Test: Yoshlarga oid ushbu iqtibos kimniki?
O‘zbekistonda 2018-yildan buyon 30-iyunda - Yoshlar kuni nishonlanadi. Sana munosabati bilan Gazeta jadid va ma’rifatparvarlarning yoshlarga oid iqtiboslari asosida test tayyorladi. gazeta.uz »
Oid - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
O‘zbekistonda 2018-yildan buyon 30-iyunda - Yoshlar kuni nishonlanadi. Sana munosabati bilan Gazeta jadid va ma’rifatparvarlarning yoshlarga oid iqtiboslari asosida test tayyorladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston tashqi moliyalashtirish uchun ortiqcha haq to‘lamaslik maqsadida mamlakat riskining aniqroq baholanishiga erishishi lozim, dedi Jasur Qarshiboyev. Unga ko‘ra, institutsional ko‘rsatkichlar ko‘pincha faqat faktlarga emas, balki subyektiv qarashlarga asoslanadi, bu qarz jalb etish qiymatini oshirishi mumkin. gazeta.uz »
Moliyachi va bloger Otabek Bakirov Energetika vazirligiga kim rahbarlik qilishidan qat’i nazar, ayni e’tirozlarni bildirgan bo‘lishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, o‘ziga qarshi ochilgan ish davlat xizmatchilarini tanqid qilgani uchun OAV va jamoatchilik faollariga qarshi jarayonlar ko‘payayotganidan dalolat beradi. gazeta.uz »
Taftish.uz jamoasiga nisbatan tergov harakatlari ishda DXX xodimlari ishtiroki sababli Harbiy prokuraturaga o‘tkazildi, deya xabar berdi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov. U, shuningdek, materiallarning bir qismi yopiqligini va sud jarayoni ham yopiq tartibda o‘tishi mumkinligini qayd etdi. gazeta.uz »
Huquq himoyachisi Irina Matviyenko ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risida qabul qilingan qonundagi bo‘shliqlarni ko‘rsatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarga qarshi sodir etilgan bir qator jinoyatlar prokuratura yurisdiksiyasidan tashqarida qolib ketishi mumkin. gazeta.uz »
Senat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilashni ma’qulladi. Xususan, sanksiyalar atrof-muhitga yetkazilgan zarar va to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya miqdoriga bog‘lanmoqda. gazeta.uz »
Senat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilashni ma’qulladi. Xususan, sanksiyalar atrof-muhitga yetkazilgan zarar va to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya miqdoriga bog‘lanmoqda. gazeta.uz »
Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi takomillashtirilib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish jarayoni ketmoqda va bu vakolat Adliya vazirligida, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxanov. “Bu to‘xtab qoladigan hujjat emas”, - dedi u. gazeta.uz »
Aholini ro‘yxatga olishda nogironlikka oid savollarning yo‘qligi e’tirozlarga sabab bo‘lgach, Statqo‘m rahbariyati izoh berdi. Ta’kidlanishicha, so‘rovnomada daromad manbaiga oid savolning javoblari orasida “nogironlik pensiyasi” varianti ham bor. Shu orqali nogironlar satistikasini shakllantirish mumkin. gazeta.uz »
Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifida ikki davlat o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi. Bojxona xizmati vakolatxonalarini ochish, qo‘shma harbiy o‘quvlarni o‘tkazish, qo‘shma investitsiya platformasini yaratish va tog‘-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyatida qadimiy tangalarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Tangalar XVI asrga oid bo‘lib, ularda arab yozuvida diniy iboralar va hukmdor nomlari bitilgan. Ular Termiz arxeologiya muzeyiga topshirildi, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent viloyatidagi Qanqa yodgorligida ekspeditsiya davomida V-VIII asrlarga oid ibodatxona va harbiy anjomlar topildi. Fanlar akademiyasi Tarix instituti Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Qanqa yodgorligini “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga tayyorlash bo‘yicha izlanishlarni olib bormoqda. gazeta.uz »
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi. Shartnoma mart oyida Xo‘jand shahrida uch davlat prezidentlari uchrashuvi chog‘ida imzolangan edi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarga chalinish holatlari haqidagi ma’lumotlarni olishning yagona tizimi ishga tushiriladi. Bunday hodisalar hisobotini yuritish, sabablarini tahlil qilish va unga yechim topish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqariladi. gazeta.uz »
Samarqand viloyatidagi Quldortepa yodgorligida ilk o‘rta asrlarga oid devoriy suratlar, Xitoyning Xan sulolasi davrida ishlab chiqarilgan oyna va Sug‘d hukmdori Ukkurt Chamukka tegishli tangalar topildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga oid qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unda qayd etilishicha, O‘zbekistonda aholining 68 foizi, biznes vakillarining esa 60 foizi diniy e’tiqodi sabab an’anaviy bank xizmatidan foydalanishni xohlamaydi. gazeta.uz »
Namangan viloyatidagi Axsikent yodgorligida VIII asrga oid noyob qo‘lyozma hamda aynan shu asrga oid Abbosiylar zarb etgan tangalar topildi. Shu tariqa, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasi topilmalar fondi 68 ta yangi tanga hamda 27 ta kitob bilan boyidi. gazeta.uz »
IIV Kiberxavfsizlik markazi Decent platformasi orqali xorijiy bukmekerlik saytlaridagi pullarni legallashtirish sxemasini uyushtirgan olti kishi hibsga olinganini xabar qildi. Yil boshidan buyon amalga oshirilgan bitimlarning umumiy hajmi 180 milliard so‘mdan oshgan. gazeta.uz »
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov OAV to‘g‘risida qonun imzoladi: endi internet platformalari, jumladan, sayt va bloglar ham majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Avvalroq huquqshunoslar qonun OAV ishini jiddiy ravishda cheklashini aytib, prezidentni parlament qabul qilgan qonunni rad etishga chaqirgandi. gazeta.uz »
Senat xorijdan qaytayotganlarni OIVga majburiy tekshirishga oid qonunni ma’qullab, prezidentga yubordi. Jamoatchilikning munosabati o‘xshash: bu amaliyotning inson huquqlariga zid ekani yangramoqda. gazeta.uz »
1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish me’yorlari pasaytirildi. Xususan, kuryerlik jo‘natmalari uchun me’yor chorakdagi 1000 dollardan oyiga 200 dollargacha qisqartirildi. gazeta.uz »
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy korrupsiyaga qarshi kurash organlarining mustaqilligini ta’minlaydigan yangi qonunni taqdim etishga va’da berdi. Mamlakatda ushbu idoralarning prokuraturaga bo‘ysunuviga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanishga, xususan, noruda foydali qazilmalarni qazib olishga doir huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Bu uchun huquqbuzarlik, uni sodir etgan shaxs, manzil va sana kabi ma’lumotlarlarni yuborish kerak. gazeta.uz »
Prezident soliq masalasidagi nizolarni tadbirkorlar uchun osonroq va arzonroq hal etish maqsadida yangi tartib joriy etdi. Unga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etilib, soliq organlari qaroridan norozi tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqadi. gazeta.uz »
Tramp Suriyaga qarshi 2004-yilda kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat amaldagi eksport nazorati choralarini yumshatishga ruxsat beradi, “Suriyani xalqaro hamjamiyat uchun ochadi”. gazeta.uz »
O‘zbekistonda ma’muriy jazo tizimiga yangi ta’sir chorasi - ma’muriy ogohlantirishni kiritish rejalashtirilmoqda. U ilk bor sodir etilgan kichik YHQlarni, masalan, boshqaruv paytida telefondan foydalanish, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanadi. gazeta.uz »
Sariosiyo chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaroning yuklari orasidan 267 dona qadimiy taqinchoq qismlari va tangalar topildi. Ulardan ayrimlari Buxoro amirligi davriga oid ekani aniqlandi. gazeta.uz »
Sud jurnalist Anora Sodiqovaning bloger Mirsaid Haydarovga nisbatan da’vosini qanoatlantirmagach, holat muhokamalarni keltirib chiqardi. Ayrimlar bu ishda mag‘lub O‘zbekiston jurnalistikasi bo‘ldi demoqda, ba’zilar buni ayollarga qarshi nafrat tilining e’tiborsiz qoldirilishi deb baholadi. Boshqa fikrlar. gazeta.uz »
Jizzax viloyatidagi Nurota tog‘ tizmasida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik makonlar aniqlandi. Topilgan manzillar dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish davriga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va mamlakatdagi eng qadimiy inson faoliyatini o‘rganishda muhim manbaga aylanishi kutilmoqda. gazeta.uz »
Adliya vazirligi Bon! qahvaxonasida o‘zbek xodimlar Activist loyihasi muallifiga rus tilida gapirib, xizmat ko‘rsatganidan so‘ng kelib chiqqan munozaralar fonida bu mavzuga o‘z munosabatini bildirdi. gazeta.uz »
AQSh sobiq prezident Jon Kennedining o‘ldirilishi haqidagi hujjatlarning yana bir qismini ochiqladi. Hozircha ularda tergov komissiyasining asosiy xulosasini rad etadigan hech narsa topilmadi, ammo arxiv baribir qimmatli va qiziqarli. gazeta.uz »
O‘zbekistondagi maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi. Yangi barpo etiladigan ixtisoslashtirilgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasi shaklida tashkil etiladi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi, ushbu tizimni 2022-yildan joriy etish rejalashtirilgan edi. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilda elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 81,9 foizi ijobiy hal etilgan. Muammolarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 2024-yilda hokim yordamchilari 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan. Umuman olganda, 2024-yilda jami 6898 nafar shaxs tomonidan 5716 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda. Muxolifat vakillari 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi mumkin. gazeta.uz »
Prezident yig‘ilishida internetdagi radikal g‘oyalar O‘zbekiston aholisining zaif qatlamlari, jumladan, yoshlarni noqonuniy guruhlar ta’siriga tortayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni bilim va mehnatga keng jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. gazeta.uz »
Qarshi aeroportida bojxonachilar 116 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroni qo‘lga oldi. Qimmatbaho buyumlar Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga topshirildi. gazeta.uz »
Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylov masalasiga oid 16 ta turli xabarlar o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi. Uning ma’lum qilishicha, ulardan birontasida qonun buzilishi aniqlanmagan. gazeta.uz »
DXX Toshkentda XIX va XX asrlarga oid 100 ta “Nikolay” oltin tangalarini 67 ming dollarga sotishga uringanlarni qo‘lga oldi. Ushbu tangalar madaniy boylik hisoblanadi va tarixiy ahamiyatga ega. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida - Gruziyadagi AdBlackSea va Qozog‘istondagi Red Jolbors festivallarida g‘olib chiqdi. gazeta.uz »
Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga doir farmoyishni imzoladi. Gaz, elektr, suv va issiqlik tarmoqlari, uylar, qozonxonalarni ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bu maqsadlar uchun 732,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. gazeta.uz »
20 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy” va yana 7 sudlanuvchining advokatlari sud hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Ish Toshkent shahri sudida ko‘rib chiqilmoqda. Shikoyatda, jumladan, hukmning Baxtiyor Qudratullayevni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qismini bekor qilish so‘ralyapti. gazeta.uz »
Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 sudlanuvchiga oid sudda OAV vakillariga foto, video olish hamda audio yozib olish taqiqlandi. Ayrim advokatlar jurnalistlarni yolg‘on tarqatishda ayblamoqda. Antikorrupsiya agentligi bunday qaror prezident farmoniga zidligini aytib, majlisni jonli efirga uzatishga chaqirdi. gazeta.uz »
Prezident Nukusda tadbirkorlar bilan uchrashuvda biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi choralarini ma’lum qildi. Mikrokredit limitini 300 mln so‘mgacha oshirish, mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha resurslar ajratish, faktoring xizmatlari va islomiy moliya bozorini rivojlantirish shular jumlasidan. gazeta.uz »
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va davlat rahbari maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovga yuklatildi. Prezident Kegeyli tumanida o‘tgan yig‘ilishda hududni rivojlantirish bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlarni sanab o‘tdi. gazeta.uz »
Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ochiq sudda ko‘rib chiqish 5-sentabrda boshlanadi. Ular JKning o‘zlashtirish, firibgarlik, vakolatni suiiste’mol qilish, pora va boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchilarning 29 nafari qamoqqa olingan. gazeta.uz »
Samarqand arxeologiya instituti xodimlari Urgutdagi Qo‘rg‘ontepa yodgorligidan VII-VIII asrlarga oid ibodatxona o‘rni va devoriy suratlarni topdi. Hozirda qazuv ishlari davom etmoqda. Devoriy suratlarni saqlash va nusxa ko‘chirish ishlari boshlandi. gazeta.uz »
Tarmoqlarda OTM imtihonlarida huquqshunoslik fanlarida darslikda yo‘q, shuningdek, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyatlar paydo bo‘ldi. Bilimni baholash agentligi testlar DTS va o‘quv dasturlariga asoslangani, abituriyentning bilim va ko‘nikmasini aniqlashga qaratilganini ta’kidladi. gazeta.uz »
Prezident vazirliklarga O‘zbekiston imzolagan mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlar va investitsiyaviy shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, so‘ng takliflar tayyorlash topshirig‘ini berdi. Qonunchilikni JSTning investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »