2025-5-21 16:04 |
Toshkent tumanida fuqaro uyida Amur yo‘lbarsi bolasi va 7 dona piton iloni saqlayotgani aniqlandi. Jonivorlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
2025-5-21 16:04 |
Toshkent tumanida fuqaro uyida Amur yo‘lbarsi bolasi va 7 dona piton iloni saqlayotgani aniqlandi. Jonivorlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Angren shahrida propanni havo aralashmasi bilan aralashtirish orqali sintetik metan ishlab chiqaruvchi tajriba zavodi ishga tushirildi. U allaqachon bir nechta ko‘p qavatli uylarni gaz bilan ta’minlamoqda. gazeta.uz »
2025-06-02 18:16
Yangiyo‘l tumanida 27 yoshli erkak o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Sudda aniqlanishicha, ayol homilador bo‘lgan, lekin erkak sudda buni bilmaganini aytib ko‘rsatuv berdi. Aybdor 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. gazeta.uz »
2025-05-21 14:36
Toshkent viloyati IIB xodimi fuqaroga yengilroq jazo tayinlanishida yordam berish uchun 20 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi. Yangiyo‘l tumani IIB xodimi esa mahkumning jazo muddatini kamaytirib berish uchun 24 ming dollar olayotganida ushlandi. Uning yonidan advokatlik va sudyalik guvohnomalari topildi. gazeta.uz »
2025-05-18 15:34
Yuqori Chirchiq tumanida yuk avtomobil dvigatel qismida qisqa tutashuv tufayli yonib ketdi. Yong‘in oqibatida hech kim jarohatlanmadi. gazeta.uz »
2025-05-12 09:35
Toshkent yaqinidagi ijaraga olingan uyda qalbaki dori-darmonlar ishlab chiqaradigan yashirin sex aniqlandi. Sex egalaridan 10 mlrd so‘mlik preparatlar, xomashyo va asbob-uskunalar olib qo‘yilgan. Kontrafakt Toshkent va Buxoro viloyatidagi dorixonalarda tarqatilgan. gazeta.uz »
2025-05-06 12:40
Toshkent viloyatida 30 yoshli ayol o‘zini poyezdi tagiga tashlashi sabab vafot etdi. Hodisani prokuratura o‘rganmoqda. gazeta.uz »
2025-05-03 08:47
Toshkent viloyatida ikki kishini AQShga yuborishga ishontirib, ulardan 38 ming dollar pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Respublikaning boshqa hududlarida ham shunday jinoyat bilan bir necha shaxs ushlandi. Ularga nisbatan jinoiy ishlar ochildi. gazeta.uz »
2025-05-01 10:40
Olmaliq shahrida 8 yoshli bolasining qo‘l va oyoq barmoqlariga paxta tiqib yoqqan ona 2 yilga qamaldi. U bu ishni farzandi ruxsatsiz shirinlik yegani uchun qilgan. Boladagi jarohatlarni maktabdagi o‘qituvchilari payqab qolgan. gazeta.uz »
2025-04-24 07:26
Toshkent viloyatining Parkent tumanida 20 gektar maydonda akvapark va bir qancha boshqa inshootlar qurish rejalashtirilmoqda. Loyihaning qiymati 30 mln dollar bo‘lib, u 2026-yilning ikkinchi choragida ishga tushirilishi mumkin. gazeta.uz »
2025-04-09 12:12
Toshkent tumani KHAY yo‘lida joylashgan 9 qavatli uyning qurilish ishlari loyiha talablariga javob bermasligi aniqlandi. Quruvchi tashkilot ayrim joylarda gazoblok o‘rniga g‘isht ishlatgan va qo‘shimcha qavat qo‘shgan. gazeta.uz »
2025-03-30 08:04
Zangiota tumanidagi oilaviy bog‘chada tarbiyachi bolalarni kaltaklagani aniqlandi. Muassasa rahbari vaziyatdan so‘ng u bilan shartnomani bekor qildi. Xodimlardan “zo‘ravonlikka qarshi” kafolat xatlari olindi. gazeta.uz »
2025-03-27 13:19
Yangiyo‘l shahridagi 5-sonli davlat bog‘chasining tomiga qurilish kranining o‘q qismi qulab tushdi. MTT faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, hududda ta’mirlash ishlari boshlandi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. gazeta.uz »
2025-03-27 09:26
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida Cobalt yo‘ldan qayrilib olayotgan Nexia 2 ga borib urildi. YTH oqibatida ikkinchi mashinada yong‘in yuzaga keldi. Hech kim jarohatlanmadi. gazeta.uz »
2025-03-24 22:30
Toshkent tumanida bojxonadan 1,2 mln dollarni Qozog‘istonga olib o‘tishni maqsad qilgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
2025-03-20 08:26
Toshkent tumanida 20 yoshli Lexus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan Nexia va piyodani urib yubordi. Oqibatda 65 yoshli fuqaro turli jarohatlar bilan shifohonaga yotkizildi. Haydovchi soatiga 180 km tezlikda harakatlangani aytilmoqda. gazeta.uz »
2025-03-18 08:35
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi ko‘prikning bir qismi o‘pirildi. Tuman hokimligiga ko‘ra, 50 yil avval qurilgan ko‘prik ta’mirtalab xolatga kelib qolgan. Haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etildi. gazeta.uz »
2025-03-09 08:36
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida vazni 7 kg 3 gramm bo‘lgan qiz chaqaloq dunyoga keldi. SSVga ko‘ra, uning ahvoli qoniqarli, ona va bola shifokorlar nazoratida. gazeta.uz »
2025-03-01 20:04
To‘rtta hududda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Xususan, Olmaliqda 32 gektar yerni 2,4 mln dollarga, Yangiyo‘lda hokimlik zaxirasidagi yerni 60 ming dollarga sotishga urinishdi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2025-02-21 21:30
Bo‘ka tumanidagi magistral yo‘lda o‘tirgan piyodani yuk mashinasi urib ketdi. U YTH oqibatida halok bo‘lgan. Gumondor haydovchi qo‘lga olinib, ehtiyot chorasi sifatida qamalgan. gazeta.uz »
2025-02-21 13:59
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida issiqxona mas’ullari bir martalik tamg‘a o‘rnatilgan zulfin va hisoblagichni olib tashlash yo‘li bilan 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. gazeta.uz »
2025-02-20 22:23
Toshkent tumanida 17 yoshli bola o‘zidan 1 yosh katta tanishini bolalar maydonchasida pichoqladi. Jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi. gazeta.uz »
2025-02-15 09:03
Toshkent viloyati Bekobod shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 11,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shohobchasi egalariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2025-02-14 19:58
Bekobod tumanida fuqarolar noqonuniy ravishda qum qazib olgani aniqlandi. Fuqaro bu ishi bilan tabiatga 100 mlrd 627 mln so‘mdan ko‘proq zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. gazeta.uz »
2025-02-13 10:20
Toshkent viloyatida 28 yoshli ayol eri tomonidan o‘ldirilgani aytilmoqda. Erkak oilaviy janjaldan so‘ng ota uyiga kelgan xotinini zo‘rlik ishlatib mashinada olib qochib ketgan. Shundan so‘ng ayolning jasadi Olmaliq shahri hududidan topilgan. Marhumaning himoya orderi bo‘lgan. gazeta.uz »
2025-02-12 11:24
Olmaliq shahrida ona 8 yoshli bolasining barmoqlari va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib yoqdi. U buni farzandi ruxsatsiz uydagi shirinlikni yegani uchun jazolash maqsadida qilgan. Ayolga nisbatan jinoiy ish ochilib qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. gazeta.uz »
2025-02-11 12:13
Yangiyo‘l tumanida ikki fuqaro 4 tup shumtol daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Ular bu orqali tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »
2025-02-04 07:56
Angren shahrida 31 yoshli telefon ustasi tuzatish uchun qoldirilgan telefondan 9 mln so‘m yechib oldi. Erkak pulni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2025-01-31 15:24
Oqqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli ayol 37 yoshli turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklanganidan so‘ng komaga tushib, vafot etdi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, kaltaklashda erning onasi va boshqa qarindoshi ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »
2025-01-24 19:32
Olmaliq shahrida yashagan 51 yoshli ayol o‘tkir is gazidan zaharlanish ortidan yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Prokuratura tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
2025-01-24 12:34
23-dekabr kuni Bo‘stonliq tumanida 4 yoshli qiz onasining kaltaklashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgandi. Bola 15 kun o‘tib tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. gazeta.uz »
2025-01-08 11:53
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori bilan 2025-yil fevral oyidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti tariflari narxi oshirilmoqda. Ro‘yxat. gazeta.uz »
2025-01-08 10:34
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
2024-12-20 16:08
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi turmush qurganlar nikoh to‘yining ertasiga is gazidan vafot etgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, birga yashagan juftlik noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgan. gazeta.uz »
2024-12-16 18:47
Dalaguzar - Nazarbek temiryo‘li kesishmasida poyezd Damas`ni urib yubordi. Atrofdagi haydovchilar mashinani relsdan chiqarishga harakat qilgan, ammo harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan. gazeta.uz »
2024-12-16 07:38
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktabda informatika o‘qituvchisi qo‘shimcha dars vaqtida 15 yoshli o‘quvchini kaltakladi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
2024-11-29 07:19
Sud bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan va ularni uyi bilan birga yoqib yuborgan 29 yoshli erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U Jinoyat kodeksining besh moddasi, jumladan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish va bosqinchilik bo‘yicha aybdor deb topildi. gazeta.uz »
2024-11-28 12:31
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida shifokorlar aybi bilan homilador qiz va uning homilasi halok bo‘lgani haqida video tarqaldi. SSV shifokorlar bemorning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli operatsiya qilishga qaror qilganini ma’lum qildi. Tekshiruv ishlari boshlandi. gazeta.uz »
2024-11-21 21:00
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi issiqxona egasi uch yil davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 14 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazdi. gazeta.uz »
2024-11-21 09:11
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan 23 yoshli ayolning murdasi topildi. U bir necha kun oldin uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. gazeta.uz »
2024-11-12 08:30
Chirchiq shahrida 100 mingta layk uchun otasini urishga tayyorligini aytib video olgan yigit 15 sutkaga qamaldi. gazeta.uz »
2024-11-06 09:37
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi. Binoning ayrim qismlarida g‘isht mustahkam terilmagani aniqlangan. gazeta.uz »
2024-11-05 15:40
Dushanba kuni ertalab Ohangaron tumanida Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashib ketdi. Birozdan so‘ng avtoulovlarda qisqa tutashuv sabab yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, yong‘in o‘chirildi. gazeta.uz »
2024-11-04 08:19
Toshkent viloyati Bekobod tumanida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
2024-11-01 10:41
Oqqo‘rg‘on tumanidagi novvoyxona hojatxonasiga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi. U shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. gazeta.uz »
2024-10-17 14:55
Ancha vaqtdan beri sotilmagan obyektlar poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash evaziga beriladi. Bunda korxona ishchilarining 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak. gazeta.uz »
2024-10-15 14:51
Olmaliq shahrida Nexia 3 haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan 50 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi hodisa joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-10-08 07:27
Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘lda 30 ta kobra ilon ochiqlikka chiqib ketganini rad etdi. Aslida ularning 4 tasi qochib ketgan va qisqa vaqt ichida barchasi tutilgan. gazeta.uz »
2024-10-03 19:35
Yangiyo‘lda 4 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etishda gumonlanayotgan 41 yoshli erkak ushlandi. O‘rganishlar davomida uning yonida giyohvandlik moddasi topildi. Shuningdek, u ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »
2024-10-03 15:16
Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlanuvchi 30 dan ortiq kobra ilon qochib ketdi (Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan). Hozirda ishchi guruh xonadonlarda dorilash ishlarini olib bormoqda, fuqarolarga uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi. gazeta.uz »
2024-10-03 13:33