Ðåçóëüòàòîâ: 51

“Tashqi signal va tahdidlarga qaramay, shu yerda ekaningiz — alohida signal”. Putin Mirziyoyev bilan uchrashdi

Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi o‘tdi. Putin hamkasbining “tashqi signal va tahdidlarga qaramay, baribir u yerda ekani alohida signal” ekanini bildirdi. O‘zbekiston prezidenti esa “g‘alaba umumiy tarix ekani, yoshlar tarbiyasida buning o‘rni katta rol o‘ynashini” ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-9 00:46

O‘zbekistonda telekommunikatsiya operatorlariga tashqi internet kanallaridan foydalanishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda xususiy telekom-operatorlarga tajriba tariqasida 2030-yilgacha xalqaro internet kanallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga ruxsat berildi. Buning uchun ular mamlakat hududining kamida 50 foizini qamrab olgan magistral optik tolali tarmoqlarga ega bo‘lishi va boshqa talablarni bajarishi shart. gazeta.uz »

2025-9-19 13:45

Tadbirkorlarning tashqi infratuzilmaga xarajati foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi

Prezident tashqi infratuzilmani o‘z hisobidan qilayotgan tadbirkorlarning bu xarajati foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, davlat rahbari tadbirkorlar soni oshib borayotganini inobatga olib Toshkentda elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun yana 2 trln so‘m mablag‘ ajratilishini aytdi. gazeta.uz »

2025-8-20 12:18

“YeOII bilan hamkorlik — tashqi iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri” — O‘zbekiston prezidenti

O‘zbekiston proteksionizm va sanksiyalar siyosati kuchayishining salbiy oqibatlarini to‘liq his qilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq mamlakatlari bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. gazeta.uz »

2025-6-27 16:15

Senat tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga yubordi

Senatorlar davlat organlari vakolatlarini aniqlashtirish maqsadida “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqishga yubordi. Bunda migrantni chet eldan qaytarish ishga jo‘natuvchi tashkilot hisobidan bo‘lishi va O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsatnoma berish qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi kerak. gazeta.uz »

2025-6-26 14:29

Deputatlar tashqi qarzlar limitini oshirishni ma’qulladi, hukumat yana xarajatlar chegarasidan chiqib ketdi

O‘zbekiston hukumati yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmadi, shuning uchun Qonunchilik palatasi tashqi qarz limitini ko‘tardi. Yil boshida qonun bilan davlat kafolati ostida 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb qilish taqiqlangan bo‘lsa, endi bu chegara 7,3 mlrd dollargacha oshirildi. gazeta.uz »

2024-12-5 15:56

2025-yilda jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda

2025-yilda davlat nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda. Budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, mablag‘ning 3 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. gazeta.uz »

2024-10-29 13:34

Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan maxsus xizmatlar hamkorligi masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik va boshqa xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2024-10-17 17:32

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi. Shuningdek, 2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2024-7-12 13:55

Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlar auditini o‘tkazadi

Prezident budjet mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlarni qamrab olish imkonini beruvchi konsolidatsiyalashgan budjet auditini o‘tkazishni taklif etmoqda. gazeta.uz »

2024-7-10 13:52

O‘zbekiston va Britaniya tashqi ishlar vazirlari hamkorlik bo‘yicha 2 ta hujjatni imzoladi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi. gazeta.uz »

2024-4-23 12:27

Latviya tashqi ishlar vaziri budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro sabab iste’foga chiqadi

Latviya tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh bosh vazir bo‘lgan vaqtida budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro tufayli o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi. U bosh vazirlik paytida 32 marta shaxsiy samolyotlarda chet el safarlariga borgan va bu budjetga 613 ming yevroga tushgan. gazeta.uz »

2024-3-28 17:53

Reklamali tanaffus. Toshkent tashqi reklama bosqiniga qarshi qanday kurashmoqchi?

Raqamli rivojlanish departamenti Toshkentdagi tashqi reklamani nazoratga olmoqchi. Minglab reklama konstruksiyalarining egalari to‘lov qilmayapti. Muammo nimada, reklama dizayn-kodi qanday bo‘lishi va Toshkentni qay tariqa ko‘zni quvontiruvchi shaharga aylantirish mumkin - “Gazeta.uz” shu savollarga javob izladi. gazeta.uz »

2024-3-12 14:30