Ðåçóëüòàòîâ: 64

O‘zbekistonda $200 mln qiymatga ega tadqiqot va ishlanmalar markazi tashkil etiladi, shuningdek, SI infratuzilmasi kengaytiriladi

O‘zbekistonda 24 mln dollarlik GPU klasteri negizida SI infratuzilmasi yaratilib, yil oxirigacha uni yana 45 mln dollarga kuchaytirish rejalashtirilgan. Prezidentga $200 mln qiymatga ega tadqiqot va ishlanmalar markazi tashkil etish, hududlarda IT Park Uzbekistan tarmog‘ini kengaytirish loyihasi taqdim etildi. gazeta.uz »

2026-5-1 20:35

O‘zbekiston tizimli ahamiyatga ega davlat banklarini saqlab qolish rejalarini qayta ko‘rib chiqishi zarur — XVJ

XVJ missiyasi O‘zbekistonga moliya tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan DTBlarini davlat banklari sifatida saqlab qolish rejalarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Mutaxassislarga ko‘ra, bu moliyaviy barqarorlik uchun risklarning ortishi va budjet xarajatlarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-18 11:04

B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga yangi o‘quv yiligacha imkoniyat beriladi — ta’lim vazirligi

O‘zbekistondagi maktablarda xorijiy til o‘qituvchilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikatini talab qilish muddati yangi o‘quv yiliga qadar uzaytirildi. Vazirlik pedagoglardan amaliyotga joriy etilayotgan choralarni chuqur anglagan holda, o‘z kasbiy majburiyatlariga sidqidildan yondashishni so‘radi. gazeta.uz »

2026-1-14 08:33

Maktablarda niqob taqish haqidagi qaror tavsiyaviy xarakterga ega — Sanepidqo‘mita

Toshkentdagi maktablarda niqob taqish tartibi joriy etilgani haqida tarqalgan xabarlar rasman tasdiqlanmadi. Sanepidqo‘mita vakili Gazeta’ga ma’lum qilishicha, bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan chiqarilgan qaror mavsumiy o‘tkir respirator kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tavsiya hisoblanadi. gazeta.uz »

2025-10-30 10:50

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan — Maktab ta’limi vazirligi

Xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy tillar o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish yuzasidan rasmiy ko‘rsatma berilmagan, deya ma’lum qildi vazirlik. Avvalroq Kasaba uyushmasi til sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini ishdan bo‘shatmaslikni so‘ragan edi. gazeta.uz »

2025-8-15 08:08

Shavkat Mirziyoyev dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar muammolarini yechish uchun takliflar berdi

O‘zbekiston prezidenti dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun umumiy tahdid va muammolarni yengib o‘tish bo‘yicha takliflar berdi. Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitim, logistika integratsiyasiga ko‘maklashish jamg‘armasi, Zaiflik global indeksi shular jumlasidan. gazeta.uz »

2025-8-5 13:37

Uzbekistan Airways Toshkent — Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi

Uzbekistan Airways kompaniyasi 14-apreldan Toshkent - Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu Haj-2025 dasturi boshlangani bilan bog‘liq. Aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan yo‘lovchilar 30-aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart. gazeta.uz »

2025-4-15 07:07

“Eng yuqori daromadga ega jismoniy shaxslardan soliq undirish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqdik” — Mubin Mirzayev

Soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar daromadlarini, shu jumladan, xorijdagi ish haqini hisobga olish tizimini ishlab chiqmoqda. Buning uchun kamida bir yil kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda davlat organlari xodimlari va qo‘shimcha daromadga ega bo‘lgan fuqarolar uchun majburiy deklaratsiyalash tartibi kuchaytiriladi. gazeta.uz »

2025-4-2 19:44

“Majburiy kuchga ega emas”. OTV — oliy ta’lim kengashining oliygohlardan yig‘im undirish to‘g‘risidagi bayoni haqida

Oliy ta’lim vazirligi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan 4 foizlik yig‘im undirish to‘g‘risidagi oliy ta’lim kengashi bayoni majburiy kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Vazirlik “Har qanday mablag‘ bilan bog‘liq harakatlar va munosabatlar tegishli shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin”, deb ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-29 13:54