Ðåçóëüòàòîâ: 152

“Yo‘l bo‘yidagi hojatxonalar ahvoli mening ham ta’bimni xira qiladi” — Turizm qo‘mitasi raisi

O‘zbekistonda AYOQSHlar, park va turizm maskanlarida 11 mingga yaqin hojatxona bor. Ularning 4 mingtasi yangi qurilgan. Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov yo‘l yoqasidagi hojatxonalarning sanitar holati uning “ta’bini xira qilishini” ta’kidlab, muammoni yechishda jamoatchilik nazorati muhimligini aytdi. gazeta.uz »

2026-5-17 08:32

“Savollar paydo bo‘lmasa, qarshilik ham bo‘lmaydi”. Tashkent Urban Forum ekspertlari — shahar, quruvchilar va aholi o‘rtasidagi muloqot muhimligi haqida

III Toshkent urban forumida davlat organlari, quruvchilar va shaharliklar o‘rtasidagi muloqot muammolari muhokama qilindi. “Shaharga o‘z qarorlarini tushuntirish, aholiga esa o‘z fikrini bildirish imkoniyatini berish muhim”, deydi Gazeta`ning axborot hamkorligi loyihalari menejeri, bosh muharrir Sabina Bakayeva. gazeta.uz »

2026-4-30 10:55

Juda ham katta, qimmatbaho ma’lumot yig‘ildi — Ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha intervyu

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 37 yil ichida ilk bor aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazildi. Gazeta Milliy statistika qo‘mitasi vakili Jaxongir Qambarov bilan jarayon qanday o‘tgani, qanday qiyinchiliklar kuzatilgani, ma’lumotlar qachon va qanday ochiqlanishi, kelgusidagi rejalar haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-3-31 10:30

“Ishonuvchan odamman desangiz, kartangizni birorta ham mobil ilovaga yuklamang” — Markaziy bank vakili

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Saydullayev ishonuvchan odamlarga plastik kartalarini birorta ham mobil ilovaga ulamaslikni tavsiya qildi. U yirik xaridlarni naqdsizlashtirishda kiberxavfsizlik masalasiga to‘xtalib, shaxsiy ma’lumotlar berilmasa, kartadagi pullarni hech kim ololmasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-3-28 10:40

Dorilarning noqonuniy aylanmasiga ham giyohvandlik moddalariga qarshi kurashgandek qat’iy kurashish kerak — prezident

Prezident O‘zbekistonda dori vositalari aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kontrafakt preparatlarning tarqalishi oqibatida xorijiy kompaniyalar tomonidan 21 turdagi original dori vositalarini yetkazib berish to‘xtatilgan. gazeta.uz »

2026-3-5 18:33

Soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi

Qamchiq dovoni yopilgach, o‘z manziliga yetolmagan yo‘lovchilar uchun soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi. Popga borgach, poyezd vodiydan Toshkentga ketayotgan yo‘lovchilarni ham olib qaytadi, deya ma’lum qildi FVV. Dovonda kechki soatlarda 12 ta qor ko‘chkisi aniqlangan. gazeta.uz »

2026-2-13 22:09

Prezident nafaqat Toshkentda, balki hududlarda ham havo ifloslanishiga qarshi choralarni kuchaytirishni buyurdi

Prezident Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha maxsus komissiya hisobotini tingladi. Nafaqat poytaxt, balki hududlarda ham barqarorlashtirish choralari va tekshiruvlarni davom ettirish, havo sifatiga ta’sir qilayotgan barcha omillarni qat’iy nazoratga olishni buyurdi. gazeta.uz »

2025-12-2 00:42

Mol-mulk va yer solig‘ini undirishda ham elektr energiyasining billing tizimidan foydalaniladi

O‘zbekistonda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanishni joriy etiladi. Avvalroq chiqindidan qarzdorlarning elektr energiyasiga to‘lov qilish imkoniyatini cheklash yo‘lga qo‘yilgan edi. gazeta.uz »

2025-12-1 09:19

Tergov hibsxonasidagi mahbuslarga dam olish kunlari ham posilkalar olish va sayr qilish mumkin bo‘ladi

Qonunchilik palatasi majlisida ombudsmanning mahbuslar huquqlariga oid qonunchilik taklifi ko‘rib chiqilib ma’qullandi. Mahbuslarga bayram va dam olish kunlarida ham kiyimlar olish, shuningdek ikki soat sayr qilish huquqi berish, oziq-ovqat uchun oylik mablag‘ni MHEKMning 100 foizigacha oshirish taklif etilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-19 10:30

Xususiy sektor xodimlariga ham “dekret” va mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini davlat sug‘urtasi orqali to‘lash rejalashtirilmoqda

Senatda xususiy sektorda ishlovchi xodimlarga ham mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish hamda ishdan bo‘shatish nafaqalarini davlat ijtimoiy sug‘urtasi orqali to‘lab berish nazarda tutilgan qonun ma’qullandi. Nafaqalar chet elga chiqqanda ham saqlanib qolinadi. gazeta.uz »

2025-10-31 15:10

“Bu summaning choragi ham emas”. Irmatov — Kannavaroning maoshi haqidagi mish-mishlar to‘g‘risida

OAV O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Fabio Kannavaroning murabbiylar shtabi maoshi yiliga 4 million yevrogacha bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bu ma’lumotni inkor etdi: “Aslida bu summaning yarmini yarmi ham emas”. gazeta.uz »

2025-10-6 15:43

“Hamma yerda ham elning dardi erk”. Karim Bahriyev bilan “Dunyo she’riyati” antologiyasi taqdimoti oldidan suhbat

Jurnalist va tarjimon Karim Bahriyev 45 yil davomida dunyoning 150 ga yaqin mamlakati shoirlari she’rlarini tarjima qildi. Ularning bari uch jildlik antologiyaga jam bo‘ldi. Ushbu to‘plam o‘zbek tilida shu vaqtgacha bo‘lgan she’riy tarjimalar geografiyasini kamida ikki barobarga kengaytirdi. gazeta.uz »

2025-9-22 13:30

“Sotsiolog va seksologni ham jalb qilish kerak”. Svetlana Artikova — zo‘ravonlikka qarshi kurash haqida

2025-yilning 8 oyida oiladagi zo‘ravonlik 3 foizga, voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish esa 36 foizga ortgan. Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikovaga ko‘ra, zo‘ravonlik sodir etilganida, mahalla yettiligi sotsiolog, seksolog kabi mutaxassislarni ham jalb qilishi kerak. gazeta.uz »

2025-9-14 20:57

“Murabbiylar “keldi-ketdi”si bizni ham chalg‘ityapti” — Timur Kapadze

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze murabbiy almashishi haqidagi gap-so‘zlar jamoani chalg‘itayotganini ta’kidladi. “MTJ atrofidagi vaziyat barchani chalg‘itmoqda. Biz ushbu gap-so‘zlarga e’tibor bermay tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik”, - dedi Kapadze O‘monga qarshi o‘yindan so‘ng. gazeta.uz »

2025-8-31 10:43

“Olimpiya shaharchalari viloyatlarda ham quriladi”. Prezident — yoshlar orasida sportni ommalashtirish haqida

Shavkat Mirziyoyev, uning fikricha, “yosh avlod salomatligiga katta poydevor” bo‘lgan Olimpiya shaharchasi qurib bitkazilgani bilan sportchilarni tabrikladi. U bunday muassasalar viloyatlarda ham qurilishini aytdi va sport turlarini ommalashtirish masalasiga alohida urg‘u berdi: “Odamlarimiz sportni yaxshi ko‘radi”. gazeta.uz »

2025-8-18 17:43