Ðåçóëüòàòîâ: 52

Koreyaga ishga yuborish uchun fuqarolardan o‘n millionlab dollar olgan jinoiy guruh fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi departament Migratsiya agentligi va bandlik agentliklarining sobiq mutasaddilaridan iborat uyushgan guruhni aniqladi. Xususan, bir holatda gumonlanuvchilar Koreyaga ishga yuborish evaziga noqonuniy 90 mln dollar pul olgan. Hozirda 800 dan ortiq jabrlanuvchi murojaati o‘rganilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-14 08:59

Surxondaryoda yengilroq jazo tayinlatish uchun $53 ming olgan sudya katta yordamchisi ushlandi

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga yengilroq jazo tayinlatish, 6,3 mlrd so‘mlik zarar miqdorini kamaytirish va qamoq ehtiyot chorasini bekor qildirishni va’da qilib, 53 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-12 12:39

Qoraqalpog‘istonlik Malika. Informatika va matematika olimpiadalarda “bronza” olgan qiz hikoyasi

Malika Xojamuratova xalqaro yosh matematiklar olimpiadasida, shuningdek, informatika va matematika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadalarida medallar qo‘lga kiritgan. Iste’dodli o‘g‘il-qizlarni tanishtirishga bag‘ishlangan “Umid” loyihasining ilk soni nukuslik o‘quvchi qizning muvaffaqiyat tarixi haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-10-30 15:17

Avtobusda maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan erkak 8 sutkaga qamaldi. Bolaning otasi sud qaroridan norozi

Toshkentda 37 yoshli erkak avtobusda o‘tirgan 12 yoshli o‘quvchiga diqqat bilan qarab, keyin uning qo‘lidan ushladi. Erkakning ta’kidlashicha, u buni tasodifan, bolani qarindoshi deb o‘ylab qilgan. Bolaning otasi sud erkakni shilqimlik uchun emas, mayda bezorilik uchun jazolaganidan norozi. gazeta.uz »

2025-2-4 12:33

Qashqadaryoda 28 yoshli bemor xususiy poliklinikada olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi

Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda. gazeta.uz »

2024-11-8 15:16

Fan olimpiadalari g‘oliblari olgan pul mukofotlari va sovg‘alari daromad solig‘idan ozod etiladi

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan, ularda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tiladigan maxsus sayt ishga tushiriladi. gazeta.uz »

2024-10-11 09:00

“Ilm-fan har qanday taraqqiyotning asosidir”. Nobel olgan ilk ayol — Mariya Kyuri hikoyasi

“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni yo‘qqa chiqarib, o‘z faoliyati bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon - Mendeleyevning elementlar davriy jadvali boyishiga, fan va tibbiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mariya Sklodovskaya-Kyuri. gazeta.uz »

2024-8-18 08:18