Ðåçóëüòàòîâ: 136

“OIVga tahlil topshirishga majburlashmoqda” — olim va sobiq elchi Alisher Fayzullayev

Gazeta uch oydan ko‘p vaqt xorijda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari poliklinikalarda OIVga test topshirishga majbur bo‘layotganini yozgandi. Yevropaning bir qator davlatlaridagi sobiq elchi, TIV rahbarining sobiq o‘rinbosari, taniqli olim va yozuvchi Alisher Fayzullayev ham xuddi shunday muammoga duch keldi. gazeta.uz »

2025-9-9 20:23

“Tinchlik oroli”. Xorijlik sobiq siyosatchilar Markaziy Osiyoning global roli va o‘rni haqida qanday fikrda?

Toshkentda o‘tgan “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa” uchrashuvida Markaziy Osiyo, Kavkaz, AQSh va Yevroittifoq siyosatchilari, xususan, sobiq prezident va vazirlar to‘plandi. Gazeta ularning Markaziy Osiyoning buguni va mintaqa davlatlari nimalarni e’tiborga olishi kerakligi haqidagi fikr-mulohazlariga qiziqdi. gazeta.uz »

2025-8-28 18:21

Rossiyaning sobiq transport vaziri vafot etdi, taxminiy versiya — o‘z joniga qasd qilish

Kursk viloyatining sobiq rahbari va Rossiya sobiq transport vaziri Roman Starovoyt, Tergov qo‘mitasi versiyasiga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilib vafot etdi. Putin uni bugun lavozimidan bo‘shatgandi. Rossiya OAV unga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgani va o‘lim bir sutka avval sodir bo‘lganini yozmoqda. gazeta.uz »

2025-7-7 16:45

Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaruga davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha rasman ayblov e’lon qilindi

Braziliya Bosh prokuraturasi sobiq prezident Jair Bolsonaruga 2022-yilgi saylovlardagi mag‘lubiyatdan so‘ng davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun fitna uyushtirganlikda rasman ayblov qo‘ydi. Respublikaning sobiq rahbari aybini rad etib, siyosiy ta’qiblar qurboni bo‘lganini aytmoqda. gazeta.uz »

2025-2-19 15:22

Toshkentda sobiq hokim yordamchisi 20 kishi nomiga kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi

Toshkent shahrida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »

2025-2-4 22:55

Deputat Checheniston rahbarining O‘zbekistondagi 2 amaldor (biri sobiq)ga qilgan tahdidini qoraladi

Deputat Odiljon Tojiyev Checheniston rahbarining Komil Allamjonov va Dmitriy Liga tahdidlarini mamlakat ichki ishlariga aralashish deb qoraladi. U Ramzan Qodirovni kechirim so‘rashga va (agar u do‘st bo‘lsa) qidiruvdagi ikki fuqaroni topishda yordam berib, ularni O‘zbekistonga topshirishga chaqirdi. gazeta.uz »

2024-12-28 11:06

AQSh Xorazmda jinsiy jinoyatlarda ayblangan sobiq amaldorlarga nisbatan sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonning ikki sobiq davlat xizmatchisi va mehribonlik uyi sobiq rahbariga inson huquqlarini jiddiy buzgani uchun sanksiyalar kiritdi. Gap “Xorazm ishi” bo‘yicha Urganchdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda ayblanganlar haqida ketmoqda. gazeta.uz »

2024-12-3 20:07