Ðåçóëüòàòîâ: 165

“Aylanma 1 mlrd dollardan oshadi”. O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

RISE Research tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha global indeksda Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2023-yili yarim mln fuqaro kriptoaktivlarga egalik qilgan, kriptoindustriyadagi provayderlarning aylanmasi esa mlrd dollardan oshgan. gazeta.uz »

2024-12-3 15:35

Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Bino qurilishi va rekonstruksiyasida daraxtlarga kimyoviy moddalar orqali shikast yetkazish, payhon qilish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Tok va portlovchilardan foydalanib ovchilik va baliqchilik, shuningdek, ekologiya inspektorlari ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun jarimalar kuchaytirildi. gazeta.uz »

2024-11-27 17:17

Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Nimalar o‘zgaradi?

Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunda zo‘ravonlik turlari aniq belgilab berildi. Hujjat jabrlanuvchi bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash hamda maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish choralarini ko‘zda tutadi. Batafsil “Gazeta.uz” sharhida. gazeta.uz »

2024-11-19 13:30

O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiya qilish tajribasi BMTda ko‘rib chiqilmoqda

BMT shtab-kvartirasida O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasi ko‘rib chiqildi. “Davlatlar O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda reabilitatsiya va reintegratsiya strategiyalarini ishlab chiqishi dolzarb masala”, - dedi BMT Aksilterror qo‘mitasi rahbari Vladimir Voronkov. gazeta.uz »

2024-11-15 07:58

O‘zbekistondagi qator aviakompaniyalar Janubiy Koreyaga parvoz qilish huquqini qo‘lga kiritadi

Transport vazirligi va Koreya aviatsiya ma’muriyati ikki davlat o‘rtasida belgilangan aviakompaniyalar soniga cheklovlarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqadi. Uzbekistan Airways va Qanot Sharq bilan bir qatorda Air Samarkand va yuk tashuvchi My Freighter ham Janubiy Koreyaga parvoz qila oladi. gazeta.uz »

2024-10-3 21:10

Kolonka: Qonunchilikdan amaliyotga. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun samarali choralar ko‘rishga chaqiriq

Bo‘lajak Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish bo‘yicha global konferensiyasi O‘zbekistonning sadoqatini ta’kidlash va ilg‘or qonunlarni haqiqatga aylantirish uchun ideal imkoniyatdir. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Antoniya Lyudekening kolonkasi. gazeta.uz »

2024-9-26 16:12

O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda

Deputatlar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish ko‘zda tutilgan qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan hayvonlarni hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2024-9-17 12:13

Ombudsmanga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda

Ombudsman lavozimi nomzodiga qo‘yiladigan yuksak axloqiy sifatlarga, oliy ma’lumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega bo‘lish haqidagi talablar bekor qilinmoqda. Deputatlar ushbu norma aks etgan qonunni qabul qildi. gazeta.uz »

2024-9-17 10:22

“Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov SSSRni tiklashni targ‘ib qilgan samarqandlik pensionerni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi sud qarorini qo‘llab-quvvatladi. Deputatning fikricha, O‘zbekiston qonunchiligida sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi kerak. gazeta.uz »

2024-9-4 17:50

YI Rossiyaning sanksiyalardan qochishi muammosini hal qilish uchun Kavkaz va MO davlatlaridan yordam so‘rashi kerak. Bu oson emas — Economist

Rossiyaning tashqi savdosi, G‘arb sanksiyalariga qaramay, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vositachilar tufayli “gullab-yashnashda” davom etmoqda. Sanksiyalardan qochishga yechim topish uchun Yevropa Ittifoqi ushbu mamlakatlar hukumatlaridan yordam so‘rashi kerak, biroq bu oson ish emas, deb yozdi The Economist. gazeta.uz »

2024-8-20 21:23

Senat “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va bullingni ham kiritish, shuningdek, bolalarni himoyalash tartibini joriy etish va tarbiya jarayonida jismoniy jazolashni taqiqlash taklif etilmoqda. gazeta.uz »

2024-8-15 12:25