Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida metallolom uchun topshirilgan snaryad portlab ketdi. Yig‘ish punktining 31 yoshli xodimi vafot etdi, deb yozdi Kun.uz. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarning hodisaga aloqasi yo‘qligini, o‘q-dorilar mahalliy cho‘ponlar tomonidan qazib olinganini xabar qildi. gazeta.uz »


