Ðåçóëüòàòîâ: 107

Asosiy stavkani oshirish haqida gapirishga hali erta, valyuta kursi erkinligini saqlab qolish muhimroq — MB raisi Timur Ishmetov

Pul-kredit siyosatining qat’iylik darajasi yetarlicha yuqori, asosiy stavkani oshirish haqida gapirishga esa hali erta, dedi O‘zbekiston MB rahbari Temur Ishmetov. Uning so‘zlariga ko‘ra, regulyator uchun “hozir asosiy masala inflyatsiyadan ko‘ra, valyuta almashuv kursining erkinligini saqlab turish”. gazeta.uz »

2026-4-20 15:38

JSTga a’zolik muddati, avtomobillarga bojlar va proteksionizm haqida — Azizbek Urunov bilan intervyu

Ayrim davlatlarning hujjatlarni ko‘rib chiqishi cho‘zilayotgani bois O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi kechiqmoqda. Prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Azizbek Urunovga ko‘ra, a’zo bo‘lish doirasida tariflarni liberallashtirishda “sezgir” tarmoqlar uchun 8 yilgacha bo‘lgan o‘tish davrlari muhokama qilinmoqda. gazeta.uz »

2026-3-12 08:53

“Ortiq faqatgina tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”. Tramp Grenlandiyaga tahdidlarini unga “Nobel” berilmagani bilan izohladi

AQSh prezidenti Grenlandiyani anneksiya qilish tahdidlari fonida Norvegiya bosh vaziriga maktub yo‘lladi. Unda Norvegiyadagi Nobel qo‘mitasi unga tinchlik uchun Nobel mukofotini bermaganidan so‘ng o‘zini “ortiq faqat tinchlik haqida o‘ylashga” majbur deb his qilmasligini yozgan. gazeta.uz »

2026-1-20 19:58

So‘m mustahkamlanmoqda, volatillik kuchaymoqda. MB — milliy valyutaga ishonch ortayotgani haqida

So‘mning mustahkamlanishi milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni oshirdi - MB tahliliga ko‘ra, so‘m depozitlari 23% ortdi, dollarlashuv pasaydi, banklarga valyuta sotish uchdan biriga o‘sdi. Regulyator, maydan mustahkamlana boshlagan bo‘lsa ham, real effektiv kursning qisqarganini qayd etmoqda. gazeta.uz »

2025-10-22 18:37

Andijonda Instagram’da jihod haqida guruh ochgan maktab o‘quvchilariga jinoiy ish ochildi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida Instagram va Telegram’da guruh ochib, shahidlik va jihod qilish haqida videolar tomosha qilgan 9 nafar maktab o‘quvchisi aniqlandi. Ular taqiqlangan materiallar bilan tanishib, diniy qarashlari o‘zgargan hamda o‘zlariga taxallus qo‘yib, Suriyaga ketishni rejalashtirgan. gazeta.uz »

2025-10-10 19:04

Prezident — O‘zbekiston kambag‘allikka qarshi qanday kurashayotgani haqida

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha bandlik, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya va infratuzilmani qamrab oluvchi kompleks dastur amalga oshirilmoqda. Prezident e’tibor nafaqat aholining kam ta’minlangan qatlamini ish bilan ta’minlash, balki barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilayotganini aytdi. gazeta.uz »

2025-9-17 13:19

“Raqobatchidan sertifikat olish”. Tadbirkor shisha importining murakkablashgani haqida shikoyat qildi

O‘zbekistondagi shisha importchilari 2 ta to‘siqqa duch keldi. Shishaning turi va qalinligidan qat’i nazar, bazaviy narx hamda majburiy sertifikatlash joriy etildi. Sinov faqat “Kvars” zavodi laboratoriyasida o‘tkazilayotgani manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmoqda. gazeta.uz »

2025-8-16 15:18

Tramp ma’muriyati xorijdagi AQSh diplomatlariga xorijiy saylovlar haqida fikr bildirmaslikni buyurdi — Reuters

AQSh Davlat departamenti amerikalik diplomatlarga xorijiy davlatlardagi saylovlarning qanday o‘tayotgani bo‘yicha fikr bildirishdan tiyilishni buyurdi, deb yozmoqda Reuters. Shuningdek, departament bundan buyon saylov bilan bog‘liq bayonotlar bermaydi va ijtimoiy tarmoqlarda postlar e’lon qilmaydi. gazeta.uz »

2025-7-18 13:52

Kinotavsiya: eronlik Ja’far Panahining murakkab rejissyorlik faoliyati haqida hikoya

Bu yil dunyodagi eng nufuzli kinotaqdimot - xalqaro Kann festivalida eronlik Ja’far Panahining “Oddiy tasodif” filmi bosh mukofot - “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi. “Kinotavsiya”ning navbatdagi sonida Sarvar Karimov Panahining murakkab ijod yo‘li va suratga olgan filmlari haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-7-9 19:58

“Yosh iqlim chempionlari”ni 50 ishtirokchi tamomladi. Loyiha haqida nimalar ma’lum?

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Yosh iqlim chempionlari” loyihasining ilk mavsumini 50 ishtirokchi tamomladi. Ular yil davomida 17 ming tengdoshini atrofida birlashtirib, 3 ming tup daraxt ekdi, 13 tonna chiqindini yig‘ib, saraladi. Loyiha haqida. gazeta.uz »

2025-6-29 09:56

“Saylov haqida bir kun oldin aytishdi”, “Nomzodlar ko‘proq bo‘lishi kerak”. Mahalla raislari saylovlari qanday o‘tdi?

O‘zbekistonda 1,5 oy davom etgan mahalla raislari saylovlari yakuniga yetdi. Gazeta muxbiri gaplashgan ayrim fuqarolar saylov va nomzodlar haqida bir kun oldin e’lon qilinganini ta’kidladi. “Kech eshitganim uchun ham saylovga bormadim”, “Menimcha, erkak kishi rais bo‘lgani yaxshiroq, bitta gapiradi” deydi ular. gazeta.uz »

2025-6-21 09:20

“Bizga Rossiyaning jasur qo‘shinlari haqida so‘zlab berishadi” — Toshkentdagi Rossiya universiteti talabasi

Meduza nashri “O‘quvchilar nigohida urush” rubrikasi doirasida Moskvadagi Gubkin neft va gaz universitetining Toshkent filiali talabasidan kelgan xatni e’lon qildi. “Har hafta universitetda ma’ruzalar o‘qishmoqda, bizga Rossiyaning jasur qo‘shinlari haqida so‘zlab berishadi”, - deydi talaba. gazeta.uz »

2025-4-14 23:53