Ðåçóëüòàòîâ: 55

Aprelda O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 7 foizgacha sekinlashdi. Oy va yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?

Aprelda O‘zbekistonda oylik inflyatsiya 0,6% darajasida o‘zgarishsiz saqlanib, yillik inflyatsiya 7% gacha sekinlashdi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlaridan bulg‘or qalampiri - 10,3%, kartoshka - 6,5%, olma - 4,5%, tuxum - 3,6%, go‘sht o‘rtacha 3,5% ga qimmatlashdi. Benzin narxlari 1,4% ga oshdi. gazeta.uz »

2026-5-8 12:46

O‘zbekistonda depozit stavkalari so‘nggi 4 yillik minimumgacha pasaydi, davlat banklari o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

O‘zbekistonda so‘mdagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalar 2022-yildan beri eng past darajaga tushdi, omonatlarning umumiy hajmi esa o‘sishda davom etmoqda. Ayni paytda davlat ishtirokidagi banklar o‘sish sur’atlari bo‘yicha xususiy banklarni ortda qoldirib, aholi omonatlari bozoridagi o‘z ulushini oshirmoqda. gazeta.uz »

2026-4-29 11:25

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi, lekin YIM o‘sishi bo‘yicha prognozlarni yaxshiladi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Inflyatsiya yillik hisobda 7,1 foizgacha pasaydi, iqtisodiyot prognozlardan tezroq o‘smoqda, biroq tashqi xatarlar va mamlakat ichidagi barqaror inflyatsion bosim pul-kredit siyosatini yumshatish imkonini bermayapti. gazeta.uz »

2026-4-29 09:42

“Maktab maktabligicha qolishi uchun kurashdik”. Poytaxt aholisiga 10 yillik murojaatlardan so‘ng 72-sonli maktab qaytariladi

Toshkentda maktablar tanqis bo‘lsa-da, 2015-yilda 72-sonli maktab yopilgan. Undan avval bolalar institut bilan bir binoda, hatto koridorlarda o‘qigan. O‘sha davrda maktablarni “optimallashtirish” odatiy hol edi, ammo vaziyatni o‘zgartirishga endigina erishildi. Bu g‘ayrioddiy kurash haqida Gazeta hikoya qiladi. gazeta.uz »

2026-2-12 12:31

180 foizgacha yillik stavkalar. MB — kreditlarni kechiktirganlik uchun banklarning sanksiyalari haqida

MB ayrim banklar kredit shartnomasi bo‘yicha kechiktirilgan to‘lov summasi uchun ortiqcha foizlar (180 foizgacha), karrasiga yuqori kunlik penya va asossiz jarimalar qo‘llayotganini ma’lum qildi. Banklar kreditni o‘z vaqtida undirishdan ko‘ra uning kechikishidan ko‘proq manfaatdor bo‘lib qolmoqda, deydi regulyator. gazeta.uz »

2026-1-22 11:25

O‘ttiz yillik yaqinlashuv: O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi munosabatlar tarixi

O‘zbekiston va YeI Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash arafasida. Ushbu tadbir oldidan Gazeta munosabatlarning 31 yillik evolyutsiyasini ko‘rib chiqadi - siyosiy sovuqlik va savdo cheklovlaridan ko‘p million dollarlik investitsiyalar va qo‘shma mintaqaviy loyihalarda ishtirokkacha. gazeta.uz »

2025-10-23 21:11

Maktabdagi so‘nggi 6 yillik baholar OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydigan bo‘ldi

19-iyul kuni qabul qilingan prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotdi. gazeta.uz »

2025-7-22 08:38

Samarqand va Dushanbe o‘rtasidagi muntazam aviareyslar 7 yillik tanaffusdan keyin qayta tiklandi

20-iyuldan boshlab Samarqand - Dushanbe - Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yildi. Reyslar O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishdagi birinchi aviareys 2018-yil iyuli oxirida amalga oshirilgan, ammo avgust oxirida to‘xtatilgan edi. gazeta.uz »

2025-7-21 12:29

O‘zbekistonda qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmini 7 tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston zargarlik buyumlari eksportini 300 mln dollarga yetkazishni reja qilmoqda. 2028-yilning iyuligacha tarmoq uchun butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Qimmatbaho metallar sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berganlik uchun jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot beriladi. gazeta.uz »

2025-7-7 15:31

“O‘zbekiston xalqining 30 yillik orzusi”. Prezident — kengashlarga hokimlar raisligi taqiqlangani haqida

Prezident hokim va kengash raislari vakolatlarining taqsimlanishini xalqning 30 yillik orzusini o‘zida mujassam etgan siyosiy islohot, deb atadi. Shuningdek, hokimlarning yanada ko‘proq vakolatlarini kengashga o‘tkazish, tuman va shaharlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2024-11-19 18:16

“Yevropa O‘zbekistonning ming yillik tarixidagi yangi bobda hamkoringiz bo‘lishni istaydi” — Ursula fon der Lyayen

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen O‘zbekiston va Yevropa misli ko‘rilmagan darajada bir-biriga yaqinlashganini ta’kidladi. “Sherikligimizning eng yaxshi kunlari hali oldinda”, - dedi u “O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” biznes-forumining ochilish marosimidagi videomurojaatida. gazeta.uz »

2024-11-6 14:20