Ðåçóëüòàòîâ: 134

“Birlamchi omil — platforma emas, balki hozir hamkorlik raqobatdan ko‘ra foydali ekani”. Siyosatshunoslar — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi yakunlari haqida

Gazeta MO yetakchilari uchrashuvini siyosatshunoslar bilan muhokama qildi. Ko‘pchilikning fikricha, Ozarbayjonning qo‘shilishi mintaqaviy formatga mos. O‘zbekistonning “Markaziy Osiyo hamjamiyati” tashabbusi munosabatlarning yangi bosqichiga qadam deb baholanmoqda, biroq uning mazmuni turlicha talqin qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-11-20 09:15

“AQSh bilan hamkorligimiz kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida qurilishi lozim” — SMTI direktori

Markaziy Osiyo davlatlarining AQSh bilan hamkorligi “kimgadir qarshi emas, balki biror maqsad yo‘lida - taraqqiyot, barqarorlik va farovonlik uchun” qurilishi kerak. Bu haqda Vashingtonda nutq so‘zlagan prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-11-9 09:35

Homiladorlik va mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini endi ish beruvchi emas, davlat to‘laydi

2026-yildan boshlab homiladorlik va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini ish beruvchilar emas, Ijtimoiy himoya jamg‘armasi to‘laydi. Prezidentga taqdimotda aytilishicha, hozirgi tizim xususiy sektor uchun jozibador emas, “ortiqcha yuklama” - mahsulot tannarxi oshib, raqobatbardoshlikka ta’sir ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2025-10-29 17:45

“Urugvayni qiyin ahvolga solish oson emas, biz yanada yaxshilanishimiz mumkin” — Kannavaro

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro Urugvayga mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, shogirdlari o‘yinidan qoniqish hosil qildi. U o‘yinning yuqori sur’ati, tarkibdagi yo‘qotishlar, himoyadagi kamchiliklarni qayd etdi, ammo mavjud bo‘lgan har bir futbolchi jamoa uchun borini berayotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-10-14 08:29

“Bu summaning choragi ham emas”. Irmatov — Kannavaroning maoshi haqidagi mish-mishlar to‘g‘risida

OAV O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Fabio Kannavaroning murabbiylar shtabi maoshi yiliga 4 million yevrogacha bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bu ma’lumotni inkor etdi: “Aslida bu summaning yarmini yarmi ham emas”. gazeta.uz »

2025-10-6 15:43

Bu tavakkalchilik emas, balki qoida. Toshkentda zilzila paytida samolyotlar nega aeroportga qo‘na olmadi?

6-oktabrga o‘tar kechasi Toshkentda zilzila vaqtida Moskva - Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan “Aeroflot” samolyoti dispetcher ko‘rsatmasi bilan ikkinchi aylanishga ketdi. Uzbekistan Airports ma’lumotlariga ko‘ra, bu standart xavfsizlik chorasidir: yo‘lak holati tekshirilgandan so‘ng samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndi. gazeta.uz »

2025-10-6 13:00

“Toshkentda arxitektura emas, balki muloqot inqirozda”. Yosh arxitektorlar uyushmasi rahbari bilan suhbat

O‘zbekiston shaharlari qiyofasini yaratishda me’morlarning roli uzoq yillar rasmiy tusda bo‘lgan. Bugun bu tendensiyada o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Yosh arxitektorlar uyushmasi rahbari Taxmina Turdialiyeva - shaharlarning asosiy muammolari, me’morlar atrof-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida. gazeta.uz »

2025-9-30 17:24

“105 milliard dollar — bu yomon emas”. Tramp Amerika mahsulotlari xaridi uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi (video)

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Donald Tramp O‘zbekiston tomonidan turli xil Amerika mahsulotlari “katta miqdorda xarid qilingani”ni qayd etdi. “105 milliard dollar - bu yomon emas”, - dedi u. “Biz dunyodagi eng yaxshi uskunalarni ishlab chiqaramiz va siz uchun eng yaxshilarini yetkazamiz”, - dedi Tramp. gazeta.uz »

2025-9-24 08:19

“105 milliard dollar — bu yomon emas”. Tramp Amerika mahsulotlari xaridi uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Donald Tramp O‘zbekiston tomonidan turli xil Amerika mahsulotlari “katta miqdorda xarid qilingani”ni qayd etdi. “105 milliard dollar - bu yomon emas”, - dedi u. “Biz dunyodagi eng yaxshi uskunalarni ishlab chiqaramiz va siz uchun eng yaxshilarini yetkazamiz”, - dedi Tramp. gazeta.uz »

2025-9-24 08:19

“Menga ochko olish uchun ishlaganlaringiz kerak emas”: Samarqand viloyati rahbari qo‘l ostidagilarni dam olish kunlari ishlamaslikka chaqirdi

Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev tumanlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga dam olish kunlari ishlamaslik va xodimlarni ishga chaqirmaslikni tayinladi. “Bozor kuni hammani ishga chaqirib, ishlaganga o‘xshatib ochko olishingiz menga kerak emas. Dam olish kuni hamma uyida damini olsin”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-9-3 17:47

“Bizga imtiyozlar kerak emas. Balki kursni erkin qo‘yish kerakdir?” Eksportchi Markaziy bankka so‘m kursini ushlab turmaslikni taklif qildi

Tadbirkor O‘zbekiston Markaziy bankiga “dollarning ushlab turilgan kursini erkin qo‘yish”ni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dollar kursi pasayishi va so‘mdagi xarajatlar o‘sishi xorijiy yetkazib beruvchilar bilan raqobat qilishga to‘sqinlik qilmoqda. MB esa kurs bozor ta’sirida shakllanishini bildirdi. gazeta.uz »

2025-8-6 09:12

“Kapital qurilish emas, ko‘rgazmali plyaj”. Ekologiya vaziri Agalarov Development’ning Chorvoqdagi ishlari haqida (foto)

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Chorvoq qirg‘og‘ida Sea Breeze Uzbekistan loyihasi qurilishi boshlangani haqidagi ma’lumotni rad etdi. U Agalarov Development kompaniyasi “bu qanday ko‘rinishi mumkinligini ko‘rsatish maqsadida” kapital ishlar olib bormasdan, faqat ko‘rgazmali plyajni jihozlayotganini tushuntirdi. gazeta.uz »

2025-8-2 08:14

“Cheklov mavjud emas”. MMTV — Toshkentda vaqtincha yashayotgan oilalar farzandlarining maktabga qabul qilinishi haqida

Toshkentda vaqtincha yashovchilarning farzandlari poytaxt maktablarining 1-sinfiga qabul qilinmayotganiga oid xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. MMTVning ma’lum qilishicha, hozirda mikrohudud bo‘yicha qabul davom etmoqda, 1-avgustdan vaqtinchalik ro‘yxatga olingan fuqarolarning farzandlari ham qabul qilinadi. gazeta.uz »

2025-7-7 17:25

“Hodisa bankning operatsion faoliyatiga aloqador emas”. Anorbank o‘z egasining Parijda o‘g‘irlab ketilganiga izoh berdi

Anorbank o‘zining yagona aksiyadori Qahramonjon Olimovning Parijda o‘g‘irlab ketilganiga munosabat bildirib, “ushbu hodisa shaxsiy, korporativ bo‘lmagan xususiyatga va bankning operatsion faoliyatiga aloqador emas”ligini ta’kidladi. Bank o‘z ishini odatdagi tartibda davom ettirmoqda. gazeta.uz »

2025-7-3 13:35

“Qatar bilan o‘yin kerak emas… Tarixni bugun yaratinglar”. BAAga qarshi o‘yindan avval O‘zbekiston MTJ kiyinish xonasida nimalar deyilgan?

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi BAAga qarshi o‘yini oldidan kiyinish xonasida futbolchilarga nimalar deyilgani e’lon qilindi. Masharipov Qatar bilan o‘yin kerak emasligini aytgan bo‘lsa, Kapadze tarixni bugun yaratish kerakligini ta’kidlagan. gazeta.uz »

2025-7-3 08:58

“Nogironlik hayotda o‘z o‘rningni topish uchun to‘siq emas”. Hunarmand va deputat Jasurbek Jumayev hikoyasi

U 2009-yildan somon san’ati bilan shug‘ullanadi, ayni damda Milliy rassomlik va dizayn institutida fotografiyadan dars ham beradi. “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni - “Jasorat” medali sohibi, nogironligi bor inson sifatida Oliy Majlis deputatligiga saylangan ilk o‘zbekistonlik Jasurbek Jumayev. gazeta.uz »

2025-7-1 13:12

“Isroil va AQShni Eronning yadroviy dasturi emas, balki taraqqiyoti xavotirga soladi” — elchixona vakili

Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi vakiliga ko‘ra, mamlakat hech qachon yadro qurolini qo‘lga kiritishga harakat qilmagan. “Ammo Eron o‘z huquqini himoya qilish uchun ortga chekinmaydi”. AQSh va Isroilni Eronning yadroviy dasturi emas, balki sanksiyalarga qaramay, taraqqiyotga erishayotgani xavotirga soladi, dedi u. gazeta.uz »

2025-6-26 11:20

“Yo‘l infratuzilmasidagi muammolar faqat raqamlar emas, inson hayoti bilan bog‘liq”. “Yuksalish” yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi muammolarni o‘rgandi

Minglab yo‘l belgilari va yuzlab svetoforlar o‘rnatilgani haqida hisobotlar berilmoqda, ammo bu yo‘llarni xavfsizroq qilmayapti. “Yuksalish” harakati infratuzilmaga oid qator qoidabuzarliklar: yo‘l va trotuarlarning yomon holati, bitmagan ishlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun noqulaylik kabilarni aniqladi. gazeta.uz »

2025-6-25 14:02

“Jahon chempionatiga muzqaymoq yegani emas, futbol o‘ynagani boramiz” — Timur Kapadze

“Biz uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. G‘alaba barchamizniki”, - dedi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jahon chempionatiga tarixiy yo‘llanma qo‘lga kiritilgandan so‘ng. U qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning futbolchilar mundialga chiqib, muzqaymoq yeb kelishiga ham roziligi haqidagi hazilini eslatib o‘tdi. gazeta.uz »

2025-6-6 09:05

To‘ldiruvchi, lekin o‘rnini bosuvchi emas. Ekspertlar — O‘zbekistonning TDTdan nima istashi haqida

Toshkentning Turkiy davlatlar tashkilotidagi ishtiroki Markaziy Osiyo kun tartibiga zid emas, balki uni to‘ldiradi, deydi ekspertlar. Ularning fikricha, O‘zbekiston bu yo‘l bilan mintaqaviy hamkorlikdan voz kechmayapti, aksincha pragmatik va moslashuvchan tashqi siyosat orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirmoqda. gazeta.uz »

2025-5-31 12:14

“Mintaqadagilar “ziddiyat o‘choqlari"ning saqlanib qolishidan manfaatdor emas”. Ekspertlar — MO davlatlarining muloqot istiqbollari haqida

“Gazeta.uz” Markaziy Osiyo mamlakatlari mutaxassislariga Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida mart oyi oxirida imzolangan davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyati, shuningdek, mintaqadagi respublikalar o‘rtasidagi muloqotning istiqbollari va qiyinchiliklari haqidagi savollar bilan murojaat qildi. gazeta.uz »

2025-5-30 12:52

To‘lov yo‘q, sertifikat kerak emas — Senat majlisida gibrid avtolar uchun ekologik sertifikat masalasi muhokama qilindi

Senator Anvar To‘ychiyev gibrid avtomobillar uchun ekologik sertifikat bo‘yicha Ekologiya vaziriga jo‘natilgan senator so‘roviga to‘liq javob olinmaganini aytdi. Senat raisi qonunchilikdagi noaniqliklar inson foydasiga hal qilinishi kerakligini ta’kidladi. Hozirda bunday sertifikat talab qilish to‘xtatilgan. gazeta.uz »

2025-5-28 12:23

“Samarali va barqaror muqobillar mavjud emas”. O‘zbekistonda issiqxonalarning toza energiyaga o‘tishiga nima to‘sqinlik qilmoqda?

O‘zbekistonda issiqxonalar energiya inqirozi sabab atmosferaga zarar bo‘lsa-da, arzon ko‘mir va mazutdan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Issiqlik nasoslari muqobil yechim bo‘la oladi. Ammo soha bunga tayyormi? “Gazeta.uz” maqolasi - shu haqda. gazeta.uz »

2025-4-30 15:52

Umidlar ekib: Surxondaryodagi ko‘chatxonalarda daraxt emas, balki kelajak ham o‘stirilmoqda

Surxondaryodagi ko‘chatxona loyihasi Afg‘oniston fuqarolari va ehtiyojmand mahalliy aholini birlashtirib, ularda “yashil” kelajakni yaratish va daxldorlik hissini kuchaytirdi. “Yashil makon” bosh rejasi butun mamlakat bo‘ylab yashil maydonlarni kengaytirishga yordam bermoqda. Akiko Fujii va Dumitru Lipkanu kolonkasi. gazeta.uz »

2025-4-19 14:45

“Bu bizning urush emas”. Agar progress bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlikka erishishga urinishlaridan voz kechadi

AQSh yaqin kunlarda sezilarli o‘sishga erishilmasa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi sulh bitimiga vositachilik qilishga urinishlaridan voz kechadi. “Agar Ukrainadagi urushni to‘xtata olmasak, oldinga siljishda davom etishimiz kerak… Bu bizning urush emas”, - dedi AQSh davlat kotibi Marko Rubio. gazeta.uz »

2025-4-18 19:00

“Farg‘ona vodiysi „porox bochkasi“ emas, balki tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylandi” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov Farg‘ona vodiysi, bir vaqtlar geosiyosatchilar aytganidek, “porox bochkasi”ga emas, balki imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylanganini qayd etdi. “Eski bashoratlarni unutish vaqti keldi”, - deya yozdi u. gazeta.uz »

2025-4-17 14:06

“Bu eski davrga qaytish emas”. Prezident — prokurorlar, IIB boshliqlari va soliqchilarni sektor ishidan ozod etish haqida

Prezident prokurorlar, IIB va soliq xizmatlari rahbarlarini hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalaridan ozod etib, ularning vazifalarini bosh vazir o‘rinbosarlariga topshirishni buyurdi. “Sektor ishidan ozod qilish eski davrga qaytib, korrupsiyaga sharoit yaratish, degani emas”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-3-6 01:50

“Tramp abadiy emas, tinchlik esa bizga ko‘p yillar kerak”. Zelenskiy — urush tugashi, AQSh bilan kelishuv va Ukrainadagi saylovlar haqida

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushning uch yilligi arafasida katta matbuot anjumani o‘tkazib, o‘z iste’fosi va yangi saylovlar ehtimoli, AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuv va Donald Trampning bayonotlari, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari haqidagi savollarga javob berdi. gazeta.uz »

2025-2-24 15:46