Ðåçóëüòàòîâ: 97

Toshkent va Xiva o‘rtasida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi 1-maydan qatnay boshlaydi — transport vaziri

1-maydan boshlab Toshkent - Xiva yo‘nalishi bo‘yicha Hyundai Rotem tezyurar poyezdini ishga tushirish reja qilinmoqda. Birinchi tarkib allaqachon mamlakatga olib kelingan, yil davomida yana beshtasi keltiriladi, deya ma’lum qildi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Istiqbolda yo‘nalishni Nukusgacha uzaytirish ko‘zlangan. gazeta.uz »

2026-3-19 14:01

“Eron aholisi urush va repressiv hukumat o‘rtasida qolib ketdi”. BMT missiyasi AQSh va Isroilning Eron bilan urushini qoraladi

BMT mustaqil missiyasi Isroil va AQShning Eronga qarshi hujumlarini, shuningdek, Tehronning mintaqa bo‘ylab bergan zarbalarini qoraladi. “Eron aholisi keng ko‘lamli harbiy kampaniya va inson huquqlarini uzoq vaqtdan beri qo‘pol ravishda poymol qilib kelayotgan hukumat o‘rtasida qoldi”, - deyiladi bayonotda. gazeta.uz »

2026-3-5 12:37

Toshkent yo‘llari o‘rtasida panjaralar qayta o‘rnatilgani yuzasidan poytaxt hokimiga deputatlik so‘rovi yuborildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputati poytaxt yo‘llariga yangi panjaralar o‘rnatilgani yuzasidan Toshkent shahri hokimiga deputatlik so‘rovi yubordi. Unda, jumladan, panjaralarning piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qilishi qanday asoslangani so‘ralgan. gazeta.uz »

2026-2-20 15:53

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yangi transport yo‘lagi yaratiladi, Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi

Pokiston - Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston transport yo‘lagi yaratilib, Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston temir yo‘li loyihasi bo‘yicha dala tadqiqot ishlarini boshlash va yangi yo‘nalishda pilot tashuvlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-5 10:42

Toshkent va Chorvoq o‘rtasida pulli yo‘l qurilishini 2026-yil oxirlarida boshlash rejalashtirilmoqda

Toshkent va Chorvoq orasida pulli avtomobil yo‘li paydo bo‘ladi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Ayni paytda loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilishi va ma’qullanishi kutilmoqda. 2026-yil o‘rtalarigacha texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash, 2026-yil oxirlarida qurilishni boshlash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-21 14:17

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzolandi

Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifida ikki davlat o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi. Bojxona xizmati vakolatxonalarini ochish, qo‘shma harbiy o‘quvlarni o‘tkazish, qo‘shma investitsiya platformasini yaratish va tog‘-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan. gazeta.uz »

2025-11-15 13:17

O‘zbekiston va AQShning G‘arbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va AQShning hududlararo aloqalarini, jumladan, G‘arbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev va AQSh Kongressi vakillari ishbilarmon doiralarning o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-11-6 06:26

“O‘zbekiston Sharq va G‘arb o‘rtasida ko‘prik, barchaga ochiq va konstruktiv hamkorlik maydoni bo‘lishga hamisha tayyor” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilayotgan YUNESKO sessiyasida so‘zga chiqib, tashkilotning Ayollar liderlik akademiyasi hamda Inklyuziv ta’lim platformasini tashkil etishni taklif etdi. Shuningdek, u globallashuv va iqlim o‘zgarishi sharoitida madaniy merosni saqlash bo‘yicha qaror qabul qilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-10-30 16:39

O‘zbekiston va YI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangani nimani anglatadi?

O‘zbekiston va YIning Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimi Bryusselning MOga qiziqishi ortayotgani fonida yaqinlashish sari qo‘yilgan yana bir qadamdir. Gazeta ekspertlardan munosabatlarning yangi bosqichi ortida nima turgani va hamkorlikda qaysi yo‘nalishlar ustuvor ekanini baholashni so‘radi. gazeta.uz »

2025-10-29 10:42

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida Texnologiya va sanoat sherikligi dasturi imzolanadi

Nyu Yorkda O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari uchrashuvida ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muhim xomashyo, kimyo, mashinasozlik, aviatsiya kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi. gazeta.uz »

2025-9-24 04:26

O‘zbekiston Bolgariyada o‘smirlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi (+video, foto)

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Sofiyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatini medallar hisobida birinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa hisobida 5 oltin, 1 kumush va 2 bronza medali bor. G‘oliblar orasida Boltaboyeva, Baxodirov va Burxonov bor, ular musobaqa favoritlari ustidan g‘alabalarga erishdi. gazeta.uz »

2025-9-4 12:20

Mirziyoyev Aliyevni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan tabrikladi. Prezident bitimning tez fursatda rasman imzolanishi Janubiy Kavkazda tinchlik, barqarorlik va ravnaqni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi. gazeta.uz »

2025-8-10 09:31

Toshkent va Bali o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng mashhur kurortlardan biri bo‘lgan Indoneziyaning Bali oroliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirdi. 25-iyunga o‘tar kechasi bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketdi. Sayohat vaqti 10 soatni tashkil etdi. gazeta.uz »

2025-6-25 21:40

O‘zbekiston prezidenti Ukraina va Rossiya o‘rtasida Istanbulda o‘tayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni olqishladi

Ukraina bilan bog‘liq vaziyat faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etilishi zarur deb hisoblaymiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. U Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni olqishladi. Davlat rahbari, shuningdek, G‘azodagi vaziyat haqida gapirdi va Afg‘oniston hukumati bilan muloqot qilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-6-10 14:46

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob uchrashuvida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 500 mln yevroga yetkazish, migratsiya sohasida ekspertlar guruhini tuzish, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish rejalari kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-5-22 21:42