Ðåçóëüòàòîâ: 62

Prezident investitsiyalar samaradorligi bo‘yicha O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi tafovutni tanqid qildi

Prezident so‘nggi 5 yilda jalb etilgan investitsiyalarning yarmi 4 ta hududga to‘g‘ri kelgani, viloyatlarda investitsiyalar qaytimi keskin farq qilishini tanqid qildi. U investitsiyalar samaradorligi bo‘yicha yondashuvni o‘zgartirish va qurilish materiallari sohasini rivojlantirishni muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-6-25 17:37

Mirziyoyev va To‘qayev o‘z administratsiyalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni olqishladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari o‘z administratsiyalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlikni olqishladi. Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ostonaga tashrif buyurib, u yerda Qasim-Jomart To‘qayev, Roman Sklyar va Yerlan Karin bilan uchrashgandi. gazeta.uz »

2026-6-24 20:03

Xitoy va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar natijalari Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi — ekspert

Tramp va Si Szinpin oxirgi 9 yilda ilk bor Xitoyda uchrashdi. Gazeta ekspert Temur Umarov bilan biror-bir yutuqni kutish kerakmi, tomonlar qanday maqsadlarni ko‘zlamoqda va sammit dunyo hamda MO uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-5-14 16:39

Shahar muhitini yangilash va aholi manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni qanday topish mumkin?

To‘g‘ri renovatsiya poytaxtga ham yashash uchun qulay mavzelarni, ham bog‘ hududlarini, ham ijtimoiy obyektlarni va puxta o‘ylangan transport tizimini taqdim etishi kerak. III Toshkent urbanforumida shahar muhitini yangilash va aholi manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni izlash masalasi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-5-6 21:39

O‘zbekistonda bank kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya bekor qilinishi mumkin

Jismoniy shaxslarning o‘z bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish taklif etilmoqda. Qolaversa, pullik SMS xabarnomalar xarajatlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Prezident raqamlashtirish biznes va aholi uchun qo‘shimcha yuk emas, balki qulaylik bo‘lishi shartligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-5 15:45

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo salohiyati hozirgi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori — elchixona

O‘zbekiston-Ukraina siyosiy muloqoti va hamkorlik urush va logistik qiyinchiliklarga qaramay, qo‘llab-quvvatlanmoqda, dedi Ukraina muvaqqat ishlar vakili Aleksandr Sirenko. U Gazeta`ga bergan intervyusida mamlakatlarning BMTdagi birgalikdagi faoliyati, TIVlar o‘rtasidagi aloqalar va savdo haqida gapirdi. gazeta.uz »

2026-2-11 08:06

O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida 197 ta medal bilan birinchi o‘rinni egalladi

Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etib, jami 197 ta medal - 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronzani qo‘lga kiritdi hamda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Prezident sportchilarga tabrik yo‘lladi. Foto. gazeta.uz »

2025-12-15 09:28

O‘ttiz yillik yaqinlashuv: O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi munosabatlar tarixi

O‘zbekiston va YeI Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash arafasida. Ushbu tadbir oldidan Gazeta munosabatlarning 31 yillik evolyutsiyasini ko‘rib chiqadi - siyosiy sovuqlik va savdo cheklovlaridan ko‘p million dollarlik investitsiyalar va qo‘shma mintaqaviy loyihalarda ishtirokkacha. gazeta.uz »

2025-10-23 21:11

O‘zbekistonliklarda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ko‘pligi sabab fanga noma’lum gen o‘zgarishlari aniqlandi

O‘zbekistonda noyob kasalliklarga chalingan har ikkinchi bolada irsiy mutatsiya aniqlangan. Tekshiruvdan o‘tgan bolalarning 86 foizi hech bo‘lmaganda bitta patologik gen tashuvchisi hisoblanadi. Bu mamlakatda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ulushining yuqoriligi bilan izohlandi. gazeta.uz »

2025-10-22 09:20

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlaydi — TIV

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlashini ma’lum qildi. “Sulhga Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarining kuchli siyosiy irodasi va qat’iyati, shuningdek, AQSh prezidentining tinchlikparvar sa’y-harakatlari tufayli erishildi, deb hisoblaymiz”, - deyiladi TIV bayonotida. gazeta.uz »

2025-8-9 15:33

Samarqand va Dushanbe o‘rtasidagi muntazam aviareyslar 7 yillik tanaffusdan keyin qayta tiklandi

20-iyuldan boshlab Samarqand - Dushanbe - Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yildi. Reyslar O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishdagi birinchi aviareys 2018-yil iyuli oxirida amalga oshirilgan, ammo avgust oxirida to‘xtatilgan edi. gazeta.uz »

2025-7-21 12:29

O‘zbekistonda har yili o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi “Prezident Olimpiadasi” o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2025-yildan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari shaklida o‘tkazib boriladi. Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2025-7-9 08:39

Yevropaga darcha. O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari

Masofalarga qaramay, O‘zbekiston va Fransiya hamkorlikning cheksiz salohiyatiga ega, bugungi kunda uni to‘liq ro‘yobga chiqarish mumkin va zarur bo‘lgan ayni fursatdir. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Akram Aliyev kolonkasi. gazeta.uz »

2025-3-11 23:28

“Parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabat konstruktiv muloqotga asoslanishi zarur” — prezident

Prezident vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlariga parlament quyi palatasi qo‘mitalari bilan hamkorlik qilish mas’uliyatini yuklashni taklif qildi. Shuningdek, u parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilikka emas, balki konstruktiv muloqotga asoslanishi zarurligini eslatdi. gazeta.uz »

2024-11-20 16:15

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi. gazeta.uz »

2024-9-17 12:51

“O‘zbekistonda millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash siyosatini davom ettiramiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi. U jahonda ishonch inqirozi hukm surayotganini, mamlakatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni “buzg‘unchi yot g‘oya va oqimlar"dan asrash ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish talab etilayotganini alohida ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-7-29 18:47