yoshli muhojir AQSh hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan, shuningdek, bir qator jinsiy jinoyatlarda ayblanmoqda. U hibsda. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanida 22 yoshli yigit 18 yoshli qiz tanishini kaltakladi. Qiz jarohat olib, shifoxonaga murojaat qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Qiziqchi Shukrullo Isroilovga tegishli Mercedes-Benz`ni olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi. Sudlanuvchi bolalikdan nogiron ekani, o‘ziga nisbatan ishonchni sinab ko‘rish uchun mashina boshqarishni niyat qilganini aytib, suddan yengillik so‘ragan. gazeta.uz »
Rossiyaning Kaliningrad viloyatida 4 erkak is gazidan zaharlanib vafot etdi, OAV ularning o‘zbekistonlik ekani va bir oycha oldin ishlash uchun kelganini yozdi. “Yigitlar 25 yoshlarda edi… Ko‘p ishlab, uyga kam kelishardi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida mehmon bo‘lib kelgan shaxs ikki mezbonni pichoqlab, uyga o‘t qo‘ydi. Jarohatlanganlarning hayoti shifoxonada saqlab qolingan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. gazeta.uz »
Xorazm viloyati Shovot tumanida 21 yoshli yigit benzin sisternasini tozalash vaqtida yoqilg‘i qoldiqlari hididan zaharlanib halok bo‘ldi. Uni qutqarishga uringan shaxs ham hushidan ketdi, ammo omon qoldi. gazeta.uz »
Toshkentning Yashnobod tumanida noma’lum shaxs maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab, og‘zini yopmoqchi bo‘ldi. IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, u ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi 18 yoshli yigit bo‘lgan. gazeta.uz »
Qarshi shahrida drift qilishga uringan 19 yoshli Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Zarba kuchliligi oqibatida mashinada bo‘lgan uning ikki do‘sti vafot etdi. gazeta.uz »
Toshkent metropolitenida 19 yoshli yigit o‘zini elektropoyezd tagiga tashladi. Xodimlar jabrlangan fuqaroni tirik holda vagon ostidan olib chiqqan. Hozirda tekshirish ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Buxoroning Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli yigit 17 mlrd so‘mlik (1,3 mln dollar) kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasida gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Yigit aybiga iqror bo‘lgani va tergovga yordam bergani uchun jinoyat ishi harakatdan tugatildi. gazeta.uz »
Poytaxtdagi Escada lounge bar yangi yil shousi reklamasi aks etgan videoni e’lon qildi. Unda yigit shou kunlariga mos ravishda yetti nafar qizning ketiga va oyoqlariga zarba berganini ko‘rish mumkin. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi xarobasining yuqori qavatiga chiqqan yigit u yerdan tushib ketib vafot etdi. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va DXX xodimlari tomonidan ISHID terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxslar aniqlandi. gazeta.uz »
Samarqandning Nurobod tumanida yashovchi yigit Telegram orqali diniy ekstremistik materiallarni tarqatib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Chirchiq shahrida 100 mingta layk uchun otasini urishga tayyorligini aytib video olgan yigit 15 sutkaga qamaldi. gazeta.uz »
Andijon shahrida 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yuborib, joniga qasd qilishga urindi. U kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Navoiy Konimex tumanida 10 nafar yigit kelishmovchilik ortidan cho‘lga borib janjallashdi. Oqibatda ulardan biri boshqasini pichoqlab o‘ldirdi. gazeta.uz »
Namanganning Kosonsoy tumanida 21 yoshli haydovchi “Jiguli”da turli xavfli manyovrlar qilib harakatlandi. Buning oqibatida mashina “bagaji” ustida o‘tirgan yigit yiqilib tushgan va shifoxonada vafot etgan. gazeta.uz »
Samarqand tumanidagi Mironqul-Ohalik tog‘ida adashib qolgan 18 yoshli yigit qutqarildi. U tog‘ning 1000 metr balandligidan soat 01:30 da topilgan. gazeta.uz »
Termiz shahrida 26 yoshli yigit Telegram’da guruh ochib, 37 kishiga noqonuniy diniy saboq berib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 16 yoshli yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi. U qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Mart oyida Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanidagi sayilda gaz balloni portlab, 1 kishi vafot etgan, 14 kishi esa jarohat olgandi. Sud bu ishda ballon egasi, sayilga baliq sotish uchun borgan 22 yoshli yigitni aybdor deb topdi. gazeta.uz »
Qarshi tumanida 18 yoshli yigitni suzish havzasi hududida tok urdi. Oqibatda u shifoxonaga yetmasdan vafot etdi. Ochilganiga 2 oy bo‘lgan basseyn faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. gazeta.uz »
Qarshi davlat universitetida yigit talaba qiz bilan o‘zaro janjallashib, unga 8 marta pichoq sanchdi. Shundan so‘ng o‘zining qorin bo‘shlig‘iga ham jarohat yetkazdi. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlanganini bildirdi. gazeta.uz »