Ðåçóëüòàòîâ: 73

Netanyahu o‘zining korrupsiya ishi bo‘yicha Isroil prezidentiga afv so‘ralgan ariza topshirdi

Binyamin Netanyahu o‘ziga qo‘yilgan pora olish, korrupsiya, firibgarlik kabi ayblovlar yuzasidan Isroil prezidentiga afv so‘rab rasmiy ariza topshirdi. Netanyahu 2020-yildan beri olib borilayotgan sud jarayonining to‘xtatilishi Isroilning milliy manfaatlariga javob berishini aytdi. U aylovlarni rad etib keladi. gazeta.uz »

2025-11-30 16:26

Toshkentda bolalarga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgan erkak ishi qo‘shimcha tergovgacha tekshiruvga qaytarildi

Toshkent shahri sudining apellyatsiya sudlov hay’ati voyaga yetmagan qizlarga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan erkakning ishini qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruvga qaytardi. Avvalroq birinchi instansiya sudi qaroriga ko‘ra gumonlanuvchi mayda bezorilik uchun bor-yo‘g‘i 5 sutkaga qamalgan edi. gazeta.uz »

2025-9-22 12:54

“Bir oyda salkam 2,5 mingta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, aksariyati giyohvandlik bilan bog‘liq” — IIV vakili

15-iyuldan 15-avgustgacha o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari davomida 2410 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. IIV Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashrapovga ko‘ra, gumonlanuvchilarni ushlash holatlari o‘tgan oyga nisbatan 50,7 foizga, qamoqqa olish choralarining qo‘llanishi esa 48 foizga oshgan. gazeta.uz »

2025-8-25 07:38

2024-yilda sudyalar faoliyatiga aralashish holatlari bo‘yicha 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2024-yilda sud ishlari va sudyalar faoliyatiga aralashuvlar bo‘yicha 3 holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 2 ta holat o‘rganilmoqda. “Sudyalarga nafaqat ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdid qilinyapti, balki davlat organlari tomonidan ta’sir o‘tkazish holatlari ham uchramoqda”, - dedi Sudyalar oliy kengashi vakili. gazeta.uz »

2025-2-20 16:20

Toshkent mehmonxonasida rossiyalik jurnalist o‘limi ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs ayblanmoqda

Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2025-1-10 16:04