Buxoroda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Juma kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. gazeta.uz »
Buxoroda - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Juma kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. gazeta.uz »
Ichki ishlar vazirligi buxorolik 17 yoshli yigit kriptovalyutada 2,64 mln dollar ishlab topgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Vazirlik u birja operatsiyalarida noqonuniy vositachilik bilan shug‘ullangani va buning uchun haq olganini aytdi. gazeta.uz »
Buxoro viloyatida Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari 17 yoshli o‘smirni 34 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarning noqonuniy savdosida gumonlab qo‘lga oldi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, u 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi, biroq jinoyatni ochishga yordam bersa, javobgarlikka tortilmasligi ham mumkin. gazeta.uz »
Prezident Buxoro hokimining hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejalaridan qoniqmadi va investitsiya, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish sohalarini yaxshilash kerakligini aytdi. Viloyatdagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tib, shu uchta yo‘nalish ustida ishlaydi. gazeta.uz »
Buxoro viloyati Kogon tumanida issiqxona mas’ullari gaz quvuriga yashirincha ulanib, 8,85 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Daliliy ashyolar va hujjatlar tegishli organlarga yuborildi. gazeta.uz »
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida elektr qarmoq yordamida Qizil kitobga kiritilgan 20 ta Turkiston mo‘ylovdorini, shuningdek, yana 25 ta zog‘orabaliqni ovlagan 4 nafar shaxs tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi. gazeta.uz »
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida voyaga yetmagan qiziga jarohat yetkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. 9 yoshli qiz shifoxonaga yotqizilgan. gazeta.uz »
Kogon shahrida 53 yoshli erkak kelishmovchilik oqibatida tanishini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi. gazeta.uz »
Kogon tumanida teatrga ketayotgan o‘quvchilar bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi ortidan 2 nafar o‘quvchi vafot etgandi. Avtobus haydovchisiga sud hukmi o‘qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
Qorako‘l tumanida Lacetti tunda piyodalar o‘tish joyida qizil chiroqda o‘tayotgan 3 nafar o‘quvchi qizning 2 nafarini urib yubordi. Hodisa oqibatida ulardan biri vafot etdi, boshqasi shifoxonada davolanmoqda. gazeta.uz »
Romitan tumanida hokim yordamchisi sodir etgan YTHda 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Haydovchining katta tezlikda harakatlangani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Buxoroda Kadastrlar palatasi tuman filiali yetakchi muhandisi qo‘lga olindi. U fuqarodan boshqa tadbirkorga tegishli yerni ro‘yxatdan o‘tkazib berish uchun 3000 dollar olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Buxoroning Romitan tumanidagi 18-maktabda direktor o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlagani aniqlandi. Unga nisbatan BHMning 100 baravari miqdorida jarima qo‘llandi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrif buyurib, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Ular birgalikda shaharning diqqatga sazovor joylarini kezdi. gazeta.uz »
Buxoro tumanidagi fermer xo‘jaliklari mas’ullari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Buxoroda to‘yi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari jarimaga tortildi. Bolalar ombudsmani nikoh yoshi talabining buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy kamol topish huquqlariga mutlaqo zidligini aytdi. gazeta.uz »
Buxoroda oilalari kelishuvi asosida 16 yoshli bola va 17 yoshli qizning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani ularning ota-onalarini ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Buxoro shahrida ko‘p qavatli uylar qurish bilan shug‘ullangan “Humo Aziya” MCHJ rahbari qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shaharning Islom Karimov va Sadriddin Ayniy ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan fuqarolardan Tergov bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi. gazeta.uz »
Shofirkon tumanida bolasini ikki yildan buyon kaltaklab, qiynab kelgan ayol 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 6 yoshli bolaga vasiy tayinlanib, unga topshirildi. Bolalar ombudsmani ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ham ko‘rilayotganini bildirdi. gazeta.uz »
Buxoro viloyatida 226 mln dollar evaziga yangi aeroport quriladi, avvalroq mavjud aeroportning o‘zida yangi terminal qurish ko‘zda tutilgandi. Prezidentning ta’kidlashicha, hozirgi havo bandargohi “sayyohlar oqimini ikki baravar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda”. gazeta.uz »
Jondor tumanida aprel oyi so‘ngida Nexia avtomobili shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Yana 2 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. gazeta.uz »
Prezident tomonidan Buxoro viloyatida uchta yirik obyekt - MTO gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi boshlandi. gazeta.uz »
Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi ochiladi. U Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tizimiga kiritiladi. gazeta.uz »
Buxoroda “Ark” majmuasi, “Xo‘ja kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir devonbegi” madrasalari restavratsiyasi uchun ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdorlari va boshqalarga jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Buxoro aeroporti orqali Rossiyaning Vnukovo tumaniga ketayotgan ikki fuqaro yonidan 1751-yilda Yekaterinburgda yasalgan 4 ta qadimiy tanga topildi. Numizmatik ashyolar doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirildi. gazeta.uz »
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida er xotinini 16 marta pichoq urib o‘ldirdi. Bunga rashk ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Buxoro viloyatida qurilish inspeksiyasi boshlig‘i tug‘ilgan kunida kursdoshlarini bazm uchun o‘z ofisiga chaqirgani ortidan lavozimidan ozod etiladigan bo‘ldi. Tug‘ilgan kunni, xususan, spirtli ichimliklar bilan nishonlash taklif qilingan. gazeta.uz »
Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyati murojaat yo‘llab, muassasada faol davolanishga muhtoj bo‘lmagan qiz borligi, ammo onasi uni olib ketmayotganini bildirdi. gazeta.uz »
Jondor tumanida ustidan yuk mashinasi o‘tib ketayotgan ko‘prik qulab tushdi. Hokimlik holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Buxoro viloyatida mansabdor shaxslar bolalarni avtobusda tashish va hamrohlik qilishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura. Holat yuzasidan “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. YTHda ikki o‘quvchi va haydovchi halok bo‘lgandi. gazeta.uz »
Kogon tumanida ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir o‘quvchi vafot etdi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi, yana 25 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar avtobusda teatrga olib ketilayotgan bo‘lgan. gazeta.uz »
IIV Buxoro viloyati IIBning ikki nafar xodimi narkotik moddalar savdosida ishtirok etganlikda gumonlanib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi Buxoro shahri IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasida, ikkinchisi viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limida ishlagan. gazeta.uz »
Shofirkon tumanida salkam ikki yil davomida bolasini qiynoqqa solib kelgan ayolga qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi. U farzandini beshikka bog‘lagan holda tayoq va boshqa jismlar bilan kaltaklagan. gazeta.uz »
Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushdi, bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana bir fuqaro shifoxonaga yuborildi. gazeta.uz »
Buxoroda turistik markaz qurish uchun shahar hokimligi va san’at maktabi binolarini buzishga kirishildi. Maktab-internat o‘quvchilari sharoiti bo‘lmagan sobiq paxta zavodi yotoqxonasiga vaqtincha ko‘chirildi. Motamsaro ona haykalini Kogonga ko‘chirishga qaror qilishdi. gazeta.uz »
12 |