Forish tumanidagi davlat bog‘chalarida ham 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi
Jizzaxning Forish tumanidagi to‘rtta davlat bog‘chasida 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi. Ular bir kun oldin biokefir, pishloq, sariyog‘ kabi mahsulotlar iste’mol qilgan. Viloyat SESga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash normalari buzilgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi, surishtiruv ketmoqda. gazeta.uz »










