Ðåçóëüòàòîâ: 64

O‘zbekiston zaxiralari dekabr oyidan beri birinchi marta kamaydi, ammo oltin zaxirasi qiymati rekordni yangiladi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyi yakunlariga ko‘ra 1,1 mlrd dollarga kamayib, 48,55 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu dekabr oyidan beri birinchi qisqartirish. Markaziy bank zaxiralardagi oltinning fizik hajmini 9 tonnaga oshirib, uning qiymatini rekord darajadagi 38,42 mlrd dollarga yetkazdi. gazeta.uz »

2025-7-8 11:09

Rossiya va AQSh bir necha oydan beri Shveysariyada urush mavzusini maxfiy muhokama qilmoqda — Reuters

Rossiya va AQSh vakillari so‘nggi oylarda Shveysariyada urush mavzusida norasmiy va yashirincha uchrashib turibdi, deb yozdi Reuters. Biroq ko‘p tafsilotlar: aynan nima muhokama qilingani, ularda ukrainaliklar bor-yo‘qligi, muzokaralar qachon boshlangani noma’lum. Uchrashuvlar “ikkinchi trek” sifatida tavsiflanmoqda. gazeta.uz »

2025-2-21 15:46

2023-yil boshidan beri lazer nurlarining samolyotlarga yo‘naltirilishi bo‘yicha 16 ta holat qayd etildi

O‘zbekistonda 2023-yil boshidan 2024-yil martigacha samolyotlarga lazer nurlarining yo‘naltirilishi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etildi. Lazer nurlari odamni ko‘r qilishi, shuningdek, yo‘lovchilar va samolyot ekipaji a’zolarining hayoti hamda sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin. gazeta.uz »

2024-5-10 08:23

Martda yillik inflyatsiya 7,89 foizgacha sekinlashdi. Bu — 2016-yil maydan beri eng past ko‘rsatkich

Martda 0,7 foizlik inflyatsiya qayd etildi. Yillik inflyatsiya 7,98 foizgacha sekinladi, bu - 2016-yil maydan beri eng past ko‘rsatkich. Statistika agentligiga ko‘ra, go‘sht narxi 5 oydirki pasayib bormoqda, sut, shakar, un, kartoshka, piyoz, sabzi qimmatlashgan. Benzin, temiryo‘l va havo transporti narxlari oshdi. gazeta.uz »

2024-4-1 10:03