Boysun konidagi avariyada 11 kishi jarohat olgan
Boysundagi “M-25” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘lishidan tashqari, yana 11 kishi jarohatlangan, deya Energovazirlik brifing ma’lumotlarini e’lon qildi. Vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov holatga “konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari”ni sabab qilib ko‘rsatdi. gazeta.uz »

