Đĺçóëüňŕňîâ: 273

Yaponiyada o‘zbekistonlik kar va zaif eshituvchi yoshlarning fotoko‘rgazmasi ochildi

Tokioda o‘zbekistonlik kar va zaif eshituvchi ijodkorlarning fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ularning xorijdagi ilk mukammal namoyishi ekanligi bilan e’tiborga molik. Fotosuratlar O‘zbekistonning tabiati, aholi turmush tarzi va an’analari, hunarmandchilik hamda turli sport musobaqalari haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-11-20 15:53

AQSh kompaniyasi o‘zbekistonlik mutaxassislarni kosmik missiyalariga jalb qilishi mumkin

AQSh xususiy aerokosmik kompaniyasi - Vast o‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘zining Haven-2 loyihasi doirasidagi missiyalariga jalb qilishi mumkin. Sherzod Shermatov va kompaniya vitse-prezidenti Rich Leshner o‘rtasidagi uchrashuvda bu bo‘yicha kelgusi qadamlarni belgilab beruvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. gazeta.uz »

2025-11-10 10:58

Kiberfiribgarlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik 20 yoshli yigit Turkiyadan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonlik 20 yoshli Umid Zohirjonov Turkiyadan deportatsiya qilindi. U vatanda kiberfiribgarlik sodir etib, 10 dan ortiq fuqaroning mablag‘ini o‘zlashtirishda ayblanmoqda va qidiruvda edi. Bosh konsulxona javobgarlikdan qochib, chetda yashayotganlarni jinoiy ta’qib etish davom ettirilishini eslatdi. gazeta.uz »

2025-11-7 12:05

Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mavsumiy ishchilarni E-8 vizasi bo‘yicha qabul qilishni tiklaydi

Janubiy Koreya yana O‘zbekiston fuqarolarini mavsumiy ishlar uchun E-8 vizasi bilan qabul qiladi. Migratsiya agentligi va Kyonsan-Namdo provinsiyasi ma’muriyati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sakkiz oylik shartnomalar asosida Toshkent viloyatidan ishchilar yollash bo‘yicha kelishuv imzolandi. gazeta.uz »

2025-10-16 19:29

O‘zbekistonlik yoshlarga til o‘rganish uchun “2+6” dasturi asosida subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekistonlik yoshlarga til o‘rganish uchun “2+6” dasturi asosida yarim yil uchun oyiga BHMning 2 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar ajratiladi. Bunda talabgor til bilishning kamida minimal ko‘rsatkichli sertifikatiga ega bo‘lishi va dastlabki 2 oylik o‘qish xarajatini o‘z hisobidan to‘lashi lozim. gazeta.uz »

2025-10-10 07:54

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Rossiyadagi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi

Rossiyaning Arxangelsk shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Rossiya rasmiylari uning qurilish asboblarini tashiyotgan paytda muvozanatni yo‘qotib, beton plitaga qulaganini bildirdi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi holatni nazoratga oldi. gazeta.uz »

2025-10-8 10:58

Saudiya Arabistonida maishiy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida maishiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi. U xorijlik turmush o‘rtog‘ining g‘ayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan va O‘zbekistonga qaytarishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan. Unga viza rasmiylashtirilib, O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi. gazeta.uz »

2025-8-14 09:13