Ðåçóëüòàòîâ: 167

“Sotsiolog va seksologni ham jalb qilish kerak”. Svetlana Artikova — zo‘ravonlikka qarshi kurash haqida

2025-yilning 8 oyida oiladagi zo‘ravonlik 3 foizga, voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish esa 36 foizga ortgan. Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikovaga ko‘ra, zo‘ravonlik sodir etilganida, mahalla yettiligi sotsiolog, seksolog kabi mutaxassislarni ham jalb qilishi kerak. gazeta.uz »

2025-9-14 20:57

O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini modernizatsiya qilish va kengaytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston Airbus kompaniyasi bilan mamlakat havo kemalari parkini modernizatsiya qilish va kengaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti hamda Airbus kompaniyasi o‘rtasida uchuvchilarni tayyorlashga oid maxsus dastur ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. gazeta.uz »

2025-7-29 13:04

Ukrainada antikorrupsiya organlarini mustaqillikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar bo‘ldi

Kiyev va Ukrainaning yana bir qancha shaharlarida korrupsiyaga qarshi organlarni mustaqillikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu 2022-yilda Rossiya bosqinidan beri mamlakatda hukumatga qarshi birinchi mitingdir. Vladimir Zelenskiy shunga qaramay qonunni imzoladi. gazeta.uz »

2025-7-23 14:01

$10 mln talab qilish, tahdid va kaltaklash. Fransiyada o‘zbekistonlik tadbirkorning o‘g‘irlanish tafsilotlari

O‘zbekistonlik tadbirkor Qahramonjon Olimovni Parijda o‘g‘irlab ketgan shaxslar undan 10 mln dollar talab qilgan, deb yozdi Le Monde. Fransiyadagi tergovchilar bilan suhbatda u o‘g‘rilardan birini bankirning sobiq sherigi bilan bog‘liq bo‘lgan “qonundagi o‘g‘ri” deb atadi. gazeta.uz »

2025-7-3 17:11

Xalq deputatlari kengashlarini 2030-yilgacha isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Asosiylar

Prezident kengashlar tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishni tasdiqladi. Yangiliklar qatorida yangi vakolatlar, hokimlar hisoboti bo‘ladigan “kengash soati”, daromadlarni qayta taqsimlash huquqi, hokim o‘rinbosarlarini tayinlashda ishtirok, sessiyalarning ochiqligini oshirish va boshqalar bor. gazeta.uz »

2025-6-27 21:19

“Masalani hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda”. TIV matbuot kotibi BAAdagi vaziyat haqida

TIV matbuot kotibi O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishda qiyinchilikka uchrayotgani yuzasidan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. “Muzokaralar fuqarolarimizning mamlakatga muammosiz kirishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, masalani hal qilish uchun sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda”, - deydi u. gazeta.uz »

2025-6-5 15:19

Dunyo okeanini muhofaza qilish nima uchun hammaga — hatto unga chiqish yo‘li yo‘q O‘zbekistonga ham taalluqli?

Dunyo okeanisiz iqlim barqarorligi, savdo, oziq-ovqat xavfsizligi va energiya ishlab chiqarish, hatto okeandan uzoqdagi mamlakatlar uchun ham, imkonsiz bo‘lib qoladi. Dunyo okeanini muhofaza qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish ahamiyati - Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez maqolasida. gazeta.uz »

2025-5-31 15:30

O‘zbekiston va YUNISEF bolalar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi. Tomonlar bolalarga g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ijtimoiy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-5-27 16:34

Vazirlik va hokimlikka nomzodi ko‘rilayotgan shaxslar korrupsiyaga qarshi rejalarini taqdim etishi majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish, advokatlarni himoya qilish va davlat xizmatini isloh qilish bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqish topshirildi. Bo‘lajak vazirlar va hokimlarga ularning nomzodlari ko‘rib chiqilayotganda korrupsiyaga qarshi kurash rejasini taqdim etish majburiy qilish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-4-29 13:59

XVJ O‘zbekistonga soliq tizimini isloh qilish va oltin narxining davlat xarajatlariga ta’sirini yumshatishni tavsiya qildi

XVJ O‘zbekistonning budjet taqchilligini qisqartirishdagi harakatlarini ijobiy baholadi. Jamg‘arma mamlakatga korxonalar foydasi va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarni isloh qilish, samarasiz imtiyozlardan voz kechish, oltin narxining budjet xarajatlariga ta’sirini yumshatishni tavsiya qildi. gazeta.uz »

2025-4-24 14:59

Endi tomorqalarda ishlarni tashkil qilish bilan hokim yordamchilari shug‘ullanadi

O‘zbekistonda yaratilayotgan ish o‘rinlarining haqqoniyligini tekshirish tizimi kuchaytiriladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari. Har bitta mahalla bankiriga to‘rtta mahalla biriktiriladi. Hokim yordamchilari ishini “jonlantirish va yangi turtki berish” maqsadida tomorqalarda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatiladi. gazeta.uz »

2025-2-4 13:42

O‘zbekistonda veyplarni import qilish va sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi

O‘zbekiston deputatlari elektron sigaretalarni (veyplar) mamlakatga olib kirish va ularning muomalasini taqiqlash haqidagi qonunni qabul qilib, uni Senatga yubordi. Parlament a’zolari hujjatni ikkinchi va uchinchi o‘qishda hech qanday savollarsiz, bir ovozdan ma’qulladilar. gazeta.uz »

2025-1-30 14:08