Ðåçóëüòàòîâ: 170

Ekologiya vaziri — Navoiyda havoning ifloslanishi va korxonalarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish haqida

Ekologiya vaziri Navoiy shahrida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba bo‘lishi mumkin bo‘lgan korxonani sudga berish topshirig‘ini berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, atrof-muhitni tartibga solishni kuchaytirish rejalashtirilgan, zararli chiqindilar uchun jarimalar bir necha barobarga oshiriladi. gazeta.uz »

2025-7-31 12:40

Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat yo‘lladi. U korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, byurokratiya va boshqa salbiy holatlar uchrab turganini ta’kidladi va bu bo‘yicha murojaat uchun qisqa raqam va Telegram bot qoldirdi. gazeta.uz »

2025-7-25 13:41

Rossiyaning sobiq transport vaziri vafot etdi, taxminiy versiya — o‘z joniga qasd qilish

Kursk viloyatining sobiq rahbari va Rossiya sobiq transport vaziri Roman Starovoyt, Tergov qo‘mitasi versiyasiga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilib vafot etdi. Putin uni bugun lavozimidan bo‘shatgandi. Rossiya OAV unga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgani va o‘lim bir sutka avval sodir bo‘lganini yozmoqda. gazeta.uz »

2025-7-7 16:45

Migratsiya, strategik va iqtisodiy hamkorlik. Slovakiya bosh vaziri — O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida

O‘zbekiston va Slovakiya tovar ayirboshlash hajmini 100 mln yevroga yetkazmoqchi, dedi Toshkentda bosh vazir Robert Fitso. U O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni sanab o‘tdi - aeroportlarda meteorologik tizimlarni modernizatsiyalash, transportda intellektual yechimlar, Angrenda ferroqotishma ishlab chiqarish. gazeta.uz »

2025-6-9 19:04

“Qayta ko‘rib chiqish imkoniyati bor”. Energetika vaziri o‘rinbosari — elektr energiyasi hisobini oilabay yuritish taklifi haqida

Qonunchilik palatasi deputati ba’zi xonadonlarda bittadan ortiq oila yashashi sabab elektr energiyasini xonadonbay emas, oilabay hisoblash kerakligi haqida fikr bildirdi. Energetika vaziri birinchi o‘rinbosari bu bo‘yicha deputatlar tomonidan taklifi kiritilsa, qayta ko‘rib chiqish imkoniyati borligini bildirdi. gazeta.uz »

2025-6-4 13:00