Xorazmda oqlov hukmini chiqarib berish uchun $15 ming talab qilgan sudya ushlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tumani sudi tergov sudyasi tanishlari orqali fuqaroga oqlov hukmi chiqartirib berish evaziga 15 ming dollar talab qilgani aniqlandi. U va’dasini bajarolmay, olgan pullarini qaytarayotganda qo‘lga olindi. Sudya JKning ikki moddasi bilan ayblanmoqda. gazeta.uz »
