Ðåçóëüòàòîâ: 77

“Tungi iqtisodiyot”: “Tun-u kun” ishlaydigan ko‘chalarni qanday rivojlantirishmoqchi?

Strategik islohotlar agentligi tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan prezident qarori loyihasini taqdim etdi. 2030-yilgacha 320 ta tun-u kun ishlaydigan ko‘cha tashkil etish, 24/7 restoran va kafelar sonini 8 mingtaga yetkazish, “tungi iqtisodiyot menejeri” lavozimini joriy etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-10 17:44

Energetika, ittifoqchilikni mustahkamlash, xalqaro kun tartibi: Mirziyoyev va Putin telefon orqali gaplashdi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, energetika, investitsiyalar kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi. Xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. gazeta.uz »

2025-7-8 15:47

Xususiy OTMlar uchun litsenziyalash qoidalari moratoriydan bir kun oldin kuchaytirildi. Faollar nima deydi?

Hukumat xususiy OTMlar uchun $2 mln ustav kapitali bo‘lishi, $350 ming depozit va foydani qayta investitsiyalash kabi kuchaytirilgan qoidalar joriy qilmoqda. Hujjat tadbirkorlar uchun yangi majburiyatlarga moratoriy kuchga kirishidan 1 kun oldin imzolangan. Iqtisodchi bu raqobatni cheklashidan ogohlantirmoqda. gazeta.uz »

2025-7-7 09:25

“Saylov haqida bir kun oldin aytishdi”, “Nomzodlar ko‘proq bo‘lishi kerak”. Mahalla raislari saylovlari qanday o‘tdi?

O‘zbekistonda 1,5 oy davom etgan mahalla raislari saylovlari yakuniga yetdi. Gazeta muxbiri gaplashgan ayrim fuqarolar saylov va nomzodlar haqida bir kun oldin e’lon qilinganini ta’kidladi. “Kech eshitganim uchun ham saylovga bormadim”, “Menimcha, erkak kishi rais bo‘lgani yaxshiroq, bitta gapiradi” deydi ular. gazeta.uz »

2025-6-21 09:20