Ðåçóëüòàòîâ: 168

O‘zbekistonda Chevrolet komponentlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya 18,2 mln dollarga sotildi

Avto Climate Control avtomobillarga isitish va sovitish tizimlarini ishlab chiqaruvchi korxonadagi davlat ulushi Best Pipe and Parts kompaniyasiga 230 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor kamida 10 yil davomida faoliyat profilini saqlab qolish va GM bilan hamkorlik shartlariga rioya qilish majburiyatini oladi. gazeta.uz »

2025-8-6 10:22

O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish ketma-ket uch oydan buyon kamaymoqda, ammo u eng ko‘p sotilayotgan avtomobil bo‘lib qolmoqda

Cobalt ishlab chiqarish hajmi ketma-ket uchinchi oy 2024-yilning mos davrlariga nisbatan kamayib bormoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aytiladi. “O‘zavtosanoat” ma’lumotlariga ko‘ra, Cobalt yarim yillikda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-7-22 13:09

“4 va 5 qavatli uylarga liftlar o‘rnatish taklifi ishlab chiqilmoqda” — Qurilish vazirligi

O‘zbekistonda 14 mingdan ziyod 4 qavatli, 7,5 mingta 5 qavatli uylar mavjud. Hozirda ularga lift o‘rnatish bo‘yicha dastur tayyorlanmoqda, buning uchun xorij tajribasi ham o‘rganildi. “Nogironligi bor shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda, ayni paytda taklif ishlab chiqyapmiz”, - deydi vazirlik vakili. gazeta.uz »

2025-7-8 15:17

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari yil boshidan buyon 5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqardi

O‘zbekistonda yil boshidan beri quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Generatsiyaning 3,125 mlrd kVt/soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1,915 mlrd kVt/soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi. gazeta.uz »

2025-7-7 12:21

Volkswagen 2026-yilgacha O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni qayta boshlaydi

O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish 2026-yilgacha qayta boshlanishi rejalashtirilmoqda. “O‘zavtosanoat” xabariga ko‘ra, Alyans Auto bilan loyiha litsenziyalangan yirik uzelli yig‘ishni, keyinchalik yangi sedanlar va yo‘ltanlamaslarni qo‘shgan holda to‘liq ishlab chiqarishga o‘tishni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2025-6-18 13:59

Slovakiya O‘zbekiston bilan o‘q-dori ishlab chiqarish va tanklarni modernizatsiyalashdagi hamkorlikni muhokama qildi

Slovakiya O‘zbekiston bilan birgalikda o‘q-dori ishlab chiqarish va harbiy texnikani modernizatsiya qilishdan manfaatdor, dedi bosh vazir Robert Fitso Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng. “Bu yerda Slovakiya kompaniyalari uchun imkoniyatlar juda katta - hatto biz tasavvur qilganimizdan ham ko‘proq”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-6-10 11:24

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha ishchi olib, mebel ishlab chiqarishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha ishchi olib, mebel ishlab chiqarishga ruxsat beriladi. Shuningdek, bu faoliyatni boshlash, kengayish istagida yurgan yosh tadbirkorlarga 7 yilga 5 mlrd so‘mgacha 18 foizli kredit ajratiladi. 8 ta tumanda mebelchilik markazlarini ishga tushiriladi. gazeta.uz »

2025-5-26 10:10

O‘zbekistonda AES uchun quruq sovitish tizimlarini ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanadi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi uchun quruq sovitish tizimlarini ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev. Uning aytishicha, Vengriya kompaniyasi kelgusi oy mahalliylashtirish imkoniyatlarini baholash uchun delegatsiya yuboradi. gazeta.uz »

2025-5-22 12:34

O‘zbekistonda “yashil” vodorod va sian tuzlarini ishlab chiqaruvchi zavodlarni iyun oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Prezident kimyo sanoatini diversifikatsiya qilish rejalari bilan tanishdi. Iyul oyiga qadar “yashil” vodorod va sian tuzlarini ishlab chiqaruvchi zavodlarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. “O‘zkimyosanoat” rahbari katta miqdorda to‘planib qolgan zaxiralardan kimyoviy o‘g‘itlar chiqarilayotgani haqida ma’lumot berdi. gazeta.uz »

2025-4-24 13:28

“Sham ishlab chiqaruvchilarimizga xalal berayotgan Quyoshni to‘saylik”

Ikki asr avval fransuz iqtisodchisi Frederik Bastia mamlakat deputatlariga mahalliy sham ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Quyoshni to‘sishni taklif qilgandi. Bu kinoyali taklif ilgari surilganidan beri shuncha vaqt o‘tdi, ammo bu erkin savdo xalqni boyroq qilishini barcha tushunishi uchun yetarli bo‘lmadi. gazeta.uz »

2025-2-7 18:17