Ðåçóëüòàòîâ: 244

Toshkent Portugaliyaga qarshi o‘yinda O‘zbekiston jamoasiga qanday muxlislik qildi? Fotoreportaj

23-iyun oqshomida yuzlab muxlislar O‘zbekiston terma jamoasini Portugaliyaga qarshi o‘yinda birgalikda qo‘llab-quvvatlash uchun poytaxtning qator hududlarida yig‘ildi. Hayajonli lahzalar, jamoadan faxrlanish tuyg‘usi va mamlakat uchun tarixiy voqeaga daxldorlik hissi - Gazeta fotoreportajida. gazeta.uz »

2026-6-24 08:25

“Muxlislardan uzr so‘raymiz”. Shomurodov, Sergeyev va Ashurmatov — Portugaliyaga qarshi o‘yin haqida

Portugaliyaga qarshi o‘yindagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari natijadan ranjiganini yashirmadi. Eldor Shomurodov muxlislardan uzr so‘radi, Rustam Ashurmatov esa beshta gol o‘tkazib yuborishni himoyachi sifatida qabul qilish qiyinligini aytdi. gazeta.uz »

2026-6-24 08:22

Suv iqtisodiy resurs sifatida. Mintaqadagi suv inqiroziga qarshi qanday kurashish kerak? TXIF ekspertlari fikri

MOda suv inqirozi nafaqat ekologik, balki iqtisodiy muammo ham. Suv tanqisligi kuchaygani sari unga bo‘lgan talab ham ortmoqda. TXIF ekspertlari mintaqa darajasida qishloq xo‘jaligini yuritish va resurslarni boshqarishga bo‘lgan yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish zarurati haqida nima deydi - Gazeta sharhida. gazeta.uz »

2026-6-20 07:29

“Futbolchilarimdan g‘ururlanaman”. Fabio Kannavaro — Kolumbiyaga qarshi o‘yin haqida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionatida Kolumbiyaga mag‘lub bo‘lgach, o‘z shogirdlari bilan g‘ururlanishini bildirdi. Gazeta muxbirining olingan saboqlar haqidagi savoliga javoban, u jamoa raqib gollar bilan jazolagan xatolarni yodda saqlashi kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-6-18 09:24

O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashga ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmagan. Bandlik vazirligi sabablarni tushuntirdi

Deputatlar kambag‘allikni qisqartirish va xotin-qizlarga subsidiyalar uchun ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmaganini tanqid qildi. Bandlik vazirligi buni jamg‘armalarning birlashtirilishi, to‘lovlarning raqamlashtirilishi hamda subsidiyalarning bir qismidan foizsiz kreditlarga o‘tilgani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-6-10 15:16

O‘zbekiston terma jamoasi AQShda Niderlandiyaga qarshi o‘yin oldidan xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazildi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi Nyu Yorkda Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan kutilmagan tekshiruvga duch keldi. ESPN lavhalarida jamoa a’zolari qo‘l metallodetektorlari orqali ko‘zdan kechirilayotgani, sumkalarini avtobus yoniga terib qo‘yish so‘ralgani aks etgan. gazeta.uz »

2026-6-10 09:44

Yaponiyada patsifistik Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqishga qarshi yirik miting bo‘lib o‘tdi

Tokioda 50 mingga yaqin kishi Sanae Takaichi hukumatining Yaponiyaning patsifistik Konstitutsiyasini o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlariga norozilik bildirish uchun to‘plandi. Mamlakatning asosiy qonuni Ikkinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan va Yaponiyaga nizolarni hal qilish uchun harbiy kuch ishlatishni taqiqlaydi. gazeta.uz »

2026-5-4 18:41

JSST rahbari O‘zbekiston birinchi xonimining bolalar saratoniga qarshi kurashdagi xizmatlarini e’tirof etdi

JSST rahbari Toshkentda bo‘lib, Mehrli maktab gospital maktabi faoliyat yuritayotgan Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi. U O‘zbekiston birinchi xonimi va Zamin fondi rahbarining bolalar saratoniga qarshi kurash sohasidagi xizmatlarini qayd etdi. gazeta.uz »

2026-4-22 16:39

O‘zbekistonda jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni tergov qilish vakolatini prokuraturaga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Deputatlar jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar va odam o‘limiga sabab bo‘ladigan ayrim ishlarni tergov qilish vakolatini prokuraturaga o‘tkazish haqidagi qonunni qabul qildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni nomusiga tegishda ayblangan mahbuslarni manzil-koloniyalarga o‘tkazmaslik ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-11 09:26

P2P o‘tkazmalar monitoringi va markirovka. O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi qanday kurashiladi

O‘zbekistonda soliq tushumlarini oshirish maqsadida raqamli tahlil, sun’iy intellekt va “aqlli” nazorat tizimlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu yil hukumat P2P tranzaksiyalari monitoringi, markirovka va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hisobiga qo‘shimcha 30 trillion so‘m tushum olishni ko‘zlamoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 17:24

“Qirollarga o‘rin yo‘q”: AQShda Tramp ma’muriyatiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

AQShda Donald Tramp ma’muriyatiga qarshi No Kings shiori ostidagi uchinchi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tramp siyosati, yashash xarajatlari ortishi, Erondagi urush, immigrantlar ustidan nazoratning kuchaytirilishi kabilarga qarshi tashkil etilgan namoyishlarda 8 mln dan ziyod odam ishtirok etdi. gazeta.uz »

2026-3-30 14:44

O‘zbekiston qul savdosini insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’tirof etuvchi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh assambleyasi transatlantik qul savdosini insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’tirof etuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 123 davlat, jumladan O‘zbekiston qo‘llab-quvvatladi. U davlatlarni uzr so‘rash va reparatsiyalar masalasini ko‘rib chiqishga chaqiradi. gazeta.uz »

2026-3-27 08:06

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish masalasi prezident huzurida muhokama qilindi

Prezident og‘ir jinoyatlarni sodir etish maqsadida jinoiy uyushma tuzganlik uchun javobgarlikni belgilash bo‘yicha takliflarni ma’qulladi. Shuningdek, bezorilik uchun jazoni kuchaytirish va jangovar sport turlari bo‘yicha noqonuniy musobaqalarda qatnashganlik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish belgilandi. gazeta.uz »

2026-3-13 18:48

O‘zbekistonda jinsiy erkinlik va oilaga qarshi jinoyat sodir etganlarni monitoring qilish uchun “crime map” joriy etiladi

O‘zbekistonda jinsiy erkinlik, oila va yoshlarga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslar “jinoyatlar xaritasi” va maxsus reyestr yordamida monitoring qilinadi. Ular korreksiya dasturlaridan o‘tishga majbur bo‘ladi hamda voyaga yetmaganlar bilan aloqa mavjud bo‘lgan sohalarda ishlashi taqiqlanadi. gazeta.uz »

2026-3-11 01:28

Dorilarning noqonuniy aylanmasiga ham giyohvandlik moddalariga qarshi kurashgandek qat’iy kurashish kerak — prezident

Prezident O‘zbekistonda dori vositalari aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kontrafakt preparatlarning tarqalishi oqibatida xorijiy kompaniyalar tomonidan 21 turdagi original dori vositalarini yetkazib berish to‘xtatilgan. gazeta.uz »

2026-3-5 18:33

Tramp Yevropa davlatlariga qarshi bojlarni bekor qilib, Grenlandiya bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi

AQSh prezidenti Grenlandiyani nazorat qilish mojarosi tufayli Yevropa davlatlariga qarshi amalga oshirmoqchi bo‘lgan qo‘shimcha bojlar rejasidan voz kechdi. NATO bosh kotibi bilan uchrashuvdan so‘ng Tramp kelishuv shartlarini kelishib olganini va bu AQShga “o‘zi xohlagan hamma narsani” berishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-1-23 21:43

O‘zbekiston Ronaldu va Diasga qarshi: Mundialdagi raqiblarimiz qanday o‘ynaydi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya hamda Yangi Kaledoniya, Yamayka, Kongo jamoalaridan biri bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi. Gazeta raqiblarimiz qanday o‘ynashi, ularning asosiy o‘yinchilari va ushbu turnirdagi ishtiroklari haqida ma’lumot beradi. gazeta.uz »

2025-12-6 09:32

Andijonda havo ifloslanishiga qarshi kurash doirasida somsa tandirlari buzib tashlandi (+foto, video)

Shahrixonda ekoreyd chog‘ida ekskavatorlar somsa tandirlarini buzib tashladi. Tanqidlardan so‘ng hokimlik video va fotolarni o‘chirdi. Tuman hokimiga hayfsan berildi. Bir kun avval PA rahbari Saida Mirziyoyeva “tadbirkorlar faoliyatini qonuniy va xavfsiz yuritishi uchun yordam ko‘rsatish zarur”ligini aytgandi. gazeta.uz »

2025-12-3 18:07

Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi 95 ta favvora va 247 km sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi — Maxsus komissiya

Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi kurash doirasida 95 ta favvora va 247 km sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi, dedi maxsus komissiya rahbari Aziz Abduhakimov. Shuningdek, yirik qurilish kompaniyalari o‘z tashabbusi bilan bir nechta hududlarda favvoralar qurishni boshlashga tayyorligini bildirgan. gazeta.uz »

2025-11-27 13:30