Xorazmda 14 yoshli qiz tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi
Urganch shahridagi tungi klublardan birida 14 yoshli qiz raqqosalik qilayotgani aniqlandi. Maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, 7-sinf o‘quvchisi bir yil oldin ota-onasi bilan Rossiyaga ketgan va hozirda hech qaysi maktabda ro‘yxatga olinmagan. U Voyaga yetmaganlar markaziga joylashtirildi. gazeta.uz »