Ðåçóëüòàòîâ: 68

O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimini isloh qilib, eksport geografiyasini yana 100 ta davlatga kengaytirmoqchi

O‘zbekistonda oziq-ovqat sifati nazorati qayta tashkil etiladi. “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida nazorat qiluvchi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuziladi. Islohot 2030-yilgacha eksportni 10 mlrd dollarga yetkazish va 100 ta davlatga kengaytirishni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »

2026-5-12 20:58

Davlat aktivlari agentligi yangi qonun maklerlarni qanday qilib “soya”dan chiqarishini tushuntirdi

“Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri “makler”larni “soya”dan chiqarishi kutilmoqda, dedi DABA rahbari o‘rinbosari. Ularga sertifikat va kasbiy uyushmalarga a’zoliksiz ko‘chmas mulk agenti sifatida legallashish taklif etiladi, bitimlar esa rieltorlik kompaniyalari orqali rasmiylashtiriladi. gazeta.uz »

2026-4-10 13:44

Tramp Yevropa davlatlariga qarshi bojlarni bekor qilib, Grenlandiya bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi

AQSh prezidenti Grenlandiyani nazorat qilish mojarosi tufayli Yevropa davlatlariga qarshi amalga oshirmoqchi bo‘lgan qo‘shimcha bojlar rejasidan voz kechdi. NATO bosh kotibi bilan uchrashuvdan so‘ng Tramp kelishuv shartlarini kelishib olganini va bu AQShga “o‘zi xohlagan hamma narsani” berishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-1-23 21:43

Toshkentda majburiy davolash choralarini bekor qilib berish uchun mahkumdan 7,5 ming dollar talab qilgan shifokor qo‘lga olindi

Toshkentda koloniya shifokori majburiy davolash choralarini bekor qilib berish evaziga mahkumdan 7500 dollar talab qildi. Mahkumning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilib, kelishilgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida shifokor o‘z kasbdoshi bo‘lgan sherigi bilan birga qo‘lga olingan. gazeta.uz »

2026-1-16 13:06

O‘zbekiston qurilish sohasini qanday qilib “oqartirishni” rejalashtirmoqda?

O‘zbekistonda qurilishdagi yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi: ko‘chmas mulk va qurilish materiallari uchun soliq bazasi bozor qiymatida hisoblanadi, shartnomalar raqamlashtiriladi, qoidabuzarlarning tenderdagi ishtiroki cheklanadi. Qolaversa, uy xarid qilishda keshbek joriy etilish mumkin. gazeta.uz »

2025-12-14 10:39

Kiberjinoyat ko‘p sodir etilayotgan banklar ro‘yxati ommaga e’lon qilib boriladi — IIV

Har yil yakunida eng ko‘p kiberjinoyat qayd etilayotgan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi. IIV vakiliga ko‘ra, bundan maqsad banklar va to‘lov tashkilotlarining o‘z axborot xavfsizligi siyosati hamda kiberxavfsizlik talablariga rioya etish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirishdir. gazeta.uz »

2025-11-5 10:54

Buxoroda saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasining yetti nafar inspektori tabiatni muhofaza qilish borasidagi jasorat va fidoiyligi uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular Peshku tumanining Safron cho‘l massivida reyd tadbiri o‘tkazish chog‘ida saksovulfurushlar tomonidan kaltaklangan edi. gazeta.uz »

2025-8-4 15:18

O‘zbekiston Shahrisabzni YUNESKO ro‘yxatiga qayta nomzod qilib ko‘rsatishga tayyorlanmoqda, unga faqat to‘rtta temuriylar yodgorligi kiritiladi

YUNESKO bir qator shartlar bilan O‘zbekistonning Shahrisabzdagi yodgorlik chegaralarini qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ma’qulladi. Temuriylar davriga oid faqat 4 ta obyekt yodgorlik sifatida tan olinishi, qolgan hudud esa bufer zona bo‘lishi mumkin. Ungacha obyekt Xavf ostidagi jahon merosi ro‘yxatida qoladi. gazeta.uz »

2025-7-18 16:08

O‘zbekistonda arzon kreditda mashina olib berishni va’da qilib, 843 nafar odamni aldagan va 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

O‘zbekiston bo‘ylab 843 nafar odamni aldab, ularning 50,1 mlrd so‘m pulini o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi. Ular vtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganarni 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini so‘radi. gazeta.uz »

2025-6-30 15:21

“U bilan hammasi tugadi. Odamlar undan nafratlanmoqda”. Qanday qilib Ilon Mask Oq uyni jimgina tark etdi?

Yaqindagina AQShda ikkinchi eng qudratli shaxs deb ko‘rilayotgan Ilon Mask Oq uyni jimgina tark etdi. Saylov oldidan Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun millionlar sarflagan Mask DOGE bilan muvaffaqiyatsizlikka uchradi, o‘z reputatsiyasini barbod qildi, biznesiga zarar yetkazdi. U siyosiy arenadan nega yo‘qolib qoldi? gazeta.uz »

2025-5-26 19:52

O‘zbekistonda chet eldan mutaxassislar jalb qilib, binolarni zilzilaga bardoshliligini o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda xorijiy mutaxassislar bilan birga binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi. Zilzilaga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi. Xorijiy tajriba asosida seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. gazeta.uz »

2025-5-14 09:12

Maktab va bog‘chalar yaqinidagi 308 ta “peshexod” baland qilib qo‘yildi — Surayyo Rahmonova

O‘zbekistonda shahar va tuman ahamiyatiga ega ko‘chalarga tutash maktab va bolalar bog‘chalari oldiga 308 ta ko‘tarilgan o‘tish joylari o‘rnatildi, dedi bolalar ombudsmani. YHXX ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 678 ta maktab yaqinidagi baland piyodalar o‘tish joylarini jihozlash rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-3-26 21:38