Ðåçóëüòàòîâ: 92

O‘zbekiston Yangi taraqqiyot banki uchun 4,5 mlrd dollarlik loyihalar tayyorladi — ular orasida transport, AES va Yangi Toshkent loyihalari ham bor

O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankidan moliyalashtirishni jalb etish uchun 4,5 mlrd dollarlik loyihalar portfelini shakllantirdi. Ushbu mablag‘larni transport, energetika, jumladan, AES va Yangi Toshkent loyihalari, shuningdek, ijtimoiy soha, banklar va sanoat zonalarini rivojlantirishga yo‘naltirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-22 15:19

AMEA Power O‘zbekistonda 1,3 mlrd dollarlik energiya saqlash moslamalari va shamol elektr stansiyasi quradi

BAAning AMEA Power kompaniyasi O‘zbekistonda yangi energetika loyihalarini amalga oshirishga kirishdi. Toshkentda quvvati 150 MVt bo‘lgan energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi, Qoraqalpog‘istonda 1000 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi, Buxoroda esa yana bir energiya saqlash moslamasi qurish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-14 13:51

Shavkat Mirziyoyev va OTB prezidenti 12,5 mlrd dollarlik yangi sheriklik dasturini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. Muzokaralarda 2030-yilgacha mo‘ljallangan 12,5 mlrd dollarlik yangi strategik sheriklik dasturi muhokama qilindi. U ijtimoiy sohani modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish va “yashil” energetikani qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »

2026-5-3 18:40

O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida 5,8 mlrd dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda

Prezident iqtisodiyotning energetikaga yuqori darajada bog‘liqligi sharoitida gidroenergetikani rivojlantirishni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. Hukumat energiya tizimining barqarorligini oshirish maqsadida gidroenergetika sohasida 5,8 mlrd dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2026-5-1 12:53

“Marrani Seul miqyosida olamiz”. Toshkent hokimi — 1 mlrd dollarlik fond va yangi iqtisodiy strategiya haqida

Toshkentda eksportni oshirish va ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan “favqulodda holat rejalari”ni amalga oshirish uchun 1 mlrd dollarlik fond tashkil etilmoqda, dedi shahar hokimi. Unga ko‘ra, shahar tabiiy resurslarsiz ham yuqori rivojlanishga erishgan Seul darajasini marra qilib olishni reja qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-20 15:18

O‘zbekiston va OIIB 500 mln dollarlik Yashil va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturini imzoladi

O‘zbekiston Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan yashil o‘sish dasturi uchun $500 mln oladi. U hukumatga yanada samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga yordam berishi, kam emissiyali rivojlanishga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashi va iqlimiy tahdidlarga chidamlilikni oshirishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-12-1 14:41

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 4 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzoladi, loyihalar umumiy portfeli 30 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 4 mlrd dollarlik 10 ta hujjat imzolandi. Qo‘shma tashabbuslar umumiy portfeli 30 mlrd dollarga yetdi. InterHealth loyihasi imzolanishi, o‘ta yuqori kuchlanishli kabellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-10-20 14:40

Qoraqalpog‘istonda 2 mlrd dollarlik 27 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilmoqda — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘istonda 2 mlrd dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar sanoat, logistika, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi hamda qariyb 10 mingta ish o‘rni yaratiladi. gazeta.uz »

2025-10-9 16:06

Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda 100 mln dollarlik avtozapravka tarmog‘ini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Amerikaning Gulf Oil kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” mamlakat bo‘ylab avtozapravkalar tarmog‘i qurish bo‘yicha memorandum imzoladi. Energetika vaziriga ko‘ra, loyiha 100 mln dollarga baholanyapti. 800 mln dollarlik kompressor stansiyalarini modernizatsiyalash va ko‘mir gazifikatsiyasi loyihalari ham rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-10-3 21:17

Bokudagi 80 mln dollarlik “O‘zbekiston” bog‘i mamlakatning Ozarbayjondagi “ko‘zgusi”ga aylanadi — Ortiqxo‘jayev

Bokudagi “O‘zbekiston” bog‘iga kiritilgan investitsiyalar hajmi 80 mln dollarga baholanmoqda. Loyiha Samarqand, Buxoro, Xiva uslubidagi me’moriy obyektlar, ustaxonalar, milliy taomlar restoranlari, plyaj, okeanarium, do‘konlar va boshqalarni qurishni nazarda tutadi, dedi tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev. gazeta.uz »

2025-7-3 13:53

O‘zbekiston 2028-yilgacha 1,6 mlrd dollarlik muhim xomashyo loyihalarini amalga oshiradi

O‘zbekistonda 2028-yilgacha muhim xomashyo bo‘yicha qiymati $1,6 mlrd bo‘lgan 70 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu raqamlar mintaqada nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga bag‘ishlangan MINEX Central Asia 2025 xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasida ma’lum qilindi. gazeta.uz »

2025-6-24 19:25

2025-yilda O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona 100 mln dollarlik tibbiy uskuna bilan ta’minlanadi

2025-yilda OTBning $100 mln kreditiga O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi. KfW bankining 30 mln yevrosi evaziga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 ta tibbiyot muassasasiga yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi uskuna o‘rnatiladi. gazeta.uz »

2025-1-20 20:43