Ðåçóëüòàòîâ: 53

Fuqarolar bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirishi mumkin bo‘ladi

Endi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin bo‘ladi. Aniqlangan texnik xato va kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatiladi. Mobil qurilmalar tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlardan qat’iy nazar deklaratsiyalanadi. gazeta.uz »

2026-3-2 15:52

Bojxona qo‘mitasi deklaratsiya va IMEI kodlarini to‘ldirish uchun mobil ilovani ishga tushirdi

O‘zbekistonda mamlakatga olib kirilayotgan tovarlar va valyuta to‘g‘risidagi bojxona deklaratsiyasini oldindan va onlayn to‘ldirish imkonini beruvchi Yo‘lovchi deklaratsiyasi ilovasi ishga tushdi. Unda mobil telefonning IMEI kodini skanerlash funksiyasi mavjud bo‘lib, 15 xonali kodlarni qo‘lda kiritmasa ham bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-10-13 13:22

O‘zbekistonga iPhone 17 olib kirish qanchaga tushadi? Bojxona qo‘mitasi tushuntirdi

Bojxona qo‘mitasi xorijdan olib kiriladigan mobil qurilmalar uchun to‘lovlar haqida ma’lumot berdi. Bojsiz me’yor havo transportida $1000, temiryo‘lda $500, avtomobil (piyoda) $300 dollar bo‘lib, oshgan summa uchun 30 foiz boj va 103 ming so‘mlik yig‘imi undiriladi. To‘lovlar iPhone 17 Pro Max misolida. gazeta.uz »

2025-10-6 08:49

Amerikalik sayyohlar to‘lov terminali ishlamagani sabab Samarqanddagi bojxona postida 3 kun qolib ketdi

Sayyohlar Samarqanddagi bojxona postida to‘lov tizimidagi muammolar sabab 3 kun qolib ketdi. Unga mashinasi mamlakatda 90 kundan ortiq bo‘lgani uchun jarima belgilangan. Ammo to‘lov terminali ishlamagani uchun bank kartasida to‘lov qila olmagan, viza muddati tugagani sabab esa naqd pul ham olib kelolmagan. gazeta.uz »

2025-9-30 10:57

Bojxona sohasida tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

Bojxona qo‘mitasi huzurida appelyatsiya kengashi tashkil etildi. Kengash bojxona sohasida tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq murojaatlarni o‘rganadi. Kengash, shuningdek, tadbirkorlarning murojaatlariga oid taklif va tavsiyalardan iborat xulosalar tayyorlashi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-8-1 13:12

Bojxona qo‘mitasi IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxlari oshgani haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekistonda IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi sezilarli darajada oshganiga doir xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi; rasmiy to‘lov - hali ham 20% BHM (75 ming so‘m). Bojxona qo‘mitasi tushuntirdi: yuzlab dollar miqdoridagi summalar deklaratsiya qilinmagan telefonlar uchun 30% bojxona to‘loviga taalluqli. gazeta.uz »

2025-7-17 18:15

O‘zbekistonga olib kiriladigan 70 toifadagi tovarlarga bojxona qiymati nazorati joriy etilmoqda

O‘zbekiston hukumati 70 toifadagi tovarlar, jumladan, kiyim-kechak, maishiy texnika va tagliklar importi qiymati va miqdorini nazorat qilishning yangi tartibini tasdiqladi. 1-maydan boshlab deklaratsiya qilinayotgan narx oxirgi 90 kundagi o‘rtacha narxning 80 foizidan past bo‘lishi mumkin emas. gazeta.uz »

2025-4-24 20:47

“Iqtisodiyotni qo‘llash va tashmachilikka qarshi kurash”. Bojxona qo‘mitasi bojsiz olib kirish normalari pasaytirilganini asosladi

Bojxona qo‘mitasi O‘zbekistonda tovarlarni bojsiz olib kirish normalari shu paytgacha yuqori bo‘lgani, endi u xalqaro standartlarga yaqin bo‘lishini ma’lum qildi. Qo‘mita amaldagi tartibni suiiste’mol qilish holatlarini ko‘rsatib, o‘zgartirishlar fuqarolar turmushini yaxshilashga xizmat qilishiga ishontirdi. gazeta.uz »

2025-4-21 08:09

Soliq, bojxona, bank xodimlari va tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi

DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim o‘rinbosari hamda tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Ushbu guruh 3 yil ichida 8 ta soxta korxona tashkil etib, QQS summasini qaytarib olish orqali 24,5 mlrd so‘m mablag‘larni talon-toroj qilgan. gazeta.uz »

2025-3-5 08:45

Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchilarning ma’lumotlari bojxona postlariga oldindan yetkazilishi mumkin

Postlarda o‘tkazuvchanlikni ta’minlash maqsadida xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni bojxonaga oldindan berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Natijada avtobuslar chegaradan soddalashgan tartibda o‘tkazilib, rasmiylashtirish vaqti 2 baravar qisqaradi. gazeta.uz »

2025-2-24 19:12

Bojxona qo‘mitasi telefonlarni deklaratsiyalash tufayli aeroportda yuzaga kelgan navbatlarga izoh berdi

Tarmoqlarda Toshkent aeroportida mobil qurilmalarni UzIMEI`dan o‘tkazish sababli paydo bo‘lgan navbatlar muhokamaga sabab bo‘ldi. Bojxona qo‘mitasi tez orada onlayn deklaratsiyalash ishga tushishi va infokiosklar o‘rnatilishini bildirdi, telefonlarni aeroportda ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy emasligini eslatdi. gazeta.uz »

2025-2-21 12:13

O‘zbekiston YOIIning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda — bosh vazir

O‘zbekiston yuk tashishni soddalashtirish uchun Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) va uchinchi mamlakatlarning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilishi mumkin, dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Shuningdek, u savdo to‘siqlarini o‘zaro bartaraf etish bo‘yicha kelishuv ishlab chiqishni boshlashni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-2-1 23:02

Qozog‘iston bilan chegaradagi “Navoiy” — “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta ochildi

O‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” - “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta qurilishdan so‘ng ochildi. U 2022-yilning noyabrida modernizatsiya ishlari sabab yopilgandi. Post yonida avtoturargoh qurildi, xalqaro yo‘nalishdagi avtotransportlar uchun elektron navbat tizimini yo‘lga qo‘yish ham kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-1-27 15:07

Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasidagi tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Shuningdek, faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasining 50 foizi qoplanadi. gazeta.uz »

2024-7-23 08:17

O‘zbekistonda zargarlik sanoati uskunalariga bojxona boji va QQSning nol stavkasi belgilanishi mumkin

Prezidentga O‘zbekiston zargarlik sanoatini rivojlantirish, jumladan, hunarmandlar uchun imtiyozlarni YATTlarga ham qo‘llash, asbob-uskunalar uchun bojxona bojini nol qiymatda belgilash, shuningdek, zargarlik buyumlarini AQShga GSP tizimi asosida eksport qilish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. gazeta.uz »

2024-6-19 18:21