Ðåçóëüòàòîâ: 135

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning P2P orqali qabul qilingan tushumlarini tekshirmoqda

Soliq qo‘mitasi savdo bilan shug‘ullanuvchi ayrim tadbirkorlarda savdo amaliyotlari P2P - plastik kartadan plastik kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirilayotgan holatlarni tahlil qilmoqda. Aniqlangan holatlar asosida soliq hisobotlarida aks ettirilmagan daromadlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. gazeta.uz »

2026-5-13 08:20

Davlat qabul komissiyasining ayrim vakolatlari Oliy ta’lim vazirligiga o‘tkaziladi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining ayrim vakolatlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o‘tkaziladi. Qabul natijalarini tasdiqlash, hujjat topshirish va kontrakt to‘lovlarining so‘nggi kunini belgilash hamda o‘qishini ko‘chirish arizalarni ko‘rib shular jumlasidan. gazeta.uz »

2026-4-13 14:01

“Nimaga asosan baholashini bilmaymiz”. Akmal Burxanov — Korrupsiyani qabul qilish indeksi haqida

Akmal Burxanov Transparency International tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksi qaysi mezon asosida baholanishini bilmasligi, savollariga javob ola olmaganini aytdi. “BMT vakillari va boshqalar bilan gaplashganimizda, tashkilot ko‘proq eski ma’lumotlarga tayanishini ta’kidlashgan”, - deydi u. gazeta.uz »

2026-2-17 23:34

“Qarorlarni qabul qilishda bolalarning ishtiroki O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega, chunki mamlakatning har uchinchi fuqarosi — bola” — bolalar ombudsmani

O‘zbekistonda Butunjahon bolalar kunida diqqatga sazovor joylar moviy tus oldi, maktablarda ochiq dars o‘tkazildi, Senatda yosh faollar so‘zga chiqdi. “Bolalar huquqlarini himoyalash bir tashkilotninggina ishi bo‘lmasligi kerak”, - degan Shahnoza Mirziyoyeva xalqaro hamkorlarni ishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-11-23 21:05

Inson huquqlari tashkilotlarining an’analarimizga to‘g‘ri kelmagan nasihatini qabul qilmaymiz — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekiston Yevropa inson huquqlari tashkilotlariga doim ochiq. Abdulaziz Kamilov ular mamlakatga kelib, maslahat berishlari mumkinligini aytdi. “Agar bizga ma’qul bo‘lsa, birga ishlaymiz. Bizning mentalitetimizga, an’analarimizga to‘g‘ri kelmasa, biz buni qabul qilmaymiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-10-9 13:10

Uy-joy boshqaruvi rahbarlari Qonunchilik palatasida qabul qilindi. Ular Qurilish vazirligining harakatlariga qarshi

Toshkentdagi uy-joy mulkdorlari shirkatlari va bevosita boshqaruvdagi uylar rahbarlari Qurilish vazirligining aholining uylarni boshqarish huquqini cheklaydigan qonun loyihasiga qarshi chiqmoqda. Qonunchilik palatasi vitse-spikeri vaziyatni o‘rganishni va’da qildi. Raqobat qo‘mitasi loyihani qo‘llab-quvvatlamadi. gazeta.uz »

2025-9-29 08:04

Namangandagi Arashan ko‘li atrofida yiliga 1 mln sayyohni qabul qiluvchi kompleks quriladi

Namanganning Pop tumanidagi Arashan ko‘li atrofida yiliga 1 mln sayyohni qabul qila oladigan yirik turizm kompleksi quriladi. Shuningdek, “Furqat” bog‘i rekonstruksiya qilinadi, “Chortoq” suv ombori atrofida turizm kompleksi, mehmonxona, restoran, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar tashkil qilinadi. gazeta.uz »

2025-9-17 13:57

O‘zbekistonda vazirliklarga yuqoridan ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda vazirlik va idoralar o‘z vakolatlari doirasida - Vazirlar Mahkamasi yoki prezidentning ko‘rsatmalarini kutmasdan mustaqil ravishda me’yoriy hujjatlarni qabul qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu, Adliya vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hukumatning yuklamasini 30 foizga kamaytiradi. gazeta.uz »

2025-9-6 13:36

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

2025/2026 o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi. Qabul Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) davom etadi. Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga hujjat topshirish mumkin. gazeta.uz »

2025-8-11 09:57