
2024-2-23 08:23 |
Toshkent viloyatida xonadon yerto‘lasida mayning ferma tashkil qilgan fuqaro 3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...

2024-2-23 08:23 |
Toshkent viloyatida xonadon yerto‘lasida mayning ferma tashkil qilgan fuqaro 3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Toshkent viloyatida advokat fuqaroga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklashga o‘zgartirib berishni va’da qilib, 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »
2026-04-02 07:59
Toshkent viloyatida biryo‘la to‘rt egizak - ikki qiz, ikki o‘g‘il tug‘ildi. Ular viloyat IIBB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi Odiljon Abdullayev oilasida dunyoga kelgan. Ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lib, ular tibbiyot muassasasida xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda. gazeta.uz »
2026-04-01 09:16
Toshkent viloyatidagi iqtisodiy sohaga oid davlat tashkilotida ayolni ushbu lavozimga faqat erkaklar qabul qilinishi aytilgan holda ishga olishmadi. U ombudsmanga murojaat qilgach, uning huquqlari tiklandi. gazeta.uz »
2026-03-27 12:53
O‘rta Chirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadonda 79 yoshli ayol, uning nevarasi va 17 yoshli bola bo‘lgan. gazeta.uz »
2026-03-25 07:16
Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisi bir guruh o‘smirlar bilan janjal oqibatida vafot etdi. Marhum avval kaltaklangan, so‘ng uning ko‘krak qismiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Marhumning yaqinlari qonuniy chora ko‘rilishini so‘ramoqda. gazeta.uz »
2026-03-11 22:53
Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar asossiz undirilganini aniqladi va xizmat ko‘rsatuvchiga ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. gazeta.uz »
2026-03-03 13:24
Dekabr oyida Bo‘ka-Bekobod avtomobil yo‘lida IIB xodimi tomonidan urib yuborilib, kanalga tashlangan erkakning jasadi YTHdan 80 kun o‘tib aniqlandi. U Do‘stlik kanali bo‘ylab oqim yo‘nalishi bo‘yicha 4 km pastroq hududdan topilgan. gazeta.uz »
2026-03-02 08:47
Toshkent viloyati Bekobod shahrida kelin qaynonasiga 14 marta pichoq urib o‘ldirdi. Ular o‘rtasidagi janjal beshik to‘yi masalasida kelib chiqqan. Sud uni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. gazeta.uz »
2026-02-18 10:03
Tarmoqlarda Chirchiqdagi ixtisoslashtirilgan bog‘chada tarbiyachilar bolalarni urib, qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, ular ishdan olingan. gazeta.uz »
2026-01-11 07:44
Toshkent viloyatida Chirchiq daryosidan 15 yoshli bolaning jasadi topildi. Xabar berishlaricha, bola suvdagi koptogini olmoqchi bo‘lgan va o‘zi ham suvga tushib ketgan. Tekshiruv olib borilmoqda. gazeta.uz »
2025-12-11 15:06
Piskent tumanidagi fermer xo‘jaligi Toshkent dengizi yaqinida 24 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 218,5 mln so‘m zarar yetdi. Jamlangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi. gazeta.uz »
2025-12-11 09:12
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 3 kishi noma’lum etiologik moddadan zaharlandi. 68 yoshli ayol va 8 yoshli qiz vafot etdi. 12 yoshli bolaning hayoti saqlab qolindi, u davolanmoqda. gazeta.uz »
2025-12-09 16:00
Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi mahallalardan birining hokim yordamchisi fuqarodan 2 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. U tanishlari orqali Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. gazeta.uz »
2025-12-01 06:47
Toshkent viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti prokuratura kamomad aniqlagan korxona mansabdorlaridan taftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga firibgarlik bilan 8400 dollar talab qilgani aytilmoqda. U DXX xodimlari tomonidan qo‘lgan olingan. gazeta.uz »
2025-11-15 13:39
Toshkent viloyatida fuqaro 20 yildan beri birga yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘ini xiyonat qilgani uchun pichoqlab o‘ldirdi. Sud majlisida oila vakillari marhuma boshqa erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini tasdiqladi. gazeta.uz »
2025-11-13 10:12
Ohangaronda 6400 gektar maydonda 10 mlrd dollarlik investitsiya bilan ingliz huquqini tatbiq etuvchi “aqlli shahar” qurilishi rejalashtirilmoqda. Tashabbuskor Going Investment uni MOdagi eng yirik savdo, sanoat va moliya markazi sifatida ko‘rmoqda. Tramvay liniyasi va universitet qurilishi ham mumkin. gazeta.uz »
2025-11-06 19:54
Toshkent viloyatidagi Qanqa yodgorligida ekspeditsiya davomida V-VIII asrlarga oid ibodatxona va harbiy anjomlar topildi. Fanlar akademiyasi Tarix instituti Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Qanqa yodgorligini “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga tayyorlash bo‘yicha izlanishlarni olib bormoqda. gazeta.uz »
2025-10-31 08:53
Tarmoqlarda Ohangaron tumanidagi manzil koloniyadan qochgan 31 yoshli mahkum maktabdan qaytayotgan 3-sinf qizni zo‘rlagani aytilgan xabar tarqaldi. Erkak 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish moddasi bilan 16 yilga qamalgan bo‘lgan. gazeta.uz »
2025-10-21 08:04
Toshkent viloyatida muddatidan oldin tug‘ilgan siam egizaklari shoshilinch va murakkab operatsiya orqali ajratib olindi. Amaliyot ular tug‘ilgandan to‘qqiz soat o‘tgach amalga oshirilgan va besh soat davom etgan. SSVga ko‘ra, ularga shifoxonadan uylariga javob berilgan. gazeta.uz »
2025-10-09 07:18
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki xodimi fuqarodan 25 ming dollar olayotganida ushlangani aytilmoqda. Ular jinoyat ishini ayblanuvchilar foydasiga hal qilish va soliq tekshiruvlarini noqonuniy, deb topib berishni va’da qilgan. DXXga ko‘ra, mansabdorlar oldin ham 108 ming dollar olgan. gazeta.uz »
2025-10-08 12:39
Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda ommaviy zaharlanish oqibatda davolanayotgan bolalar soni 182 nafarni tashkil qilmoqda. Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, birorta ham og‘ir bemorlar yo‘q, sog‘ayish dinamikasi ijobiy tendensiya bilan davom etyapti. gazeta.uz »
2025-09-28 08:44
Zangiota tumanida yuk mashinasi yerosti ko‘prigi to‘siniga urildi. Oqibatda ko‘prikning piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan qismi shikastlandi. Chinoz tumanida tovar poyezdining 2 ta vagoni relsdan chiqib ketdi. O‘TYga ko‘ra, hodisa tufayli jabrlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
2025-09-28 08:24
Toshkent viloyatidagi bog‘cha bolalarining ommaviy zaharlanishi ortidan 7 nafar shaxs ushlandi. Ularning 3 nafari mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona, qolgani autsorsing kompaniyalari mansabdor shaxslari. gazeta.uz »
2025-09-27 13:18
Ommaviy zaharlanishi yuz bergan Toshkent viloyatida 694 nafar bolalar davolanmoqda. Ularning 13 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. 27-sentabr kuni 421 nafar bolaga uyga javob beriladi. Qo‘shimcha yordamga Toshkent shahrining 17 ta tibbiy muassasalaridan mutaxassislar jalb etilgan. gazeta.uz »
2025-09-27 09:03
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bir necha tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilarining ommaviy zaharlanishi sodir bo‘lgan Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi. Ma’lum qilinishicha, ayni paytda 109 nafar bola kasalxonaga yotqizilgan, aksariyati Oqqo‘rg‘on tumanida. gazeta.uz »
2025-09-25 19:48
Toshkent viloyati Chinoz tumanida fuqaro Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni noqonuniy ravishda saqlayotgani aniqlandi. U hayvonot dunyosiga yetkazilgan 620 mln so‘mlik zararni jarima sifatida to‘laydi. gazeta.uz »
2025-09-23 14:51
Toshkent viloyatida 16 yoshli o‘smir sinfdoshini pichoq bilan o‘ldirgani uchun 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hodisa yozda Chinoz tumanidagi futbol maydonida sodir bo‘lgan. gazeta.uz »
2025-09-16 14:43
Yangiyo‘l tumanida chumchuq qushidan kabob tayyorlagan choyxona rahbari 4,12 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. U hozirda ushbu qush go‘shtidan kabob tayyorlamayotgani va buni mijozlar sonini ko‘paytish maqsadida qilganini aytgan. gazeta.uz »
2025-09-03 10:32
Yangiyo‘l tumanida chumchuq qushidan kabob tayyorlagan choyxona rahbari 4,12 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. U hozirda ushbu qush go‘shtidan kabob tayyorlamayotgani va buni mijozlar sonini ko‘paytirish maqsadida qilganini aytgan. gazeta.uz »
2025-09-03 10:32
8-avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudida Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U Moskvaga ishlash maqsadida borib, qurilish ishlarida ishlagan. gazeta.uz »
2025-08-21 10:21
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan to‘rt yoshli bola ariqdan o‘lik holda topildi. Unda jarohatlar aniqlanmadi, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
2025-08-19 22:40
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori bilan 2025-yil 10-sentabrdan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti tariflari narxi oshirilmoqda. Ro‘yxat. gazeta.uz »
2025-08-19 13:40
FVV, Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, SSV va Uzbekistan Airports’ning taxminan 250 xodimi ishtirokida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ssenariyga ko‘ra, samolyot halokatga uchraydi va mutaxassislar yong‘inni o‘chirish hamda jabrlanganlarni qutqarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishni mashq qildi. gazeta.uz »
2025-08-08 07:45
Ohangaron suv omboriga cho‘milish uchun borgan 3 qizdan 2 nafari cho‘kib ketdi. Ulardan birining jasadi o‘sha kuni, boshqasiniki bir kun o‘tib topildi. gazeta.uz »
2025-08-06 13:46
DXX 72 ming dona tibbiy buyumni noqonuniy ravishda 111 million so‘mga sotishni reja qilgan shaxsni qo‘lga oldi. Ushbu shaxs, shuningdek, 867 quti sifatsiz dori vositalarini saqlab kelgani aniqlandi. gazeta.uz »
2025-07-31 10:19
Toshkent viloyatida o‘z qizini zo‘rlab kelgan otaga nisbatan 12 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi qiz doimiy himoya ostida ekanini qayd etib, tiklanish jarayonidan o‘tayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
2025-07-28 12:55
Toshkent viloyatida JIEMda saqlanayotgan mahkumni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqarib berishni va’da qilib, uning turmush o‘rtog‘idan 30 ming AQSh dollari talab qilgan advokat qo‘lga olindi. gazeta.uz »
2025-07-26 13:03
Toshkent shahridan so‘ng magistral tarmoqlarda yuklanish maksimal qiymatdan oshib ketgani sababli Toshkent viloyatida ham elektr ta’minotida profilaktik uzilishlar joriy etildi. gazeta.uz »
2025-07-24 18:51
Toshkent shahridan so‘ng magistral tarmoqlarda yuklanish maksimal qiymatdan oshib ketgani sababli Toshkent viloyatida ham elektr ta’minotida profilaktik uzilishlar joriy etildi. gazeta.uz »
2025-07-24 18:51
Bekobod tumanidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holati aniqlandi. Oqibatda tabiatga 16,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi. gazeta.uz »
2025-07-21 14:29
O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro hojatxonaga tushib ketgan qo‘shnisining farzandini qutqarib qoldi. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqaroga tashakkurnoma va esdalik sovg‘a topshirdi. gazeta.uz »
2025-06-21 10:46
Yangiyo‘l tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida to‘qqiz yoshli bola jarohatlandi. U velosipedda yo‘lni kesib o‘tayotganida MAN yuk mashinasi urib yuborgan va shifoxonaga yotqizilgan. gazeta.uz »
2025-06-11 13:26
Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron sudida jamoat oshxonalarida eshak go‘shti iste’mol qilinishiga doir ish ko‘rib chiqildi. Ayblanuvchilardan biri jonivorlarni so‘ygan, ikkinchisi go‘shtni sotib olgan, uchinchisi esa undan somsa tayyorlagan. gazeta.uz »
2025-06-05 21:15
Angren shahrida propanni havo aralashmasi bilan aralashtirish orqali sintetik metan ishlab chiqaruvchi tajriba zavodi ishga tushirildi. U allaqachon bir nechta ko‘p qavatli uylarni gaz bilan ta’minlamoqda. gazeta.uz »
2025-06-02 18:16
Toshkent tumanida fuqaro uyida Amur yo‘lbarsi bolasi va 7 dona piton iloni saqlayotgani aniqlandi. Jonivorlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. gazeta.uz »
2025-05-21 16:04
Yangiyo‘l tumanida 27 yoshli erkak o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Sudda aniqlanishicha, ayol homilador bo‘lgan, lekin erkak sudda buni bilmaganini aytib ko‘rsatuv berdi. Aybdor 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. gazeta.uz »
2025-05-21 14:36
Toshkent viloyati IIB xodimi fuqaroga yengilroq jazo tayinlanishida yordam berish uchun 20 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi. Yangiyo‘l tumani IIB xodimi esa mahkumning jazo muddatini kamaytirib berish uchun 24 ming dollar olayotganida ushlandi. Uning yonidan advokatlik va sudyalik guvohnomalari topildi. gazeta.uz »
2025-05-18 15:34
Yuqori Chirchiq tumanida yuk avtomobil dvigatel qismida qisqa tutashuv tufayli yonib ketdi. Yong‘in oqibatida hech kim jarohatlanmadi. gazeta.uz »
2025-05-12 09:35
Toshkent yaqinidagi ijaraga olingan uyda qalbaki dori-darmonlar ishlab chiqaradigan yashirin sex aniqlandi. Sex egalaridan 10 mlrd so‘mlik preparatlar, xomashyo va asbob-uskunalar olib qo‘yilgan. Kontrafakt Toshkent va Buxoro viloyatidagi dorixonalarda tarqatilgan. gazeta.uz »
2025-05-06 12:40
Toshkent viloyatida 30 yoshli ayol o‘zini poyezdi tagiga tashlashi sabab vafot etdi. Hodisani prokuratura o‘rganmoqda. gazeta.uz »
2025-05-03 08:47