Ðåçóëüòàòîâ: 136

Buvaydada ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan tuman hokimining sobiq o‘rinbosari jinoiy jazoga tortildi

Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari Saidali Xidirov daraxt kesilishining oldini olishga uringan ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani uchun javobgarlikka tortildi. Unga 1 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 61,8 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. gazeta.uz »

2026-6-9 13:22

Samarqandda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va sobiq tuman hokimi o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bulung‘ur tumanida fermerning 150 mln so‘mlik soliq qarzini kamaytirib berishni va’da qilgan soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Kattaqo‘rg‘onda esa fuqaroni ishga joylashtirish uchun pul olgan sobiq tuman hokimi o‘rinbosari ushlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »

2026-5-19 11:01

Rimda Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi rossiyaliklarga viza sotishda ayblanib hibsga olindi

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pergabriele Papadia de Bottini va uning yordamchisiga nisbatan noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashish va korrupsiya bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Tergovga ko‘ra, ular Rossiya fuqarolariga 4 ming yevrodan 16 ming yevrogacha pul evaziga Shengen vizalarini rasmiylashtirgan. gazeta.uz »

2026-5-9 13:51

IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari 186 mlrd so‘m to‘lagach, garov evaziga ozodlikka chiqdi — huquq himoyachisi

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va 186 mlrd so‘m ($15,3 mln) o‘zlashtirishda gumonlanayotgan yana 6 nafar mansabdor shaxs qamoqdan ozod etildi. Huquq himoyachisiga ko‘ra, general-mayorning qarindoshlari zararni naqd pulda to‘liq qoplaganidan so‘ng, ular garov evaziga qo‘yib yuborilgan. gazeta.uz »

2026-4-17 16:55

Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev IIVda guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda. Boshqa tafsilotlar hozircha noma’lum. Bir oy avval Sadir Japarov Tashiyevni ishdan bo‘shatish qarorini jamiyatdagi bo‘linishning oldini olish istagi bilan izohlagandi. gazeta.uz »

2026-3-19 11:00

O‘zbekistonda sobiq amaldorlarga ular nazorat qilgan kompaniyalarga o‘tish cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun 2 yillik “sovutish davri” joriy etilishi mumkin: ular ish ketganidan so‘ng avval nazorat qilgan tashkilotlarda ishlay olmaydilar. Shuningdek, “Korrupsiya xavflari xaritasi” tuziladi, “Toza biznes” dasturi amalga oshiriladi va antikorrupsiyaga oid boshqa tadbirlar ko‘riladi. gazeta.uz »

2026-2-17 15:49

Ilon Maskdan sobiq shahzoda Endryugacha: Epshteyn fayllarida qaysi mashhurlar tilga olingan?

AQSh Adliya vazirligi jinsiy jinoyatlar uchun hukm qilingan marhum moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha yangi va oxirgi hujjatlar to‘plamini e’lon qildi. Fayllarda Donald Tramp va Buyuk Britaniyaning sobiq shahzodasi Endryudan tortib, Ilon Mask va Bill Geytsgacha bo‘lgan ko‘plab mashhurlar tilga olingan. gazeta.uz »

2026-2-3 19:44

“O‘zbekgidroenergo”ga kompaniya sobiq rahbarining o‘g‘li Islom Abdurahmonov rahbar etib tayinlandi

Islom Abdurahmonov 3 yilga “O‘zbekgidroenergo” raisi lavozimiga tayinlandi. U 2018-yildan beri “To‘palang HPD Holding” kompaniyasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. “O‘zbekgidroenergo”ning avvalgi rahbari va Islomning otasi Abdug‘ani Sanginov dekabrda “O‘zbekneftgaz”ga rahbar bo‘lgandi. gazeta.uz »

2026-1-10 15:56

Uch hafta oldin jazo o‘tashni boshlagan Fransiya sobiq prezidenti Sarkozi qamoqdan ozod etildi

“Liviya ishi” bo‘yicha 5 yillik qamoq jazosini 21-oktabr kuni o‘tashni boshlagan Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi oradan uch hafta o‘tib qamoqdan ozod qilindi. Apellyatsiya sudi uning ozodlikka chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ma’qullagan. Endi uni mart oyida apellyatsiya sudi kutib turibdi. gazeta.uz »

2025-11-11 09:44

“AQSh Markaziy Osiyoni e’tiborsiz qoldirgan sobiq prezidentlarning xatolarini tuzatmoqda” — Donald Tramp

Markaziy Osiyo nafaqat strategik jihatdan muhim, balki “avvalgi prezidentlar e’tiborsiz qoldirgan” o‘ta boy hududdir, dedi Donald Tramp “C5+1” sammitida. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yirik bitimlar, jumladan, Amerika harbiy texnikasini yetkazib berish bo‘yicha kelishib olgan. gazeta.uz »

2025-11-7 09:52

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi yordamchilari Futbol assotsiatsiyasidan ˆ350 ming talab qilmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanetsning uch nafar yordamchisi FIFAga ariza bilan murojaat qilib, 350 ming yevro tovon puli talab qildi. O‘FA xabariga ko‘ra, Katanets ketganidan so‘ng ularning shartnomalari avtomatik bekor qilingan, bu xalqaro amaliyotga to‘g‘ri keladi. gazeta.uz »

2025-10-18 23:56