Ðåçóëüòàòîâ: 119

IIQK rahbari va yadrochi olimlar Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘ldi. Yana nimalar ma’lum?

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bosh qo‘mondoni Husayn Salamiy Isroilning Eronga uyushtirgan aviazarbalari oqibatida halok bo‘ldi. Shuningdek, Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, ikki yadrochi olim va o‘n nafar tinch aholi ham halok bo‘lgani aytilmoqda. Eron bunga javob qaytarishini bildirdi. gazeta.uz »

2025-6-13 06:21

O‘TTJ rahbari o‘rinbosari jamg‘armaning xarajatlari, S&P xulosalari, GTL’ning samaradorligi haqida

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi rahbari o‘rinbosari Olim Yusupov Gazeta’ga bergan intervyusida jamg‘armaning faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob berdi. Unga, xususan, S&P reyting agentligining jamg‘arma bo‘yicha izohlari, GTL qanchalik o‘zini oqlayotgani va fond xarajatlari haqida savollar berildi. gazeta.uz »

2025-6-11 10:01

“To‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz”. SARIO rahbari — O‘zbekiston va Slovakiya munosabatlari to‘g‘risida

Slovakiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi, dedi SARIO agentligi rahbari Robert Simonchich. Tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, transport kabi sohalarda yangi loyihalar rejalashtirilmoqda. Investitsiyalar vazirligi Slovakiya tajribasi O‘zbekiston iqtisodiyotini transformatsiya qilishda muhimligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-6-9 15:10

“O‘zbekiston iqtisodiy kelajagiga optimistik qaraydi” — IMV rahbari birinchi o‘rinbosari

O‘zbekiston global iqtisodiy beqarorlik sharoitida ham islohotlarga sodiq qoladi, dedi IMV rahbari birinchi o‘rinbosari. U Markaziy Osiyoda ishonch ortib borayotganini qayd etib, 2030-yilgacha aholi jon boshiga YIM hajmi $5000 ga yetishiga ishonch bildirdi va OTBga yangi hamkorlik formatlarini taklif qildi. gazeta.uz »

2025-5-6 19:31

Shavkat Mirziyoyev Yevropa diplomatiyasi rahbari bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini muhokama qildi

Prezident Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi YeI delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi, savdo-logistika, “yashil” energetika va transport yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-3-28 19:35

Shavkat Mirziyoyev Yevropa diplomatiyasi rahbari bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini muhokama qildi

Prezident Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi YI delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi, savdo-logistika, “yashil” energetika va transport yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-3-27 19:35

“O‘zatom” rahbari: Rossiyaning O‘zbekistondagi kichik AES reaktori — tajriba emas, balki sinovdan o‘tgan texnologiya

O‘zbekistonda kichik AESni qurish uchun Rossiya texnologiyasini tanlash 2018-yildagi kelishuv va sinovdan o‘tgan yechimlarning mavjudligi bilan bog‘liq, dedi “O‘zatom” rahbari. Unga ko‘ra, mamlakat tajriba uchun poligon bo‘lmaydi - Rossiyaning suv-suvli yadroviy reaktori quruqlikdagi stansiyalar uchun moslashtirilgan. gazeta.uz »

2025-3-24 23:12

O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov hamda YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi tayinlangan oliy vakili Kaya Kallas o‘rtasida ilk telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bu yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo - YI sammitini intiqlik bilan kutayotganini alohida ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-7 17:27

“O‘zavtosanoat” rahbari — mahalliylashtirish, millionta ish o‘rni yaratish va rivojlanish strategiyasi haqida

“O‘zavtosanoat” rahbari 2030-yilga borib mahalliylashtirish hisobiga importni 500 mln dollarga qisqartirish va milliondan ortiq ish o‘rni yaratishni reja qilayotganini ma’lum qildi. “Shuncha yildan beri davlat qo‘llab kelmoqda, uning rivojida salmog‘imizni ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan”, - dedi u. gazeta.uz »

2024-12-6 11:20

“Bu xatar”. Markaziy bank rahbari O‘zbekistonning gaz va neft ta’minotida Rossiyaga qaramligi haqida

O‘zbekiston gaz, neft va benzinning asosiy qismini Rossiyadan import qiladi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov ta’minotdagi bir mamlakatga qaramlik haqidagi savolga javob berib, bu xatar ekanini tan oldi va logistikadagi uzilishlar ichki narxlarga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-11-4 12:59

YXHT DIIHB missiyasi rahbari — O‘zbekistondagi deputatlar saylovini kuzatish jarayoni haqida

O‘zbekistondagi deputatlar saylovini YXHT DIIHBning 200 dan ortiq qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilari kuzatib bormoqda. Byuro missiyasi rahbari Duglas Ueykning tushuntirishicha, ularning vazifasi “saylov YXHT oldidagi majburiyatlar va boshqa xalqaro standartlarga qanchalik mos kelishini” baholashdan iborat. gazeta.uz »

2024-10-27 13:13

“Ulardan xabar olyapmiz” — SSV rahbari “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam haqida

Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudyarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytdi. Ayni vaqtda, u jurnalistlardan bolasini davolashda yordam ololmayotgan ota-onalarning e’tirozlariga doir ma’lumotlarni shaxsan taqdim etishni so‘radi. gazeta.uz »

2024-10-21 16:34

Chexiya TIV rahbari maqolasi: “Hamkorligimizdan maksimal darajada foydalanish uchun bizda hamma narsa bor”

Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy Toshkentga tashrifi munosabati bilan, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish borasidagi qarashlarini o‘rtoqlashdi. U Chexiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqalar, xususan, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-10-21 09:44

Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan maxsus xizmatlar hamkorligi masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik va boshqa xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2024-10-17 17:32

TIV rahbari BMTdagi nutqida iqlim o‘zgarishi, dunyodagi mojarolar va Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi

Baxtiyor Saidov BMTdagi chiqishida barcha davlatlarni iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik va texnologik tengsizlik muammolarini hal etishda global hamkorlikka chaqirdi. U O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlari sifatida barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va MOda tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashishni ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-9-26 08:27