Ðåçóëüòàòîâ: 56

Xorazmda Telegram’da virusli fayllar tarqatib, fuqarolardan 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlagan guruh aniqlandi

Xorazmda Telegram’da virusli fayllar orqali akkauntlarni buzib, fuqarolar bank kartalaridan 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlagan guruh fosh etildi. Shuningdek, ular jabrlanuvchilar nomidan yaqinlariga yozib, pul o‘tkazib olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-1 09:28

Xorazmda Avstraliya kompaniyasi aviatsiya yoqilg‘isi va “yashil dizel” ishlab chiqarishi mumkin

Avstraliya kompaniyasi Tuproqqal’a tumanida aviatsiya yoqilg‘isi va “yashil dizel” ishlab chiqarish taklifini bildirgan. Loyiha uchun 820 mln dollar investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Shuningdek, Janubiy Korea Urganch tumanida 100 mln dollarga chiqindi yoqish orqali elektr energiyasi olish zavodi qurishi mumkin. gazeta.uz »

2025-9-12 15:23

Xorazmda fermer xo‘jaligi 5,6 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgani aniqlandi

Bosh prokuratura reyd tadbirida Xorazm viloyati Urganch tumanidagi fermer xo‘jaligi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Uning mansabdorlari yer maydonini sug‘orish uchun suv nasosini o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab, 5,6 mlrd so‘mlik elektrni o‘zlashtirgan. gazeta.uz »

2025-7-31 21:10

Xorazmda chet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilgan holda tarixiy obidalarni aniqlash va tiklash ishlari boshlanadi

O‘zbekiston prezidenti mas’ullarga Xorazmga chet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilib, tarixiy obidalarni aniqlash va tiklash bo‘yicha ishlarni boshlashni topshirdi. Shuningdek, Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi 8 ta qadimiy qal’alarni o‘zaro bog‘lovchi to‘rt kunlik “Qal’a tur” marshruti ishlab chiqilishi aytildi. gazeta.uz »

2025-5-2 10:36

AQSh Xorazmda jinsiy jinoyatlarda ayblangan sobiq amaldorlarga nisbatan sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonning ikki sobiq davlat xizmatchisi va mehribonlik uyi sobiq rahbariga inson huquqlarini jiddiy buzgani uchun sanksiyalar kiritdi. Gap “Xorazm ishi” bo‘yicha Urganchdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda ayblanganlar haqida ketmoqda. gazeta.uz »

2024-12-3 20:07