Ðåçóëüòàòîâ: 125

“Ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas”. Prezident — JCHda ishtirok etgan terma jamoa haqida

Prezident terma jamoaning JCHdagi ishtirokidan keyin ularni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, futbolchilar muhim tajriba orttirdi, aybdorlarni qidirish va ortiqcha his-tuyg‘ular bilan e’tiroz bildirish esa “xalqimizga xos ish emas”. Davlat rahbari katta g‘alabalar hali oldinda ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-6-30 12:15

“Ayollarga imkoniyat yaratish erkaklar bilan to‘qnashuvga emas, mukammallikka olib keladi”. Misrning Al-Azhar universiteti professorlari islomda ayollar huquqlari haqida

Al-Azhar universiteti professorlari va o‘zbekistonlik diniy yetakchilar ishtirokida ayollar huquqlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda islomda ayollarning ta’lim olish, mehnat qilish va jamiyatda faol ishtirok etish huquqi Qur’on va hadislar asosida muhokama qilindi. Tafsilotlar Gazeta materialida. gazeta.uz »

2026-6-11 09:07

“Rossiya O‘zbekiston uchun mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Peterburgdagi forumda Rossiya “mintaqadagi shunchaki qo‘shni emasligini” aytdi: “U vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchimizdir”. Shuningdek, u texnologik sanoatlashtirish, raqamlashtirish, inson kapitalini rivojlantirish kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi. gazeta.uz »

2026-6-6 21:12

“Tadbirkor davlat organining xatosi uchun javobgar emas”. Oliy sud ishonchni huquqiy himoya qilish tamoyili haqida

“Ishonchning huquqiy himoyasi” tamoyili joriy etilgach, O‘zbekistonda ma’muriy nizolar amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu mexanizm vijdonan harakat qilgan fuqarolar va biznesni davlat idoralarining noqonuniy yoki xato qarorlari salbiy oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan. gazeta.uz »

2026-5-25 18:51

“U pedofil emas”. Guvoh Ohangaronda PPX xodimi bilan sodir bo‘lgan voqea haqida gapirib berdi

Toshkent viloyatida PPX xodimi bilan sodir bo‘lgan voqea guvohi o‘shanda nima bo‘lganini aytib berdi. “U pedofil emas. Tegajog‘lik qilgan bo‘lganda, o‘zim yozib yuborardim”, dedi guvoh. Uning aytishicha, videomurojaatdagi yigit aslida qizning akasi emas, yigiti hisoblanadi va qizni doimiy nazorat qilib keladi. gazeta.uz »

2026-5-1 08:53

“Ziddiyat emas, tinchlik; shaxsiy muvaffaqiyatlar emas, hamkorlik — farovonlikka erishishning eng yaxshi yo‘li” — Yevropa Ittifoqi elchisi

YeI Markaziy Osiyo uchun suv va energiyani birga boshqarishdan tortib, umumiy bozor va yagona xalqaro pozitsiyani shakllantirishgacha bo‘lgan integratsiya yo‘lida namuna bo‘lishi mumkin. Ittifoqning O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar Yevropa kuniga bag‘ishlangan maqolasida hamkorlik imkoniyatlari haqida fikr yuritadi. gazeta.uz »

2026-4-24 09:48

Shavkat Mirziyoyev: “Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin”

Dunyoning ayrim mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar cheklangani va ijtimoiy tengsizlik sababli giyohvand moddalar yetishtirish davom etmoqda, dedi prezident. U bunday hududlar iqtisodiyoti va rivojlanishiga investitsiyalar kiritish orqali yordam berishni butun xalqaro hamjamiyatning umumiy mas’uliyati, deb atadi. gazeta.uz »

2026-4-20 10:28

“YHTEM — transport emas, avvalo, odamlar masalasi”. Toshkent hokimi o‘rinbosari bilan katta intervyu

Toshkentning transport sohasidagi asosiy muammosi tirbandliklar emas, balki piyodalar xavfsizligi, dedi poytaxt hokimi o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev. Gazeta bilan suhbatda u YHTEM hal etishi kerak bo‘lgan muammolar, yo‘llar o‘rtasidagi to‘siqlar va mashinalarga to‘la hovlilar haqidagi savollarga javob berdi. gazeta.uz »

2026-4-7 21:55

“Muammo suv yetishmasligida emas, uni boshqarishda”. Ekspertlar — MO suv resurslarining istiqboli haqida

Iqlim o‘zgarishi, infratuzilma eskirishi va MOda aholi soni o‘sishi suvdan foydalanish masalasini milliy xavfsizlik darajasiga chiqarmoqda. Toshkentda ekspertlar asosiy xavf-xatarlarni muhokama qilib, mintaqadagi suv tanqisligini bartaraf etish choralarini taklif etdi. Munozaralar obzori - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2026-4-3 01:24

“Muammo suv yetishmasligida emas, uni boshqarishda”. Ekspertlar — MO suv resurslarining kelajagi haqida

Iqlim o‘zgarishi, infratuzilma eskirishi va MOda aholi soni o‘sishi suvdan foydalanish masalasini milliy xavfsizlik darajasiga chiqarmoqda. Toshkentda ekspertlar asosiy xavf-xatarlarni muhokama qilib, mintaqadagi suv tanqisligini bartaraf etish choralarini taklif etdi. Munozaralar obzori - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2026-4-3 01:24

Yo‘l qonunbuzarligi uchun javobgarlikni mashina egasi emas, haydovchiga o‘tkazish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda transport boshqarish huquqini olgan shaxslarga yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun javobgarlik o‘tkazilgani haqida YHXX organlarini xabardor qilish tartibi belgilandi. Bu my.gov.uz yoki idora mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Xizmat narxi BHMning 10 foizi miqdorida. gazeta.uz »

2026-4-1 11:08

Jarohatlangan futbolchilar Jahon chempionatiga bora olishlari aniq emas — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jarohat olgan futbolchilar Jahon chempionatigacha tiklana olishi bo‘yicha aniqlik yo‘qligini ta’kidladi. U Eron chempionatida o‘ynagan futbolchilar taqdiri va nimaga Atlanta shahri Jahon chempionati uchun baza sifatida tanlanganiga izoh berdi. gazeta.uz »

2026-3-26 14:46

“Infratuzilmaning hozirgi holatiga bosh reja emas, siz bilan biz aybdormiz” — qurilish vaziri o‘rinbosari

Qurilish vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilovga ko‘ra, Toshkentda kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolar bosh rejadagi xatolar emas, balki foydalanish qoidalarining buzilishi natijasidir. “Infratuzilmaning bunday holatda ishlayotgani uchun hech qanday hujjat aybdor emas. Bunga siz bilan biz aybdormiz”, - deydi u. gazeta.uz »

2026-3-11 15:47

“Toshkent insonlar emas, avtomobillar uchun yaratilgan shahar bo‘lib qoldi” — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga ko‘ra, yillar davomida shaharsozlikka e’tibor berilmagani Toshkentni insonlar emas, avtomobillar uchun shaharga aylantirdi. U “sharmandali propiska”dan so‘ng yuzaga kelgan infratuzilma inqirozi va ularga yechim sifatida qurilayotgan Yangi Toshkent haqida gapirdi. gazeta.uz »

2026-1-22 10:07

Makron Tramp boshchiligidagi Tinchlik kengashiga qo‘shilmoqchi emas, AQSh prezidenti fransuz vinolariga boj solish bilan tahdid qilmoqda

Tramp Makronni Fransiya G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga qo‘shilmoqchi emasligi uchun tanqid qilib, fransuz vinosiga nisbatan 200 foiz bojlar solishini aytdi. OAV Fransiya taklifni “nizom kengash rolini faqat G‘azo hududi bilan cheklab qo‘ymaydigan ko‘rinadi”, deya qabul qilishdan bosh tortgani haqida yozdi. gazeta.uz »

2026-1-20 13:10

“Qattiqqo‘llik emas, moslashuvchanlik va donolik”. Saida Mirziyoyeva — O‘zbekiston prezidentining islohotlari haqida

PA rahbari Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyev haqida so‘z yuritarkan, islohotlarga qattiqqo‘llik bilan erishib bo‘lmasligini, buning uchun moslashuvchanlik va donolik talab etilishini aytdi. U otasining “ulkan, masshtabli” orzulari borligini va ular “faqat va faqat xalq bilan bog‘liq” ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-1-2 22:53

“Bu itlar jangi emas”. O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi — JCH finalida rossiyalik bokschi Halokovni tishlagani haqida (video)

Jahon chempionati finalida Abdumalik Halokov bilan rossiyalik Vsevolod Shumkov o‘rtasidagi jang mojaro bilan yakunlandi. O‘zbekistonlik bokschi hakamlarning bo‘lingan qarori bilan mag‘lub bo‘ldi, ammo asosiy shov-shuv uchinchi raundda raqibi Halokovning qulog‘ini tishlagani bilan bog‘liq holat tufayli yuzaga keldi. gazeta.uz »

2025-12-15 16:04

“Reklamada aytilgan xususiyatlar bilan mos emas”. Qora sedana BFQ ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi “Ajr Qora-Sedana” BFQ reklamasidagi qonunbuzarlik uchun ishlab chiqaruvchi “Sanno TM Ocean” MCHJga jarima qo‘lladi. Sanepidqo‘mita yo‘riqnomadagi ma’lumotlar reklamalarda ko‘rsatilgan xususiyatlar bilan mos emasligini aniqlagan. BFQlar davolash xususiyatiga ega emasligi eslatildi. gazeta.uz »

2025-12-15 10:24

“Birlamchi omil — platforma emas, balki hozir hamkorlik raqobatdan ko‘ra foydali ekani”. Siyosatshunoslar — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi yakunlari haqida

Gazeta MO yetakchilari uchrashuvini siyosatshunoslar bilan muhokama qildi. Ko‘pchilikning fikricha, Ozarbayjonning qo‘shilishi mintaqaviy formatga mos. O‘zbekistonning “Markaziy Osiyo hamjamiyati” tashabbusi munosabatlarning yangi bosqichiga qadam deb baholanmoqda, biroq uning mazmuni turlicha talqin qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-11-20 09:15

“AQSh bilan hamkorligimiz kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida qurilishi lozim” — SMTI direktori

Markaziy Osiyo davlatlarining AQSh bilan hamkorligi “kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida - taraqqiyot, barqarorlik va farovonlik uchun” qurilishi kerak. Bu haqda Vashingtonda nutq so‘zlagan prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-11-9 09:35

Homiladorlik va mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini endi ish beruvchi emas, davlat to‘laydi

2026-yildan boshlab homiladorlik va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini ish beruvchilar emas, Ijtimoiy himoya jamg‘armasi to‘laydi. Prezidentga taqdimotda aytilishicha, hozirgi tizim xususiy sektor uchun jozibador emas, “ortiqcha yuklama” - mahsulot tannarxi oshib, raqobatbardoshlikka ta’sir ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2025-10-29 17:45

“Urugvayni qiyin ahvolga solish oson emas, biz yanada yaxshilanishimiz mumkin” — Kannavaro

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro Urugvayga mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, shogirdlari o‘yinidan qoniqish hosil qildi. U o‘yinning yuqori sur’ati, tarkibdagi yo‘qotishlar, himoyadagi kamchiliklarni qayd etdi, ammo mavjud bo‘lgan har bir futbolchi jamoa uchun borini berayotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-10-14 08:29

“Bu summaning choragi ham emas”. Irmatov — Kannavaroning maoshi haqidagi mish-mishlar to‘g‘risida

OAV O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Fabio Kannavaroning murabbiylar shtabi maoshi yiliga 4 million yevrogacha bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bu ma’lumotni inkor etdi: “Aslida bu summaning yarmini yarmi ham emas”. gazeta.uz »

2025-10-6 15:43

Bu tavakkalchilik emas, balki qoida. Toshkentda zilzila paytida samolyotlar nega aeroportga qo‘na olmadi?

6-oktabrga o‘tar kechasi Toshkentda zilzila vaqtida Moskva - Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan “Aeroflot” samolyoti dispetcher ko‘rsatmasi bilan ikkinchi aylanishga ketdi. Uzbekistan Airports ma’lumotlariga ko‘ra, bu standart xavfsizlik chorasidir: yo‘lak holati tekshirilgandan so‘ng samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndi. gazeta.uz »

2025-10-6 13:00