2024-5-15 08:45 |
Oltiariq tumanida 200 AQSh dollari evaziga qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
2024-5-15 08:45 |
Oltiariq tumanida 200 AQSh dollari evaziga qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida traktor boshqarish jarayonida poyezd yo‘liga chiqib ketgan 9-sinf o‘quvchisi vagonlar bilan to‘qnashuv oqibatida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-05-23 22:09
Farg‘ona tumanida joylashgan AGTKSH tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga 1 mlrd 136 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzar iste’molchiga chora ko‘rish uchun hujjatlar tegishli organlarga taqdim qilindi. gazeta.uz »
2024-05-21 21:47
Farg‘onaning Buvayda tumanida maktab direktori ro‘mol o‘rab kelgan 7-sinf o‘quvchisini kaltakladi. Holat tuman IIB nazoratiga olindi, tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »
2024-05-20 20:50
Farg‘ona tumanida Cobalt avtomashinasidan qiymati 367 mln so‘m bo‘lgan 270 dona Xitoyning Tecno Spark smartfoni topildi. gazeta.uz »
2024-05-20 13:01
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida uyi derazasini tosh otib sindirgan qo‘shni bolani qo‘rqitib qo‘yish uchun mashinasi yukxonasiga solib harakatlangan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2024-05-17 19:26
Oltiariq tumanida “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. U Rossiyadan qaytib, Telegram`dagi turli guruhlarda aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatib kelgan. Bag‘dod tumani sudi uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. gazeta.uz »
2024-05-15 12:16
Farg‘onadagi maktabda o‘quvchini urgan Milliy gvardiya xodimi lavozimidan ozod etildi. U maktabda inspektor-psixolog lavozimida ishlagan, hozirda uni boshqa lavozimga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »
2024-05-14 21:34
Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanida meva-sabzavotlarni saqlash muzlatgichidagi xatolik sabab korxonaning 716 mln so‘mlik elektr energiyasi iste’moli hisobga olinmagani ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli organlarga taqdim etildi. gazeta.uz »
2024-05-13 20:03
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bir nechta fuqarolar o‘zaro til biriktirib, 19 kishi nomiga avtokredit rasmiylashtirgani, ammo ularga mashina olib bermay, 6,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
2024-05-13 19:31
Toshloq tumanidagi maktabda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi bilan qarama-qarshilik sababli uning qarindoshlari tomonidan do‘pposlandi. Holat IIB nazoratiga olindi, tergov harakatlari boshlandi. gazeta.uz »
2024-04-13 21:51
Farg‘ona viloyati Quva tumani tibbiyot birlashmasida bir kunlik chaqaloq polisintetik xaltada yerga tashlab qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. SSVning qayd etishicha, chaqaloq muddatidan avval tug‘ilgani sabab vafot etgan. gazeta.uz »
2024-04-04 21:19
Farg‘ona shahrida tilanchilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Ular sog‘lom bo‘lsa-da, navbatma-navbat nogironlik aravachasida o‘tirib tilanchilik qilib yurgan. gazeta.uz »
2024-03-29 10:25
Farg‘onada “Agrobank” filiali sobiq xodimlari uchta holatda salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan sud hukmi o‘qilib, tegishli jazolar tayinlangan. gazeta.uz »
2024-03-19 07:50
Qo‘qon shahrida fuqaro 121 mln so‘mlik salkam 6 ming dona sifatsiz dori vositasini Namangandagi dorixonalariga sotib yubormoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi. gazeta.uz »
2024-03-13 10:34
Farg‘ona shahridagi yashash xonadonida gaz portlashi sodir bo‘ldi, oqibatda uch nafar Hindiston fuqarosi - Farg‘ona tibbiyot instituti talabalari jarohatlandi. gazeta.uz »
2024-03-12 17:29
Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan 5 nafar piyodani urib yubordi. Oqibatda 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
2024-03-07 09:33
Marg‘ilon shahridagi maktabda ingliz tili o‘qituvchisi ruxsatsiz hojatxonaga chiqib ketgani uchun o‘quvchining boshiga telefon uloqtirdi. Oqibatda uning boshi yorildi, maktab hamshirasi bolaga birinchi yordam ko‘rsatdi. Hozirda bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda. gazeta.uz »
2024-03-06 08:09
Beshariq tumanida erkak hamda uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ko‘zdan kechirish davomida xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlandi. gazeta.uz »
2024-03-02 08:49
Farg‘ona shahrida IIB va DXX xodimlari uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador 35 nafar shaxsning yashash manzilida tezkor qidiruv tadbirlarini o‘tkazdi. Ularning 19 nafaridan narkotik moddalar va sovuq qurollar topildi. gazeta.uz »
2024-02-24 09:26