O‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minov YI sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi
Yevropa Ittifoqi o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovni Rossiya porox zavodlariga paxta sellyulozasi yetkazib berishga aloqador deb hisoblab, 19-sanksiyalar paketiga kiritdi. Yevropa Ittifoqi hujjatlarida Mo‘minovda uchta davlat - O‘zbekiston, Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligi borligi ham qayd etilgan. gazeta.uz »
