Ðåçóëüòàòîâ: 74

Rossiyada migrantlarni deportatsiya qilish asoslarini kengaytirish rejalashtirilmoqda

Rossiya Davlat dumasi xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytiruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Asoslar orasida internetda inson qadr-qimmati va jamiyat axloqini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish hamda Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish ham bor. gazeta.uz »

2026-4-9 17:49

Navoiy xalqaro aeroportini markazlashgan boshqaruvdan chiqarish rejalashtirilmoqda

Navoiy xalqaro aeroportiga Uzbekistan Airports’ning markazlashgan operativ boshqaruv tizimidan chiqib, aviakompaniyalar bilan mustaqil shartnomalar tuzish huquqi berilishi mumkin. Havo bandargohi daromadlarini o‘z modernizatsiyasiga sarflash, “porto-franko” erkin bojxona zonasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-2 17:50

O‘zbekistonda fuqarolar nomiga avtomobillar olib kirishni qisqartirish rejalashtirilmoqda

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash doirasida yuridik shaxslar uchun notarif cheklovlarni soddalashtirish orqali fuqarolar nomiga avtomobil olib kirish hajmini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bojxona qo‘mitasi va UZIMEI markazi o‘rtasida IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-12-11 10:18

O‘zbekistondagi ayrim chiqindi poligonlarini yashil hududga aylantirish rejalashtirilmoqda

Chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlar hozirda taxminan 40% qurib bitkazilgan. Ularni 2026-yil oxirigacha oltita hududda yakunlash rejalashtirilgan. Bu zavodlarning ishga tushirilishi poligonlar sonini qisqartirib, ularni ekologik xavfsiz hududlarga aylantirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-12-4 22:29

O‘zbekistonda Belgrad universiteti filialini ochish rejalashtirilmoqda

Belgrad universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov. Bundan tashqari, Novi-Sad universiteti bilan ham qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-11-3 13:50

Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish uchun muvofiqlashtiruvchi tuzilma yaratish rejalashtirilmoqda, loyiha Toshkentda taqdim etiladi

YI va Transkaspiy yo‘lagida ishtirok etuvchi, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari muvofiqlashtiruvchi tuzilma tashkil etishni rejalashtirmoqda. Uning loyihasi noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Transkaspiy yo‘nalishi investorlari va aloqalari forumida taqdim etiladi. gazeta.uz »

2025-10-22 18:00

Qoraqalpog‘istonda 2 mlrd dollarlik 27 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilmoqda — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘istonda 2 mlrd dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar sanoat, logistika, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi hamda qariyb 10 mingta ish o‘rni yaratiladi. gazeta.uz »

2025-10-9 16:06

Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Asosiy ma’lumotlar

Ma’lumotlarni boshqarish milliy tizimi to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi. Qonundan maqsad - davlat organlari yig‘adigan ma’lumotlarga nisbatan umumdavlat yondashuvini joriy etish hamda raqamli ma’lumotlarni yig‘ish, shakllantirish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishda yagona yondashuvni ta’minlash. gazeta.uz »

2025-9-16 09:22

Kreditlar reklamasida fuqarolarni xatarlar to‘g‘risida ogohlantirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda kreditlar reklamasida xatarlar haqida ogohlantirish taklif etilmoqda. Markaziy bank “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, reklamada kelgusi xarajatlar va moliyaviy qiyinchiliklar bilan bog‘liq tavakkalchiliklar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-9-11 07:55

Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda

So‘nggi yillarda insult va infarktga olib keluvchi kasalliklar ko‘paymoqda, ularning 85 foizi nogironlik bilan yakunlanadi, ta’kidlandi prezidentga taqdimotda. Shu bois ushbu xastaliklarning oldini olish va davolash uchun Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-19 19:35

Yangi Toshkent aeroporti 2030-yilgacha qurilishi rejalashtirilmoqda. Prezident loyiha bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida poytaxt uchun yangi aeroport qurish rejalari bilan tanishdi. Uni 2030-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda havo bandargohi yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda investorlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-1 19:31

Uy to‘lovlari bo‘yicha qarzlarni soddalashtirilgan tartibda undirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda BSKlar foydasiga kvartira to‘lovlari va jismoniy shaxslarning BHMning 5 baravarigacha bo‘lgan qarzlari uchun soddalashtirilgan undiruvni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Mablag‘lar banklardagi hisobvaraqlardan masofadan turib, mol-mulkni xatlamasdan yoki qarzdorning uyiga bormasdan yechib olinadi. gazeta.uz »

2025-7-23 08:45

Toshkentda Xalqaro tijorat sudi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu qanday sud va u nima uchun kerak?

O‘zbekistonda Xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda. Uning vazifasi - investorlar huquqlarini himoya qilish, mahalliy sudyalar va advokatlar malakasini oshirishdan iborat. Sud xalqaro standartlarga muvofiq ishlaydi hamda tijorat nizolarini ko‘rib chiqishda shaffoflik va bashoratlilikni ta’minlaydi. gazeta.uz »

2025-6-30 10:21

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob uchrashuvida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 500 mln yevroga yetkazish, migratsiya sohasida ekspertlar guruhini tuzish, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish rejalari kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-5-22 21:42

O‘zbekistonda 2025-yilda kanalizatsiyalash qamrovini 24% ga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda kanalizatsion infratuzilma kengaytirilmoqda. Joriy yilda 135 ming xonadonni ulash va tizim qamrovini 24% ga yetkazish rejalashtirilgan, dedi “O‘zsuvta'minot” raisi v.b. Qator shaharlardagi oqava suvlarni tozalash inshootlarini DXSh doirasida xususiy boshqaruvga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-3-18 20:56

O‘zbekistonda 2025-yilda kanalizatsiyalash qamrovini 24 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda kanalizatsion infratuzilma kengaytirilmoqda. Joriy yilda 135 ming xonadonni ulash va tizim qamrovini 24% ga yetkazish rejalashtirilgan, dedi “O‘zsuvta’minot” raisi v.b. Qator shaharlardagi oqava suvlarni tozalash inshootlarini DXSH doirasida xususiy boshqaruvga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-3-19 20:56

O‘zbekistonda 2025-yilgacha birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini bosqichma-bosqich transformatsiyalash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2025-yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi, stomatologiya xususiy sektorga beriladi, shifokorlar ish samaradorligi uchun ustamalar ola boshlaydi. Viloyat miqyosidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari ko‘p tarmoqli poliklinikalarga aylantiriladi. gazeta.uz »

2025-2-11 22:48