Chustdagi AYQShda sisterna portlashi tufayli ishchi halok bo‘ldi
Namanganning Chust tumanidagi faoliyati tugatilgan AYQShda 10 tonnali yonilg‘i saqlash sisternasi ko‘chirilayotganda portladi. Oqibatda payvandlovchi ishchi halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Halok - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Namanganning Chust tumanidagi faoliyati tugatilgan AYQShda 10 tonnali yonilg‘i saqlash sisternasi ko‘chirilayotganda portladi. Oqibatda payvandlovchi ishchi halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Qumqo‘rg‘on tumanida Cobalt va Nexia 2 avtomobillari o‘zaro to‘qnashdi. Oqibatda mashinada bo‘lgan 62 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi. Yana bir yo‘lovchi ayol shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida yengil avtomobil va 2 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH bo‘ldi. OAV yuk mashinalarining haydovchilari O‘zbekiston fuqarolari ekani, ularning biri halok bo‘lgani, boshqasi jiddiy jarohatlanganini yozmoqda. gazeta.uz »
Urganch tumanida 20 yoshli haydovchi Cobalt mashinasida yo‘lni kesib o‘tayotgan skuterni urib yubordi. Oqibatda skuter haydovchisi olgan jarohati tufayli voqea joyida vafot etdi. gazeta.uz »
Namangan viloyatida Gentra’ni poyezd urib ketdi. Voqea oqibatida mashina ichidagi barcha - besh ayol va kichik bola vafot etdi. Mashina haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish korxonasida portlash yuz berdi, oqibatda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Migratsiya agentligi marhumlarning jasadini vatanga qaytarish ishlarini tashkil etmoqda. gazeta.uz »
Angrenda sodir bo‘lgan mudhish YTH qurbonlari soni 11 kishiga yetdi (avvalroq 7 kishi halok bo‘lgani, 5 kishi jarohatlangani aytilgandi). Bu Farg‘ona viloyati hokimining vaqt o‘tib yashirilgan farmoyishidan kelib chiqadi. gazeta.uz »
“Do‘mbirobod siti” hududida qurilish krani qulab tushishi oqibatida uning 25 yoshli boshqaruvchisi halok bo‘ldi. Yana ikki ishchi shifoxonaga yotqizildi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, montaj tashkiloti jarayon paytida texnik talablarga rioya etmagan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Tataristonda Nexia va MAN yuk avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Vafot etgan fuqarolarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. gazeta.uz »
Angrendagi trassada benzovoz, yuk mashinasi va bir nechta yengil avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in kelib chiqdi va harakat butunlay to‘xtadi. 7 kishi halok bo‘ldi, yana 9 kishi turli darajada jarohatlandi. gazeta.uz »
Afg‘onistonning to‘rt provinsiyasida kuzatilgan 6 magnitudali zilzila oqibatida kamida 812 kishi halok bo‘ldi, 2800 dan ortiq inson jarohatlandi. Qidiruv ishlari ketmoqda. Ko‘plab qishloqlar butunlay vayron bo‘lgan, aholi gumanitar yordamga muhtoj. Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi. gazeta.uz »
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi Kuragin tumanidagi “Artyomovskiy rudnik” konida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi. Tog‘ jinslarini parmalash ishlari vaqtida tog‘ massasi qulab tushgan. Ishchi uyumlar ostida qolib, olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan. Prokuratura tekshiruv olib bormoqda. gazeta.uz »
Hirotdan Kobulga yo‘l olgan avtobus yuk mashinasi va mototsikl bilan to‘qnashib, yonib ketdi. Avtobusda Erondan deportatsiya qilingan afg‘on muhojirlari olib ketilayotgandi. Oqibatda 78 kishi halok bo‘ldi, ulardan kamida 17 nafari bolalardir. gazeta.uz »
Turkiyaning Balikesir viloyatida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. 29 kishi jarohatlandi, 81 yoshli fuqaro halok bo‘ldi. 16 ta bino shikastlangan, ularning ko‘pi tashlandiq. Hududda tonggacha o‘nlab aftershok qayd etildi. Video. gazeta.uz »
Kiyevda turar joy binosi vayronalari ostidan yana 11 kishining jasadi topildi. Rossiyaning 31-iyulga o‘tar kechasi berilgan zarbasi tufayli pod’ezd vayron bo‘lgan. Hujum oqibatida jami 28 kishi, jumladan, uch bola halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Rossiyaning Kiyevga hujumi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi, ular orasida bolalar ham bor. Raketalardan biri turar joy binosiga kelib tushdi, u yerda pod’ezd quladi. gazeta.uz »
Tailand va Kambodja rahbarlari, garchi ikkala tomon ham bir-birini bahsli hududlardagi hujumlarda ayblayotgan bo‘lsa-da, tinchlik muzokaralari uchun Malayziyada uchrashadi. Qurbonlar soni 30 dan oshdi, chegara hududlardan 200 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. gazeta.uz »
Farg‘onaning Quva tumanida quvib o‘tish qoidasini buzgan Nexia 3 yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi. Mashinadagi yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana biri shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida 17 yoshli bola Nexia-3 mashinasida jarlikka quladi. U hodisa joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida gaz quyish shoxobchasida portlash, uning ortidan yong‘in yuzaga keldi. 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib bordi. gazeta.uz »
Xorazmda 15 va 14 yoshli o‘smir qizlar yetti qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab, vafot etdi. Holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. gazeta.uz »
Turkiyaning Aydin viloyatida sodir bo‘lgan otishmada 35 yoshli o‘zbekistonlik ayol boshdan olingan jarohat sabab halok bo‘ldi. 5 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Marhum jasadini O‘zbekistonga yuborish choralari ko‘rilmoqda. gazeta.uz »
Rossiyada jinoyat qilib qamalgan, so‘ngra Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilgan O‘zbekiston fuqarosi Romitan tumani sudi tomonidan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ayblanuvchi harbiy harakatlar uchun tayyorgarlik vaqtida raketa zarbasidan yaralangan. U shifoxonadan chiqib, O‘zbekistonga qaytib kelgan. gazeta.uz »
Boysun tumanidagi gaz zapravkada Nexia 2 avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi. Hodisa oqibatida mashina yaqinida bo‘lgan haydovchi halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Suriya poytaxtidagi yunon pravoslav cherkovida sodir etilgan terakt oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Mamlakat rasmiylari javobgarlikni “Islom davlati”ga yukladi. gazeta.uz »
Urgut tumanida Nexia 3 avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinada bo‘lgan Urgut tuman sudining 39 yoshli raisi voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Aprel oyida Dubayda o‘zbekistonliklar ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘lgandi. Xorijiy OAVning yozishicha, janjal tufayli ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ishga aloqador 11 kishi, jumladan, asosiy gumondorlar qo‘lga olingan. gazeta.uz »
Parkent tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola suv havzasida cho‘kib, vafot etdi. U yerda xavf haqida ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilmagani, aholiga tushuntirish ishlari olib borilmagani va havzani bartaraf etish choralari ko‘rilmagani sabab mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bosh qo‘mondoni Husayn Salamiy Isroilning Eronga uyushtirgan aviazarbalari oqibatida halok bo‘ldi. Shuningdek, Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, ikki yadrochi olim va o‘n nafar tinch aholi ham halok bo‘lgani aytilmoqda. Eron bunga javob qaytarishini bildirdi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida tunda mototsikl va skuter o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 25 va 26 yoshli haydovchilar vafot etdi. gazeta.uz »
5-may kuni Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketayotgan qizni qutqarish jarayonida fuqaro Abdumannop Samiqov halok bo‘lgandi. Gazeta voqea haqida reportaj tayyorlagandi. Shavkat Mirziyoyev Samiqovni va ushbu jarayonda qatnashgan Nurmuhammad Mamasaliyevni “Jasorat” medali bilan mukofotladi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida skuter haydovchisi Damas avtomobili bilan to‘qnashdi. Oqibatda mototransport haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Kadrlarda Damas’ning ag‘darilib ketgani ko‘rinadi. gazeta.uz »
Sayxunobod tumanida sizot suvlarini saqlovchi quduqni tozalash uchun tushgan 67 yoshli erkak hamda uni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘g‘li va qo‘shnisi gazdan zaharlanib vafot etdi. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Bo‘rijar qirg‘og‘ining bir qismida sayr zonasi barpo etilmoqda, minglab daraxtlar kesilgan. Ishlar xavfsizlik talablarini buzgan holda olib borilyapti. 5-may kuni kanalga tushib ketgan ikki qizchadan birini qutqarishga shoshilgan 43 yoshli Abdumannop Samiqov cho‘kib ketdi. Rasmiylar izoh berishdan bosh tortmoqda. gazeta.uz »
Buxoro shahrida ekskavator haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni bosib ketdi. Oqibatda piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. Hozirda tergov harakatlari boshlangan. gazeta.uz »
Kursk viloyatidagi mehmonxonaga qilingan havo hujumi oqibatida 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Hujum sabab fuqaroligi ma’lum qilinmagan yana ikki erkak jarohatlangan. gazeta.uz »
Samarqandda uch qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi, oqibatda bino qulab tushdi. Olti kishining jasadi topilgan. gazeta.uz »
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yoqilg‘i shoxobchasida solyarka saqlash sig‘imida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 fuqaro vafot etdi, 1 fuqaro jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Tunda Hindiston hukumati “terrorchilik” infratuzilmasiga hujum deya “Sindur operatsiyasi” doirasida Pokistonning to‘qqizta obyektiga zarba berdi. Kamida 8 kishi halok bo‘lgani ma’lum. Pokiston uchta hind samolyoti va bitta dronini urib tushirdi, 2 kunga havo hududini yopdi. gazeta.uz »
Farg‘ona tumanida Nexia 3 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Tico bilan to‘qnashdi. Oqibatda Tico`ning 65 yoshli haydovchisi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yuborildi. gazeta.uz »
O‘tgan yili O‘zbekistonda mehnat jarayoni bilan bog‘liq 868 ta baxtsiz hodisa kuzatildi. Oqibatda 261 nafar kishi vafot etdi. Bandlik vazirligiga ko‘ra, xodimlar yoki ularning oila a’zolariga 3 mlrd so‘mdan ziyod tovon pullari undirib berildi. gazeta.uz »
Yunusobod tumanida Hyundai Elantra urib yuborgan 39 yoshli Kavasaki mototsikli haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtomobil haydovchisi belgilanmagan yo‘ldan qayrilgani aytiladi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Rossiyaning Astraxan viloyatida o‘zbekistonlik oila YTHga uchrab, ota-ona halok bo‘ldi, ularning 11 yoshli o‘g‘li jarohat oldi. Bolalar ombudsmani ko‘magi bilan bola O‘zbekistonga qaytarildi va xolasining qaramog‘iga topshirildi. gazeta.uz »
Rossiyaning Ukrainaga yirik zarbasi oqibatida Kiyevda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq kishi jarohatlandi. Hammasi bo‘lib mamlakatning to‘qqizta hududi o‘qqa tutildi. gazeta.uz »
Rossiyaning Ukrainaga yirik zarbasi oqibatida Kiyevda kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 90 kishi jarohatlandi. Hammasi bo‘lib mamlakatning to‘qqizta hududi o‘qqa tutildi. gazeta.uz »
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida otasining Gentra mashinasini do‘stlari bilan ruxsatsiz minmoqchi bo‘lgan 14 yoshli bola yuk mashinasiga borib urildi. Salondagi 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana ikki nafari o‘ta og‘ir ahvolda. gazeta.uz »
Rossiyaning Saratov viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Lada Largus yo‘lda turgan yuk avtouloviga urildi, yengil avtomobil yonib ketdi. Oqibatda bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, 5 kishi jarohat oldi. gazeta.uz »
Bektemir tumanida yuk mashinasi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 56 yoshli fuqaroni urib yubordi. Oqibatda piyoda voqea joyida vafot etdi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bog‘ida sherlar hujum qilib, qorovul halok bo‘lgani yuzasidan bog‘ direktoriga sud hukmi o‘qildi. Unga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Rossiya Krivoy Rogga zarbalar yo‘lladi, oqibatda 18 kishi halok bo‘ldi, ularning yarmi bolalar. Shuningdek, 61 kishi jarohatlandi. Rossiya zarba “harbiylarning restorandagi yig‘ilishiga qaratilgan”ini aytdi. gazeta.uz »