4 va 6-iyul kunlari O‘zbekistonning qator viloyatlariga sel kelishi mumkin
O‘zgidromet 4 va 6-iyul kunlari qator viloyatlarning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. gazeta.uz »
Qator - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
O‘zgidromet 4 va 6-iyul kunlari qator viloyatlarning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Amerikaga oid sanoat mollari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining keng ro‘yxati uchun tariflarni bekor qilish yoki kamaytirish majburiyatini oldi. AQSh esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston tovarlariga nisbatan tarif choralarini Amerika qonunchiligi doirasida “ijobiy ko‘rib chiqish” niyatida. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari qo‘shma loyihalarga start berdi. Volkswagen avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish, Andijonda logistika markazini ochish, zamonaviy imtihon markazlarini tashkil etish shular jumlasidan. gazeta.uz »
1-sentabrdan boshlab konsert, kinematografiya, bolalar kontenti sohasidagi tashkilotlar, shuningdek, nodavlat teatrlar deyarli 10 yil muddatga qator soliqlardan ozod qilinadi. Nodavlat teatrlar va teatr-studiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 10 milliard so‘m ajratiladi. gazeta.uz »
1-yanvardan boshlab ilmiy darajalar berishda chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, dissertatsiya avtoreferatini chop etish, dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’lon berish, dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o‘tkazish kabi talablar bekor qilinadi. gazeta.uz »
9-avgustdan tijorat banklari uchun ichki nazorat qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kiradi. Ular operatsiyalarni tekshirish uchun yangi chegaraviy miqdorlarni, o‘tkazmalarda jo‘natuvchilar va oluvchilar haqidagi kengaytirilgan ma’lumotlarni, shubhali operatsiyalarning yangi mezonlarini nazarda tutadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Buxoroda Qozog‘iston prezidentiga noyob arxiv hujjatlarining nusxalarini topshirdi. Gap Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy hamda Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegim maqbaralariga oid 1920−1950-yillarga tegishli hujjatlar, chizma va fotomateriallar haqida bormoqda. gazeta.uz »
Centrum Air aviakompaniyasi jahon bozorlarida aviatsiya yonilg‘isi keskin qimmatlashishi tufayli ayrim xalqaro yo‘nalishlardagi tariflarga “tuzatishlar” kiritilishini ma’lum qildi. O‘zbekistonning boshqa aviatashuvchilari esa hozircha tariflar qayta ko‘rib chiqilishi haqida xabar bermagan. gazeta.uz »
O‘tgan yil va joriy yil boshida O‘zbekiston dorixonalarida dori-darmon narxlarini oshirish bilan bog‘liq 414 mingdan ortiq holat aniqlandi. Asossiz 8,5 mlrd so‘m daromad olingan. Oltita kompaniyaning litsenziyasi bekor qilindi. gazeta.uz »
O‘tgan yil va joriy yil boshida O‘zbekiston dorixonalarida dori-darmon narxlarini oshirish bilan bog‘liq 414 mingdan ortiq holat aniqlandi. Asossiz 8,5 mlrd so‘m daromad olingan. Oltita kompaniyaning litsenziyasi bekor qilindi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri Islomobodda o‘tkazilgan qo‘shma biznes-forumda ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika va tibbiyot, yengil sanoat, geologiya, to‘qimachilik, agrosektor va boshqa sohalarni hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatdi. gazeta.uz »
O‘zbekistondagi bir necha OAV va faollar Meta tomonidan ularning Instagram’dagi akkauntlari qandaydir qoidabuzarliklarga ishora qilib o‘chirib qo‘yilgani haqida xabar berishdi. Ekofaol Mo‘’tabar Xushvaqtova va uning “Yashil uyim” loyihasi, Hook Report va Sarpa Media nashrlarining sahifalari ishlamayapti. gazeta.uz »
Yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari joriy etilmoqda: bunday mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromad foyda solig‘idan ozod etiladi, uskunalar qiymati mol-mulk solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi. gazeta.uz »
“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi raisi Abdug‘ani Sanginov Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlarini yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun lavozimlaridan ozod etdi. U bazalar faoliyatini sog‘lomlashtirish, moliyaviy-intizomiy holatni yaxshilash kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning qator hududlaridagi metan zapravkalar ish soatiga cheklov kiritish boshlandi. Xususan, Toshkent shahridagi 78 ta metan zapravka soat 06:00 dan 23:00 gacha ishlaydi. Ro‘yxat. gazeta.uz »
Payshanba kuni Toshkentning ayrim tumanlari va O‘zbekistonning qator viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtdagi havo sifati so‘nggi 24 soat ichida me’yoriy darajaga yaqinlashdi, biroq ayrim hududlarda iflosligicha qolmoqda. gazeta.uz »
Deputatlar Ma’muriy kodeksga o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Ular odometr ko‘rsatkichlarini o‘zgartirganlik uchun javobgarlik, bolalar ishtirokidagi ma’muriy ishlarni ko‘rishda psixolog ishtiroki, maxsus huquqlardan mahrum qilish muddatini qisqartirish va sudyadan voz kechish huquqini nazarda tutadi. gazeta.uz »
Donald Tramp amerikalik iste’molchilarning narxlar oshishidan noroziligi kuchayib borayotgani fonida 200 dan ortiq oziq-ovqat mahsulotiga nisbatan bojlarni bekor qildi. Bu Tramp pozitsiyasidagi keskin o‘zgarish bo‘lib, u uzoq vaqt davomida o‘zi joriy qilgan tariflar inflyatsiyaga hissa qo‘shmasligini aytib kelgan. gazeta.uz »
Prezident davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Tibbiyot muassasalari va ularning xodimlari o‘rtasida har yili tanlov o‘tkaziladi, shuningdek, ayrim imtiyozlar joriy etiladi. gazeta.uz »
Andijon viloyati Buloqboshi tumanida Xitoy bilan hamkorlikda 350 mln dollarlik sanoat va qurilish loyihasi boshlandi. Uning doirasida shiferdan tortib yo‘lak plitkasigacha ishlab chiqaruvchi korxonalar, logistika markazi va Buloqboshi City qurish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »
25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni arafasida prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun qator soha vakillarini orden va medallar bilan taqdirladi. gazeta.uz »
Yevropa Ittifoqi navbatdagi sanksiyalar paketini ma’qulladi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi banklarga ham sanksiya qo‘llanildi. Xususan, ro‘yxatga VTB-Qozog‘iston, “Dushanbe Siti bank”, “Spitamen bank” hamda Qirg‘izistondagi Yevroosiyo jamg‘arma banki kiritilgan. gazeta.uz »
Prezident QQS ma’murchiligini takomillashtirish va uni qaytarishni nazarda tutuvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni buyurdi. Gap bu soliqni to‘lovchilarni soddalashtirilgan ro‘yxatga olish, marketpleys orqali eksport uchun QQS qaytarish, mehmonxona va tibbiyot biznesini qo‘llab-quvvatlash haqida bormoqda. gazeta.uz »
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi sentabr oyida O‘zbekistonning ayrim shaharlariga parvozlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Xususan, 14-sentabrdan Moskvadan Buxoroga, 15-sentabrdan Moskvadan Urganchga, 16-sentabrdan Sankt Peterburgdan Samarqandga yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »
2026-yildan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar 1 yil davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi, QQS to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi. Xususan, Zafar Hoshimov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” unvoni, Jahongir Ortiqxo‘jayev esa “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. gazeta.uz »
Migratsiya agentligi qator davlatlarda migrantlarni urushga yollash ko‘payayotganini aytib, o‘zbekistonliklarni bunday mojarolarda ishtirok etish jinoiy javobgarlikka olib kelishidan ogohlantirdi. Yaqinda “Xochu jit” loyihasi yil boshidan beri Rossiya kamida 902 nafar o‘zbekistonlikni urushga yollaganini yozgandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 9-sentabrdan qator yo‘lovchi poyezdlari tezligi yana oshiriladi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” 16-iyun kuni anomal issiq tufayli shaharlararo poyezdlar harakati tezligi cheklanishini ma’lum qilgandi. gazeta.uz »
Isroil anklav aholisiga yordam yetkazish uchun G‘azoning uchta tumanidagi janglarda kunlik tanaffuslar e’lon qildi. Qaror xalqaro bosim va gumanitar tashkilotlarning sohadagi ocharchilik haqidagi ogohlantirishlari fonida qabul qilindi. gazeta.uz »
Prezident yoshlar bilan uchrashuvda bir guruh ilg‘or yigit-qizlarga “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini topshirdi. “Farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi, albatta, yorug‘ bo‘ladi”, - ta’kidladi u. gazeta.uz »
Prezident Matbuot va OAV xodimlari kuni arafasida qator soha xodimlarini orden va faxriy unvonlar bilan taqdirladi. Jumladan, Gazeta muharriri Elina Sakayeva “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi. gazeta.uz »
Vetnam sakkizta jinoyat, jumladan, hukumatni ag‘darishga harakat, josuslik, davlat mulkini talon-toroj qilish kabilar uchun o‘lim jazosini bekor qiladi. Ushbu jinoyatlar uchun endi maksimal jazo umrbod qamoq bo‘ladi. gazeta.uz »
Saidlaziz Saidkarimov, Utkirjon Kodirov va Jaxongir Ibragimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident administratsiyasidagi lavozimlaridan ozod etildi. gazeta.uz »
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Amerikaning bir qancha nomi oshkor etilmagan amaldorlari va ularning oilalari uchun viza cheklovlarini e’lon qildi. Bu kubalik ishchilarni ekspluatatsiya qilish elementlarini o‘z ichiga olgan Kuba tibbiy missiyasi dasturlari bilan bog‘liq, deydi Rubio. gazeta.uz »
O‘zbekistonning beshta viloyati va Qoraqalpog‘istondagi uchta vokzal va to‘qqizta avtostansiya nomlari o‘zgarishi mumkin. Transport vazirligi fuqarolar fikrini inobatga olishini ma’lum qildi. Ro‘yxat. gazeta.uz »
O‘zbekiston aviakompaniyalarining Moskvaga parvoz qilgan bir nechta reyslari boshqa shaharlarga yo‘naltirildi. Bunga dronlar hujumi tufayli havo hududi yopilishi sabab bo‘ldi. gazeta.uz »
Portugaliya, Ispaniya va Yevropaning boshqa bir qator mamlakatlarida elektr ta’minoti keng masshtabda uzildi. Holat tufayli telefon aloqasi va svetoforlar ishlamay qoldi, Madrid, Barselona va Lissabonda metro to‘xtadi. gazeta.uz »
Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov o‘tkazgan yig‘ilishda Ko‘kdala va Kitob tumanlari IIB boshliqlari va qator IIB mulozimlari ishdan olindi. Qarshi shahri, Koson va Muborak tumani IIB boshliqlariga esa keskin intizomiy jazolar qo‘llandi. gazeta.uz »
O‘zbekiston shaharlaridan Moskva aeroportlariga bir nechta aviareyslar Ukraina dronlarining Rossiya poytaxtiga hujumi tufayli boshqa shaharlarga yo‘naltirildi. Moskva meriyasiga ko‘ra, shahar yaqinida 74 ta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilgan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 1-iyuldan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, shuningdek, gaz, neft mahsulotlarini sotuvchi va mol-mulkini ijaraga beruvchi kompaniyalar elektron to‘lov tizimlariga ulanishi shart. gazeta.uz »
Prezident 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir qator xotin-qizlarni orden va medallar bilan taqdirladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda ayrim bojxona yig‘imlari stavkalari JST talablariga muvofiqlashtirish doirasida pasaytirildi. Bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, yangi stavkalar tadbirkorlarga 700 mlrd so‘mni tejash imkonini beradi. gazeta.uz »
Import dori vositalariga (antibiotiklar, virusga qarshi, gormonal va boshqa preparatlar) 2 foizli boj joriy etilishi O‘zbekiston bozorini himoya qilish bilan bog‘liq, deya izoh berdi Farmatsevtika agentligi “Gazeta. gazeta.uz »
O‘zbekistonga bir qator dori-darmonlarni olib kirish uchun 2 foiz miqdorida bojxona boji joriy etilmoqda. Ular orasida antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanish hamda virusga qarshi, gormonal va boshqa preparatlar bor. gazeta.uz »
Ombudsman tomonidan aniqlangan qator kamchiliklar sababli Qarshi tuman IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi. Unda saqlanayotgan shaxslar ta’mirlangan Kasbi tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga ko‘chirildi. gazeta.uz »
Prezident Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi. gazeta.uz »
Halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti “fizik va texnik aralashuv"ga uchragan, ta’kidladi aviakompaniya. U qator Rossiya shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi. OAVga ko‘ra, halokatga Rossiya raketasi sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
Toshkentdagi 214- va 65-maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Sanepidqo‘m xodimlari tekshiruvida maktablarning sanitariya holati talabga javob bermasligi aniqlandi, rahbariyatga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Bu kabi holatlar avval boshqa maktablarda ham kuzatilgan. gazeta.uz »
Transport vazirligi va Koreya aviatsiya ma’muriyati ikki davlat o‘rtasida belgilangan aviakompaniyalar soniga cheklovlarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqadi. Uzbekistan Airways va Qanot Sharq bilan bir qatorda Air Samarkand va yuk tashuvchi My Freighter ham Janubiy Koreyaga parvoz qila oladi. gazeta.uz »
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan xodimlardan bir guruhini faxriy unvon, medal va ordenlar bilan mukofotladi. gazeta.uz »