Ðåçóëüòàòîâ: 131

Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 63 nafari qayta saylandi. Ro‘yxat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 63 nafari (42 foizi) quyi palataning beshinchi chaqirig‘iga qayta saylandi (avvalgi saylovda 27 foiz edi). Avvalgi chaqiriqda Senat a’zosi bo‘lganlar orasida parlament quyi palatasiga saylanganlar ham bor. “Gazeta.uz” to‘liq ro‘yxatni e’lon qiladi. gazeta.uz »

2024-11-1 12:57

Ma’muriy jarimalarning huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda

Strategik islohotlar agentligi ma’muriy jarimalar miqdorining huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun 8,5 mln so‘m, mashinalarning piyodalar yo‘laklarida harakatlangani uchun 170 ming so‘m jarima solinadi. gazeta.uz »

2024-7-9 13:06

“O‘zatom” agentligi qayta tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkazilmoqda

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Atom energiyasi agentligi tashkil etilmoqda, u Energetika vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tadi. Agentlik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, xo‘jalik jamiyatlari tashkil etish, iqtisodiyotdagi loyihalarni moliyalashtirish huquqini oladi. gazeta.uz »

2024-5-25 16:58

Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdor — BHMning 10 foiziga qaytarildi

Ichki ishlar vazirligi rahbari avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun avvalgi 10 foizlik BHM stavkasini qaytardi, bir oy oldin bu ko‘rsatkich 68 barobar oshirilgandi. Ammo oshirilgan ro‘yxatga olish to‘lovlari (oddiy avtomobillar uchun 6,84 BHM va elektromobillar uchun 1,5 BHM) o‘zgarishsiz qoldi. gazeta.uz »

2024-5-7 09:58

“To‘qimachilik sohasida yagona to‘g‘ri yo‘limiz — mavjud xomashyoni to‘liq qayta ishlash” — prezident

Mamlakatning xomashyo bazasi kamida 15 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini bermoqda, dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportni an’anaviy arzon bozorlardan (Rossiya, Xitoy, Turkiya) “yangi, qimmatroq"lariga yo‘naltirish zarur. gazeta.uz »

2024-4-18 20:47

123