Ðåçóëüòàòîâ: 57

Deputatlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi

Deputatlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Loyihaga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston YAIMning real o‘sish sur’ati 6,6 foizni tashkil etadi. 2026-yilda budjet taqchilligi chegarasi YAIMning 3 foizi, yangi tashqi qarzlar chegarasi 5 mlrd dollar miqdorida belgilangan. gazeta.uz »

2025-12-3 13:32

Deputatlar Ma’muriy kodeksga bir qator o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqmoqda

Deputatlar Ma’muriy kodeksga o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Ular odometr ko‘rsatkichlarini o‘zgartirganlik uchun javobgarlik, bolalar ishtirokidagi ma’muriy ishlarni ko‘rishda psixolog ishtiroki, maxsus huquqlardan mahrum qilish muddatini qisqartirish va sudyadan voz kechish huquqini nazarda tutadi. gazeta.uz »

2025-11-27 09:06

Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralari tutash nuqtalariga oid shartnomani ratifikatsiyalovchi qonunni qabul qildi

Qonunchilik palatasi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi. Shartnoma mart oyida Xo‘jand shahrida uch davlat prezidentlari uchrashuvi chog‘ida imzolangan edi. gazeta.uz »

2025-10-29 10:14

Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Tafsilotlar

O‘zbekiston deputatlari islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qayd etilishicha, hujjat qabul qilinishi aholi va biznesga muqobil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi islomiy banklar, islomiy “darcha” va islomiy mikromoliya tashkilotlarini tashkil etish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-9-16 14:27

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalarni deputatlar tashabbusiga ko‘ra g‘olib deb topish amaliyoti joriy etiladi

2026-yildan boshlab “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida g‘olib bo‘lmagan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) deputatlar tashabbusiga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi. G‘olib bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga salkam 3,3 mlrd so‘m ajratiladi. gazeta.uz »

2025-8-30 12:31

Deputatlar bank hisobvaraqlaridan mablag‘ yechib olishni istisno qilgan holda, uy to‘lovlarini soddalashtirilgan tartibda undirishni ma’qulladi

Deputatlar soddalashtirilgan tartibda undiriladigan qarzlar ro‘yxatini kengaytirib, unga kommunal xizmatlar va uy to‘lovlarini ham kirituvchi qonunni qabul qildi. Unga fuqarolar bank hisobvaraqlaridan mablag‘ yechib olishni taqiqlab, ish haqi va pensiyalardan undirishga to‘sqinlik qilmaydigan tuzatish kiritildi. gazeta.uz »

2025-8-13 14:40

Deputatlar Markaziy bankdan banklarni xususiylashtirish jarayoni sust kechayotganiga tushuntirish so‘radi

Deputatlar bir nechta masala yuzasidan Markaziy bank raisiga parlament so‘rovi yubordi. Xususan, ular bank sektorida davlat ulushi yuqori darajada qolayotgani, “O'zsanoatqurilishbank”, “Asakabank”, “Aloqabank”dagi davlat ulushini xususiylashtirish ancha sust ketayotgani yuzasidan tushuntirish berishni so‘ramoqda. gazeta.uz »

2025-7-22 11:32

Deputatlar xususiy sektor xodimlarini ishdan bo‘shatishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi

Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zLiDeP fraksiyasi ishlab chiqqan xususiy sektor xodimlarini ishdan bo‘shatishni soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini rad etdi. Qonunda o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kompensatsiya to‘lashni bekor qilish taklif etilgandi. gazeta.uz »

2025-4-29 15:15

Soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi norma deputatlar muhokamasiga sabab bo‘ldi. O‘zLiDeP deputatining taklifi rad etildi

O‘zbekistonlik deputatlar soliq va tadbirkorlikka oid o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. O‘zLiDeP deputati chiqarib tashlashni taklif qilgan soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi modda muhokamaga sabab bo‘ldi, biroq deputatlarning aksariyati bu taklifni rad etdi. gazeta.uz »

2025-4-23 20:02

Deputatlar jarima solinmaydigan tezlik chegarasini oshirishni ma’qullashga tayyorlanmoqda. Ekspertlar qarshi

Hukumat Qonunchilik palatasiga jarima solinmaydigan tezlik chegarasini 5 dan 10 km/soatgacha oshirish bo‘yicha loyihani kiritdi. Qonun hali qabul qilinmagan, ammo palata bu haqda fakt sifatida xabar berdi: “Endi qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlanadi”. Ekspertlarga ko‘ra, qaror noto‘g‘ri. gazeta.uz »

2025-3-15 18:07

Deputatlar bola tug‘ilganda otalarga haq to‘lanadigan ta’til berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Deputatlar Mehnat kodeksiga ish joyida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini taqiqlash va oldini olish, bu harakatlardan jabrlanganlarga qo‘shimcha ta’tillar berish, shuningdek, farzandli bo‘lgan erkaklarga haq to‘lanadigan ta’til ajratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda qabul qildi. gazeta.uz »

2025-1-30 20:40

Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik va qimor o‘yinlarini qonuniylashtirish bo‘yicha tuzatishlarni qabul qildi

Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Deputat Ilhom Abdullayev qimor o‘yinlarini reklama qilish bo‘yicha cheklovlar belgilanmaguncha bukmekerlar faoliyatiga ruxsat bermaslik kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-14 15:29

Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar

Deputatlar elektron sigaretalar (tamakini isitish tizimlari emas, veyplar) muomalasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri bunday sigaretalar yoshlar orasida keng tarqalganini aytib, ularning zarari haqida ma’lumot berdi. gazeta.uz »

2025-1-8 09:22

Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklash masalasini muhokama qila boshladi

Qonunchilik palatasi chiqindi xizmatlaridan qarz mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Deputat ikki yilda barcha kommunal xizmatlarni va qarzdorlikni birlashtiradigan yagona billing tizimi yaratilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-12-16 12:46

Deputatlar tashqi qarzlar limitini oshirishni ma’qulladi, hukumat yana xarajatlar chegarasidan chiqib ketdi

O‘zbekiston hukumati yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmadi, shuning uchun Qonunchilik palatasi tashqi qarz limitini ko‘tardi. Yil boshida qonun bilan davlat kafolati ostida 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb qilish taqiqlangan bo‘lsa, endi bu chegara 7,3 mlrd dollargacha oshirildi. gazeta.uz »

2024-12-5 15:56

Deputatlar Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiyaladi

Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. TIV rahbari o‘rinbosari Ilxom Xaydarov Tojikistonning KXShTga a’zoligi O‘zbekistonning milliy manfaatlariga daxl qilmasligini aytdi. gazeta.uz »

2024-11-27 21:10

Prezident — avvalgi deputatlar faoliyati va Qonunchilik palatasining yangi tarkibiga takliflari haqida

Prezident o‘tgan chaqiriqdagi deputatlar ishiga baho berdi va parlament a’zolarining yangi tarkibi oldida turgan muammolarni sanab o‘tdi. Ular orasida vazirliklarning samarasiz ishlashi, renovatsiya qonunining qabul qilinishi, majburiy tibbiy sug‘urta, qonunchilikni JSTga muvofiqlashtirish va boshqalar bor. gazeta.uz »

2024-11-18 15:35

Budjet mablag‘lari xarajatlari ustidan deputatlar nazorati deyarli sezilmayapti — prezident

Deputatlar davlat budjeti ijrosi hamda budjet xarajatlari ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirishi kerak, dedi O‘zbekiston prezidenti. Shuningdek, u yer, mol-mulk va aylanmadan olinadigan soliqlarning 100 foizini, daromad solig‘ining kamida 50 foizini tuman budjetlarida qoldirish taklifini bildirdi. gazeta.uz »

2024-11-18 15:25

YXHT DIIHB missiyasi rahbari — O‘zbekistondagi deputatlar saylovini kuzatish jarayoni haqida

O‘zbekistondagi deputatlar saylovini YXHT DIIHBning 200 dan ortiq qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilari kuzatib bormoqda. Byuro missiyasi rahbari Duglas Ueykning tushuntirishicha, ularning vazifasi “saylov YXHT oldidagi majburiyatlar va boshqa xalqaro standartlarga qanchalik mos kelishini” baholashdan iborat. gazeta.uz »

2024-10-27 13:13

Foto, video: O‘zbekistonning xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi jarayoni

O‘zbekiston deputatlari saylovi mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida ham boshlandi. An’anaga ko‘ra, Moskvadagi elchixona oldida katta navbat paydo bo‘ldi. “Gazeta.uz” Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi saylovlardan olingan fotosuratlar va videolarni taqdim etadi. gazeta.uz »

2024-10-27 08:49