Ðåçóëüòàòîâ: 244

“Tizimli tahlil yo‘q” — O‘zbekiston ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka qarshi qanday kurashmoqda?

Senat raisi O‘zbekistonda ayollarga nisbatan onlayn zo‘ravonlik ortayotgani, ammo bunday keyslar monitoringida tizimli tahlil yo‘qligini aytdi. “Zo‘ravonlik an’ana, urf-odat degan stereotiplar bilan oqlab kelinadi”, degan Narbayeva raqamli zo‘ravonlikka qarshi milliy strategiya ishlab chiqishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-11-27 07:26

Attestatsiya inqirozi: o‘qituvchilar vazirlikka qarshi. Muammo o‘zi nimada va uni qanday hal qilish mumkin?

Munosib pedagoglarni aniqlash va rag‘batlantirishga, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishga yordam berishi kerak bo‘lgan attestatsiya doimiy noroziliklar va sud jarayonlariga sabab bo‘lyapti. Muammoning ildizi nimada? Uni qanday hal qilish mumkin? Gazeta kolumnisti Komil Jalilovning maqolasi shu haqda. gazeta.uz »

2025-11-24 11:51

“AQSh bilan hamkorligimiz kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida qurilishi lozim” — SMTI direktori

Markaziy Osiyo davlatlarining AQSh bilan hamkorligi “kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida - taraqqiyot, barqarorlik va farovonlik uchun” qurilishi kerak. Bu haqda Vashingtonda nutq so‘zlagan prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-11-9 09:35

Senat yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi jazoni kuchaytirishga oid qonunni ma’qulladi

Senatorlar yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Bunday huquqbuzarliklar endi 14,42 mln so‘mgacha, takror sodir etilsa, 30,9 mln so‘mgacha jarima yoki majburiy jamoat yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-10-31 20:39

OFK O‘FAni Qatarga qarshi o‘yindagi qoidabuzarliklar uchun 340 ming dollar jarimaga tortdi

OFK O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Qatarga qarshi o‘yinni o‘tkazishda qoidabuzarlik sodir etgani uchun 340 ming dollar jarima qo‘lladi. Bunda OFK bilan kelishmasdan yopilish marosimi tashkil etilgan va BYD avtomobillari ishtirokida “embush-marketing”ga yo‘l qo‘yilgan. gazeta.uz »

2025-10-7 09:07

Singapurda elektron sigaretalarga qarshi choralar kuchaytirildi, o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Singapurda tamaki mahsulotlarini qizdiruvchi qurilmalar va elektron sigaretalar (veyplar)ga qarshi qat’iy choralar kuchga kirdi (veyplar uchun jarima - 1550 dollar). Taqiq, ayniqsa, K-pods turidagi va tarkibida etomidat bo‘lgan veyplarga qaratilgan. Mamlakatdagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi. gazeta.uz »

2025-9-25 10:34

O‘zbekistonda oziq-ovqat isrofgarchiligiga qarshi kurash kuchaytiriladi

O‘zbekistonda dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi besh yilligi e’lon qilindi. Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash va isrofgarchilikni kamaytirish, jumladan, do‘konlarda muddati o‘tgan mahsulotlarga chegirma, marosimlarni o‘tkazishda qat’iy qoidalar, chiqindilarni tozalash va qayta ishlash choralari ko‘riladi. gazeta.uz »

2025-9-18 14:39

Prezident — O‘zbekiston kambag‘allikka qarshi qanday kurashayotgani haqida

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha bandlik, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya va infratuzilmani qamrab oluvchi kompleks dastur amalga oshirilmoqda. Prezident e’tibor nafaqat aholining kam ta’minlangan qatlamini ish bilan ta’minlash, balki barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilayotganini aytdi. gazeta.uz »

2025-9-17 13:19

U-23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston Qirg‘izistonga qarshi g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video, foto)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashining ikkinchi bosqichida Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi. Bishkekda 17-soniyada gol o‘tkazib yuborgan jamoa tanaffusga qadar hisobda oldinga chiqishga erishdi, ammo ikkinchi bo‘limda tashabbusni qo‘ldan chiqardi. gazeta.uz »

2025-9-7 12:50

“Bir kunlik firmalar”ga qarshi filtr. O‘zbekistonda hisob-fakturalar riskini baholash joriy etilmoqda

Soliq qo‘mitasi elektron hisob-fakturalar (EHF) berishdagi risklarni baholash tizimini sinovdan o‘tkaza boshladi. Bu korxonalarga kontragentlar bilan shubhali operatsiyalardan qochish va QQSni noqonuniy hisob-kitob qilish sxemalarini cheklashda yordam berishi kerak. Yuzlab mlrd so‘mlik shubhali operatsiyalar aniqlandi. gazeta.uz »

2025-9-4 19:28

YI Rossiyaga cheklovlardan qochishga yordam berayotgan mamlakatlarga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni muhokama qilmoqda — Bloomberg

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga mavjud cheklovlarni chetlab o‘tishga yordam berayotgan davlatlarga qarshi ikkilamchi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ular YeI hozirda amalda bo‘lgan Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketiga kiritilishi mumkin. gazeta.uz »

2025-8-28 03:38

Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat yo‘lladi. U korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, byurokratiya va boshqa salbiy holatlar uchrab turganini ta’kidladi va bu bo‘yicha murojaat uchun qisqa raqam va Telegram bot qoldirdi. gazeta.uz »

2025-7-25 13:41

Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda

Ozarbayjon AZAL samolyotining 38 kishi o‘lishiga sabab bo‘lgan halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda, dedi Ilhom Aliyev. U Rossiyadan 7 oy davomida birorta ham aniq javob olmaganini va adolat qaror topishi kerakligini bildirdi. Bu hodisadan so‘ng ikki mamlakat aloqalari taranglashgan. gazeta.uz »

2025-7-21 10:14

Korrupsiyaga qarshi kurashishda Yevropa amaliyotlari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Litva maxsus tergov xizmati korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda hamkorlik memorandumini imzoladi. O‘zbekistonlik komplayens-mutaxassislar Latviyada manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ochiqlikni ta’minlashga oid treninglarda qatnashdi. gazeta.uz »

2025-7-17 14:24

O‘zbekistondan 66 kishi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya tarafida qatnashib halok bo‘lgan — BBC

O‘zbekistonning 66 fuqarosi Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonida qatnashib halok bo‘lgan, deyiladi BBC o‘rganishlarida. Tojikiston bu ro‘yxatda yetakchi - 72 kishi. Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning aksariyati Rossiyadagi qamoq jazosini “nollashtirishga” urinib, “Vagner” XHK bilan shartnoma tuzgan. gazeta.uz »

2025-7-14 10:28

Prezident kiberjinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish, kadrlarni yangi tahdidlarga tayyorlashni buyurdi

Kiberjinoyat O‘zbekistonda eng jiddiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda - ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 42 foizi unga to‘g‘ri keladi. Prezident ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha kadrlar tayyorlashni kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirishni topshirdi. gazeta.uz »

2025-7-9 18:06

“Chigirtka — nazorat qilinadigan hodisa”. O‘zbekistonda bu hasharot bosqiniga qarshi qanday kurashilmoqda?

Bu yil O‘zbekiston yana chigirtkalar bosqiniga duch keldi. Gazeta O‘simliklar karantini va himoyasi mutaxassislaridan vaziyat qanchalik jiddiyligi, zararkunandalarga qarshi profilaktika va kurash qanday olib borilayotgani hamda o‘choqlar yuzaga kelishiga qanday omillar ta’sir qilishi haqida bilib oldi. gazeta.uz »

2025-7-9 17:17