Ðåçóëüòàòîâ: 133

“Majburiy kuchga ega emas”. OTV — oliy ta’lim kengashining oliygohlardan yig‘im undirish to‘g‘risidagi bayoni haqida

Oliy ta’lim vazirligi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan 4 foizlik yig‘im undirish to‘g‘risidagi oliy ta’lim kengashi bayoni majburiy kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Vazirlik “Har qanday mablag‘ bilan bog‘liq harakatlar va munosabatlar tegishli shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin”, deb ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-29 13:54

Yashil energiya ulushi 40 emas, 54 foizga yetkaziladi — prezident energetika sohasi bo‘yicha yangi rejalarni ma’lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilga borib O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami iste’moldagi ulushi 54 foizga yetkazilishini ma’lum qildi. Davlat rahbari, shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar raqobatli savdolar orqali elektr energiyasi ulgurji bozori yaratilishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-14 08:36

“Nogironligi bor shaxslarga imtiyoz emas, imkoniyat kerak”. Adabiyot va AKTni birlashtirgan Mirali G‘iyosov hikoyasi

U o‘zbek tilidagi nutq sintezatori, “Kitob Plyus” loyihasi mualliflaridan. Hozir o‘zi o‘qigan ko‘zi ojiz bolalar maktabida dars beradi, jurnallarda ishlaydi. Jamiyat va inson orasida to‘siqlar bo‘lsagina kishi o‘zini nogiron his qiladi, deb hisoblovchi Mirali G‘iyosov - “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni. gazeta.uz »

2024-11-16 10:26

“Doim ham obyektiv emas” — AOKA direktori O‘zbekistondagi matbuot erkinligini baholaydigan xorijiy tashkilotlar haqida

Asadjon Xodjayevga ko‘ra, matbuot erkinligini baholaydigan xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tashqaridan turib, chop etilgan turli materiallar orqali o‘z fikrini shakllantiradi. Ular so‘rovnoma va o‘rganishlarini O‘zbekiston ichida tatbiq etish uchun mamlakatga taklif etilgan, ammo ular rozilik bildirmagan. gazeta.uz »

2024-10-22 16:27

«1 mln dollar katta miqdor emas». Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi — Umra litsenziyasi uchun yangi talablar haqida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Umra litsenziyasi uchun yangi talablar tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. «Bu katta miqdor emas… O‘sha 15 ming kishi bilan muammo bo‘lganida, qo‘yilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yo‘q edi», - dedi u. gazeta.uz »

2024-10-15 15:34

“Maktab bitiruvchilari emas”. Jizzaxda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Sharof Rashidov tumanida Lacetti avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Yengil mashinaning 21 yoshli yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi. Jizzax viloyati IIB fuqarolar tarmoqlarda aytilgani kabi maktab bitiruvchilari emasligi, ular to‘yga ketayotgan bo‘lganini bildirdi. gazeta.uz »

2024-5-25 10:13

“Muammo tadbirkorlar kamligida emas, mavjud korxonalar juda kichikligida” — Behzod Hoshimov

“Rivojlanayotgan dunyoda hukumatlar muammo tadbirkorlar kamligida deb o‘ylaydi, lekin muammo bor korxonalarning juda kichikligida”, - dedi Behzod Hoshimov. Iqtisodchiga ko‘ra, firmalarning hajmi oshishi kerak, ammo davlat xarajatlari orqali tadbirkorlarni rag‘batlantirish siyosati buning teskarisini qiladi. gazeta.uz »

2024-5-2 08:27

“Bu hecham qahramonlik emas”. Toshkent xalq kutubxonasi xodimlari 1966-yilgi zilziladan so‘ng kitoblarni qanday qutqargani haqida

1966-yilgi zilzila Toshkentdagi o‘nlab jamoat binolarini vayron qilgan. Ular orasida Toshkent xalq kutubxonasi ham bor edi. “Gazeta.uz” ushbu muassasa xodimlari qanday qilib vayronalar ostidan nodir kitoblar, qo‘lyozmalar, notalar va bosma nashrlarni olib chiqqani haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2024-4-26 14:55

“Muvaffaqiyat jinsga emas, bilim va qobiliyatlarga bog‘liq”. Maktabda o‘qiydigan dasturchi qizlar — loyihalari, orzulari va stereotiplar haqida

O‘zbekistonda ham dasturchilar orasida xotin-qizlar ulushi yildan-yilga oshmoqda. “Gazeta.uz” AKT sohasidagi qizlar kuni munosabati bilan IT’dagi o‘quvchi qizlar bilan suhbatlashdi. Ular hozirgi loyihalari, kelajak rejalari, muammo va to‘siqlar va jamiyatdagi stereotiplar haqida gapirdi. gazeta.uz »

2024-4-25 16:09

123